Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 261-F-son farmoyishi (261-F-son)
23.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
farmoyishi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, davlat obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi) ijro apparati Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 434-uy manzilida joylashganligi;
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1103-F-son farmoyishiga muvofiq Toshkent shahar, Mirobod tumani, Qoʻshkoʻprik koʻchasi, 30-uyda joylashgan Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga qarashli bino va inshootlar “Altair Building Partners” MChJga mulk huquqi asosida bepul berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJning:
“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga tegishli Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 434-uy manzilida joylashgan mazkur farmoyishga 1-ilovadagi bino va inshootlarni;
Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar, Sirgʻali tumani, Obihayot koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan umumiy yer maydoni 90 402,0 kvadrat metr boʻlgan mazkur farmoyishga 2-ilovadagi bino va inshootlarni Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Belgilansinki, mazkur bandning ikkinchi xatboshisidagi obyekt “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ ustav kapitalidagi “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ ulushini hamda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini mutanosib ravishda balans (qoldiq) qiymatida kamaytirish hisobiga beriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi:
Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur farmoyishning 2-bandida nazarda tutilgan bino va inshootlar belgilangan tartibda topshirilishi va qabul qilinishini;
qabul qilingan bino va inshootlardan maqsadli foydalanilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga berilayotgan Toshkent shahar, Sirgʻali tumani, Obihayot koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashni 2021-yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish choralarini koʻrsin.
5. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi raisi O.O. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-may,
261-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 261-F-son farmoyishiga 1-ILOVA
“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga tegishli Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 434-uy manzilida joylashgan Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan bino va inshootlar
ROʻYXATI
T/r Obyekt nomi Liter 1. Maʼmuriy bino 1-qavat tarxi 0001 A 2. Maʼmuriy bino 2-qavat tarxi 0001 A1 3. Maʼmuriy bino 3-qavat tarxi 0001 A2 4. Maʼmuriy bino 4-qavat tarxi 0001 A3 5. Xodimlar boʻlimi binosi 1-qavat tarxi 0005 D 6. Xodimlar boʻlimi binosi 2-qavat tarxi 0005 D1
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 261-F-son farmoyishiga 2-ILOVA
Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar, Sirgʻali tumani, Obihayot koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladigan bino va inshootlar
ROʻYXATI
T/r Obyekt nomi Liter 1. Maʼmuriy bino 0001 2. Oʻtish nazorat punkti binosi 0002 3. Maishiy bino 0004 4. Ishlab chiqarish sexi 0005 5. Ishlab chiqarish sexi 0006 6. Neytrallash sexi 0007 7. Sex binosi 0008 8. Omborxona binosi 0009 9. Omborxona binosi 0010 10. Issiqxona inshooti OOP 11. Omborxona inshooti 0012 12. Idora binosi 0013 13. Quritish binosi 0014 14. Quritish binosi 0015 15. Omborxona binosi 0016 16. Savdo doʻkoni 0017 17. Kompressor binosi 0018 18. Issiqxona (ombor) 0026 19. Yordamchi xoʻjalik binosi 0031 20. Osma tom inshooti 0033 21. Shiypon binosi 0035 22. Qorovulxona binosi 0036 23. Yer osti himoyalanish binosi 0037 24. Shiypon inshooti 0038 25. Suv saqlash inshooti 0039
