Pasport boʻlinmalari va manzil-maʼlumot berish byurolari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tarif stavkalarini oʻzgartish toʻgʻrisida (359-son)
03.08.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq va yangi iqtisodiy munosabatlarga oʻtilishi sababli Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Pasport boʻlinmalari va manzil-maʼlumot berish byurolari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun fuqarolar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalardan olinadigan tarif stavkalari tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
2. Belgilansinki, SSSR Ministrlar Sovetining 1974-yil 28-avgustdagi 677-son qarorining pasport boʻlinmalari va manzil-maʼlumot berish byurolari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun olinadigan tarif stavkalarining miqdorini belgilash qismi qoʻllanilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-avgust,
359-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son qaroriga ILOVA
Pasport boʻlinmalari va manzil-maʼlumot terish byurolari koʻrsatadigan xizmatlar uchun TARIF STAVKALARI
