Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarining 1-ilovasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (2967-1-son)
10.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2967-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 529-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2967, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2967/0659-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga 1-ilovaning matni mazkur buyruqning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. T. XUDAYBERGENOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-may,
181-son
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2020-yil 21-maydagi 181-son buyrugʻiga ILOVA
“Kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun belgilangan
TOʻLOVLAR PREYSKURANTI
T/r Xizmat koʻrsatish turi Toʻlov miqdori 1. Osma va statsionar dvigatelli kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) hamda kichik hajmli kema bileti uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi 2. Eshkakli va yelkanli kemalarning barcha turlarini, shu jumladan, shishiriladigan turlarini roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi 3. Kichik hajmli kema bileti dublikatini berish uchun Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi ”.
