“Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida (471-I-son)
29.08.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 1998-yil 1-yanvardan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, qonun hujjatlari “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining ushbu Qonunga zid boʻlmagan qismlari qoʻllanilaveradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-avgust,
471-I-son
