Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi-IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻining funksional vazifalari hamda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida (349-son)
04.06.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 403-f-son farmoyishiga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 4-iyun,
349-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-iyundagi 349-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 403-f-son farmoyishiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1-bandda:
birinchi xatboshidan “kotibiyat va boshqa” soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyati” soʻzlar “IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti” soʻzlar bilan almashtirilsin.
