Koʻrsatilgan xizmatlar uchun boj yigʻimlari olishni tartibga solish toʻgʻrisida (366-son)
07.08.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bojona qoʻmitasi va Moliya vazirligining koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan boj yigʻimlarining yangi stavkalarini ilovaga muvofiq belgilash haqidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Bundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligiga tovarlar va xizmatlar koʻrsatish narxlarining indeksatsiyasini hisobga olgan holda stavkalarni birgalikda belgilash huquqi berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 7-avgust,
366-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 366-son qaroriga ILOVA
Koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan boj yigʻimlari
STAVKALARI
Izoh. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun boj yigʻimlari ham soʻmda, ham xorijiy valyutada toʻlanishi mumkin. Soʻmni xorijiy valyutaga aylantirib hisoblash boj toʻlovlari toʻlash haqida bojxona talablari qoʻyilgan kunda amalda boʻlgan tashqi iqtisodiy aʼmollar boʻyicha hisob-kitoblar uchun qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Davlat bankining kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
