Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (350-son)
04.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish yoʻli bilan oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha sotish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-iyun,
350-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 350-son qaroriga ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkasi boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish
2-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha beriladigan I, IA, III, IIIA tipidagi avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining
ROʻYXATI
T/r Toifa nomi ROʻDRBning seriyadagi soni* ROʻDRBning raqamlar kombinatsiyasi ROʻDRBning boshlangʻich narxi (BHMda**) ROʻDRBga har xil kombinatsiyadagi harflar bilan ROʻDRBga bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan Toshkent shahri 1. 1-toifa 9 juft 001, 007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888. 100 130 2. 2-toifa 21 juft 002, 005, 010, 020, 050, 070, 077, 080. 101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999. 30 40 3. 3-toifa 27 juft 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090. 110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909. 10 15 4. 4-toifa 36 juft 033, 044, 060, 066, 099. 220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990. 8 10 5. 5-toifa 75 juft 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191. 212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292. 313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393. 414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494. 515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696. 733, 744, 755, 766, 788, 799. 818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898. 919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989. 5 7 6. 6-toifa 160 juft 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199. 201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299. 301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399. 401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499. 501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599. 601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699. 720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790. 801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899. 901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998. 3 5 Qoraqalpogʻiston Respublikasi va vilo�tlar 7. 1-toifa 9 juft 001, 007, 100, 111, 222, 555, 700, 777, 888. 25 30 8. 2-toifa 21 juft 002, 005, 010, 020, 050, 070, 077, 080. 101, 200, 202, 300, 333, 444, 500, 505, 666, 707, 800, 808, 999. 10 15 9. 3-toifa 27 juft 003, 004, 006, 008, 009, 011, 022, 030, 040, 055, 088, 090. 110, 303, 400, 404, 550, 600, 701, 717, 757, 770, 900, 909. 5 7 10. 4-toifa 36 juft 033, 044, 060, 066, 099. 220, 330, 440, 606, 660, 702, 703, 704, 705, 706, 708, 709, 710, 711, 712, 721, 722, 727, 737, 747, 767, 771, 772, 773, 774, 775, 776, 778, 779, 787, 797, 880, 990. 4 5 11. 5-toifa 75 juft 121, 131, 141, 151, 161, 171, 177, 181, 191. 212, 232, 242, 252, 262, 272, 277, 282, 292. 313, 323, 343, 353, 363, 373, 383, 393. 414, 424, 434, 454, 464, 474, 484, 494. 515, 525, 535, 545, 565, 570, 571, 575, 577, 585, 595, 616, 626, 636, 646, 656, 676, 686, 696. 733, 744, 755, 766, 788, 799. 818, 828, 838, 848, 858, 868, 878, 898. 919, 929, 939, 949, 959, 969, 979, 989. 3 4 12. 6-toifa 160 juft 012, 017, 071, 107, 112, 113, 114, 115, 116, 117, 118, 119, 122, 123, 133, 144, 155, 166, 170, 188, 199. 201, 207, 210, 211, 221, 223, 224, 225, 226, 227, 228, 229, 233, 234, 244, 255, 266, 288, 299. 301, 307, 311, 322, 331, 332, 334, 335, 336, 337, 338, 339, 344, 345, 355, 366, 377, 388, 399. 401, 407, 411, 422, 433, 441, 442, 443, 445, 446, 447, 448, 449, 455, 456, 466, 477, 488, 499. 501, 507, 510, 511, 522, 533, 544, 551, 552, 553, 554, 556, 557, 558, 559, 566, 567, 588, 599. 601, 607, 611, 622, 633, 644, 655, 661, 662, 663, 664, 665, 667, 668, 669, 677, 678, 688, 699. 720, 730, 740, 750, 760, 780, 789, 790. 801, 807, 811, 822, 833, 844, 855, 866, 877, 881, 882, 883, 884, 885, 886, 887, 889, 899. 901, 907, 911, 922, 933, 944, 955, 966, 977, 988, 991, 992, 993, 994, 995, 996, 997, 998. 2 3
* ROʻDRB — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
** BHM — bazaviy hisoblash miqdori”.
