Ayrim turdagi tovarlar uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etish toʻgʻrisida (347-son)
02.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi va “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2020-yil 1-avgustdan boshlab, utilizatsiya yigʻimi miqdorlari va utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
2024-yil 1-iyuldan boshlab utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalarning roʻyxati va utilizatsiya yigʻimi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini (keyingi oʻrinlarda — transport vositalari) ishlab chiqaradigan (yigʻadigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizatsiya yigʻimi toʻlovchilari hisoblanadi;
b) quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yigʻimi toʻlanmaydi:
umumeʼtirof etilgan prinsiplarga va xalqaro huquq normalariga muvofiq imtiyoz va immunitetlardan foydalanadigan diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek, bunday vakolatxonalar, muassasalar, tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi boʻlmagan, diplomatik maqomga ega boʻlgan xodimlari va ularning oila aʼzolariga tegishli transport vositalariga;
ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 30 va undan ortiq yil oʻtgan L va M1 toifali, shuningdek, ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 50 va undan ortiq yil oʻtgan, yoʻlovchilar va yuklarni tijorat maqsadida tashish uchun moʻljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transport vositalariga;
davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik koʻmak (grant) mablagʻlari hisobiga olib kiriladigan transport vositalariga;
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilib, “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalariga;
xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan transport vositalariga. Bunda mazkur imtiyozlarni qoʻllash uchun loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etiladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish asosida, transport vositalarini va ularning tarkibiy qismlarini utilizatsiya qilish va retsikling jarayonini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
eskirgan transport vositalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun texnik va ekologik talablarni tartibga solish chora-tadbirlari;
gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan utilizatsiya yigʻimlarini yigʻish, hisoblash, toʻlash, undirish, shuningdek, utilizatsiya yigʻimining ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish va ularni hisobga olish tartibi;
transport vositalarining chiqindilari bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, transport vositalari chiqindilarini yigʻish, tashish, qayta ishlash, zararsizlantirish, ulardan foydalanish va utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash tartibi;
transport vositalarining utilizatsiyasi bilan shugʻullanadigan tashkilotlar uchun ekologik va texnik talablar hamda sanoat xavfsizligi talablarini belgilash;
transport vositalarining utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ularni ichki ishlar organlarida toʻlovlar undirmay hisobdan chiqarish tartibi;
2021-yildan boshlab, eskirgan transport vositalarini ixtiyoriy ravishda utilizatsiya qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot masalalari va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-iyun,
347-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga 1-ILOVA
Utilizatsiya yigʻimining miqdorlari va utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari
ROʻYXATI
Transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va uskunalarning turlari va toifalariTIF TN kodiTransport vositalari, oʻziyurar mashinalar va uskunalarga nisbatan utilizatsiya yigʻimi miqdorlari (BHMda)ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmaganishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq boʻlganI. TraktorlarQuvvat manbai bilan:18 kVt (25 o.k.) gacha8701 10 000 0,8701 20 109 0,8701 20 909 0,8701 91, 8701 92,8701 93, 8701 94,8701 95-12018 kVt (26 o.k.) dan 37 kVt (51 o.k.) gacha-24037 kVt (52 o.k.) dan 75 kVt (102 o.k.) gacha-36075 kVt (103 o.k.) dan 130 kVt (177 o.k.) gacha-480130 kVt (178 o.k.) dan ortiq-600Egarli tyagachlar8701 206701 360II. M2, M3 toifali transport vositalari, shu jumladan yuqori oʻtuvchan g toifali transport vositalari: mikroavtobuslar va avtobuslarTransport vositalari dvigatelning ish hajmi bilan:2 500 sm3gacha8702(8702 40 000dan tashqari)1201502 500 sm3 dan 5 000 sm.kubgacha1853605 000 sm3 dan 10 000 sm.kubgacha32054010 001 sm3 dan ortiq5401 080Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari, gibrid quvvatli transport vositalari bundan mustasno8702 40 00070150III. M1 toifali transport vositalari, shu jumladan yuqori oʻtuvchan g toifali transport vositalari: yengil avtomobillar Transport vositalari dvigatelning ish hajmi bilan:1 000 sm3 gacha8703(8703 10 va 8703 80 000 lardantashqari)30901 000 sm3 dan 2 000 sm3 gacha1202102 000 sm3 dan 3 000 sm3 gacha1803303 000 sm3 dan 3 500 sm3 gacha1803903 500 sm3 dan ortiq300480Qor orqali harakatlanish uchun maxsus moʻljallangan transport vositalari; golfchilarni tashish uchun avtomobillar va shu kabi transport vositalari8703 103090Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari, gibrid quvvatli transport vositalari bundan mustasno8703 80 000120210IV. N1, N2, N3 toifali transport vositalari, shu jumladan yuqori oʻtuvchan g toifali transport vositalari: yuk avtomobillari Toʻla vazni:2,5 tonnagacha8704(8704 90 000dan tashqari)1001502,5 tonnadan 3,5 tonnagacha2103003,5 tonnadan 5 tonnagacha2103005 tonnadan 8 tonnagacha2103008 tonnadan 12 tonnagacha30081012 tonnadan 20 tonnagacha3301 20020 tonnadan 50 tonnagacha6901 410Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari, gibrid quvvatli transport vositalari bundan mustasno8704 90 000120150V. Maxsus moʻljallangan transport vositalari Maxsus transport vositalari, avtobetonaralashtirgichlardan tashqari8705(8705 40 000 0dan tashqari)195550Avtobetonaralashtirgichlar8705 40 000 06001 500VI. Tirkamalar va yarim tirkamalar Tirkamalar va yarim tirkamalar; boshqa oʻziyurar boʻlmagan transport vositalari 8716 (8716 80, 8716 90 dan tashqari) 60660VII. Boshqa turdagi transport vositalari, oʻziyurar mashina va uskunalar Avtogreyderlar, quvvat manbai bilan:100 o.k. gacha8429 20 001 0,8429 20 009 1,8429 20 009 9-240100 o.k. dan 140 o.k. gacha-360140 o.k. dan 200 o.k. gacha-480200 o.k. dan ortiq-600Buldozerlar, quvvat manbai bilan:100 o.k. gacha8429 11 001 0,8429 11 002 0,8429 11 009 0,8429 19 000 1,8429 19 000 9-240100 o.k. dan 200 o.k. gacha-360200 o.k. dan 300 o.k. gacha-480300 o.k. dan ortiq-600Ekskavatorlar, ekskavator-yuk ortgichlar, ekskavator buldozerlar, quvvat manbai bilan:170 o.k. gacha8429 52,8429 59 000 0-240170 o.k. dan 250 o.k. gacha-360250 o.k. dan ortiq-480Yoʻl roliklari, quvvat manbai bilan:40 o.k. gacha8429 40 100 0, 8429 40 300 0-24040 o.k. dan 80 o.k. gacha-36080 o.k. dan ortiq-480Oʻziyurar kranlar, gʻildirakli transport vositalarining shassisiga asoslangan kranlar bundan mustasno, quvvat manbai bilan:170 o.k. gacha8426 41 000-240170 o.k. dan 250 o.k. gacha-360250 o.k. dan ortiq-480Quvur yotqizuvchi kranlar, gusenitsali kranlar, quvvat manbai bilan:130 o.k. gacha8426 49 001 0,8426 49 009 0-240130 o.k. dan 300 o.k. gacha-360300 o.k. dan ortiq-480Old yuk koʻtargichlar, quvvat manbai bilan:50 o.k. gacha8427 10,8427 20,8429 51-24050 o.k. dan 100 o.k. gacha-360100 o.k. dan 300 o.k. gacha-480300 o.k. dan ortiq-600Oʻrmon xoʻjaligi uchun mashina va uskunalar, quvvat manbai bilan:100 o.k. gacha8436 80 100-240100 o.k. dan 300 o.k. gacha-360300 o.k. dan ortiq-480Gʻalla oʻruvchi kombaynlar, quvvat manbai bilan:160 o.k. gacha8433 51 000-240160 o.k. dan 220 o.k. gacha-360220 o.k. dan 320 o.k. gacha-480320 o.k. dan ortiq-600Oʻziyurar yigʻim-terim kombaynlari, quvvat manbai bilan:250 o.k. gacha8433 59 110-240250 o.k. dan 400 o.k. gacha-360400 o.k. dan ortiq-480Oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari:Oʻsimliklarni himoya qilish uchun oʻziyurar purkagichlar, quvvat manbai 100 o.k. dan 120 o.k. gacha8424 82,8433 20 100 0-240Oʻsimlikparni himoya qilish uchun oʻziyurar purkagichlar, quvvat manbai 120 o.k. dan 300 o.k. gacha-360Oʻsimliklarni himoya qilish uchun oʻziyurar purkagichlar, quvvat manbai 300 o.k. dan ortiq-480Oʻziyurar oʻrish mashinalar-240
Izoh. BHM — toʻlov kuni uchun Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan bazaviy hisoblash miqdori.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga 2-ILOVA
Utilizatsiya yigʻimi toʻlanadigan pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalarning roʻyxati va utilizatsiya yigʻimi miqdorlari
Tovarlarning nomi TIF TN kodi Tovarlarning vaznidan kelib chiqqan holda har bir kilogrammi uchun utilizatsiya yigʻimi miqdorlari (BHMga nisbatan foizda) Yangi shinalar va pnevmatik pokrishkalar rezinadan 4011 10 000, 4011 20, 4011 90 000 0 0,3 Qayta tiklangan yoki ishlatilgan pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar; qattiq yoki yarim pnevmatik shinalar va pokrishkalar, rezinali shinalar va oʻrama lentalari. 4012 11 000 0, 4012 12 000 0, 4012 20 000 9, 4012 90 200 0
