“Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida (359-II-son)
05.04.2002
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (Oʻ. Sultonov) oʻz qarorlarini “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 217-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Sugʻurta toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 218-modda);
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 11-12, 285-modda) XVII boʻlimi;
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) VI boʻlimi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-aprel,
359-II-son
