“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (3182-1-son)
04.06.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGAChA TAʼLIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA VA SPORT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3182-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini munosib ragʻbatlantirishni tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019-yil 19-avgustdagi 10-mh, 8 q/q, 41 q/q, 5-2019, 32, 25 q/q va 35-2019-q/q-son “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3182, 2019-yil 16-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2019-y., 10/19/3182/3754-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2020-yil 18-iyundan kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
20-mh-son
Maktabgacha taʼlim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
7-son
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
5-mh-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I. MAJIDOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
10-2020-son
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
8-son
Jismoniy tarbiya va sport vaziri D. NABIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
6-mh-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
11-2020-q/q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 7-maydagi 20-mh, 7, 5-mh, 10-2020, 8, 6-mh va 11-2020-q/q-son qaroriga ILOVA
“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlarini tasdiqlash haqida”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Ilovada:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional, oʻrta professional, oʻrta maxsus professional va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari”;
b) I boʻlimda:
nomidagi “Maktabgacha” degan soʻz “Davlat maktabgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
1-bobda:
nomidagi “maktabgacha” degan soʻz “davlat maktabgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyasida:
“yozma yoki ijodiy ish” degan coʻzlardan keyin “, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
2-bobda:
nomidagi “maktabgacha” degan soʻz “davlat maktabgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyasida:
“yozma yoki ijodiy ish” degan coʻzlardan keyin “, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
v) II boʻlimning 1 va 2-boblari 3-pozitsiyalarida, III boʻlimning 3-pozitsiyasida, V boʻlimning 3-pozitsiyasida, VI boʻlimning 2-bobi 3-pozitsiyasida, VII boʻlimning 3-pozitsiyasida:
“yozma yoki ijodiy ish” degan coʻzlardan keyin “, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
g) VIII boʻlimda:
nomidagi “Kasb-hunar taʼlimi” degan soʻzlar “Boshlangʻich professional, oʻrta professional va oʻrta maxsus professional taʼlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyasida:
“yozma yoki ijodiy ish” degan coʻzlardan keyin “, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy sinovlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
d) izoh chiqarib tashlansin.
