“Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida (601-I-son)
30.04.1998
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 1998-yil 1-iyuldan amalga kiritilsin. Mazkur Qonunning amalga kiritilishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-martdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi”da nazarda tutilgan muddatlar va tadbirlarga muvofiq ravishda taʼminlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holga keltirsin;
amaldagi jamoa xoʻjaliklarini qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga) aylantirish tartibini tasdiqlasin;
vazirliklar va idoralar mazkur Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-aprel,
601-I-son
