“Muruntov” konini oʻzlashtirish” (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (331-son)
26.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy KMK” DKning yangi tashkil etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini 2026-yilgacha kafolatlangan elektr energiya bilan taʼminlash chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi PQ-3465-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
“Muruntov” konini oʻzlashtirish” (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi) amalga oshirish doirasida kapital qoʻyilmalarining umumiy qiymati 113 755,0 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng boʻlgan investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitobi ishlab chiqilganligi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish 56 255,0 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining mablagʻlari, 8 800,0 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet ssudasi va 48 700,0 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
“Navoiy KMK” davlat korxonasi investitsiya loyihasining tashabbuskori va tijorat banklari kreditlaridan maqsadli foydalanilishi va loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun masʼul qarz oluvchi hisoblanadi;
qarzni soʻndirish va u bilan bogʻliq xarajatlar “Navoiy KMK” davlat korxonasining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. “Muruntov” konini oʻzlashtirish” (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga va “Navoiy KMK” davlat korxonasining bosh direktori Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-may,
331-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-maydagi 331-son qaroriga ILOVA
“Muruntov” konini oʻzlashtirish” (V navbat) 1 bosqich loyihasi sanoat obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkich nomlanishi Oʻlchov birligi Jami Shu jumladan: NKMK mablagʻlari Moliya vazirligining ssudasi tijorat banklari kreditlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari (ekv) 113755,0 56255,0 8800,0 48700,0 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati ming AQSh dollari (ekv) 113755,0 56255,0 8800,0 48700,0 shu jumladan: 2.1. mashina va uskunalar ming AQSh dollari (ekv) 68921,0 11421,0 8800,0 48700,0 milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 68921,0 11421,0 8800,0 48700,0 2.2. qurilish-montaj ishlari ming AQSh dollari (ekv) 25092,0 25092,0 - - milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 25092,0 25092,0 - - 2.3. investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ming AQSh dollari (ekv) 11122,0 11122,0 - - EKVda ming AQSh dollari (ekv) 10485,0 10485,0 - - milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 637,0 637,0 - - 2.4. boshqa xarajatlar ming AQSh dollari (ekv) 8620,0 8620,0 - - milliy valyutada ming AQSh dollari (ekv) 8620,0 8620,0 - - 3. Korxonaning quvvati, shu jumladan yetkazib beriladigan elektr energiyasining hajmi ming kVt*soat 599,7 4. Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati ming AQSh dollari (ekv) 113545,0 5. Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni 22 nafar 6. Investitsiya davrining davomiyligi 54 oy
