Milliy xavfsizlik xizmati organlarining ofitserlar tarkibidagi shaxslariga, muddatdan tashqari xizmatdagi praporshiklarga, michmanlar va harbiy xizmatchilarga xizmat uy-joy binolari berish toʻgʻrisida (365-son)
06.08.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Milliy xavfsizlik xizmati organlari xodimlarining ijtimoiy himoyalanganligini yaxshilash va uy-joy maydonlarini taqsimlashni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlarining ofitserlar tarkibidagi shaxslariga, muddatdan tashqari xizmatdagi praporshiklarga, michmanlar va harbiy xizmatchilarga ularning egallab kelgan uy-joy maydonlari xizmat joyini oʻzgartirganlarida band qilib qoʻyiladi, yangi xizmat joyida xizmat uy-joy binolari beriladi.
2. Milliy xavfsizlik xizmatiga, uning joylardagi organlariga va harbiy qismlariga ularning xodimlari boʻshatgan uy-joy maydonini, uy-joy fondining idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, egallash huquqi berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-avgust,
365-son
