Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Limonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qarori) (289-son)
18.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Limonchilik tarmogʻiii yanada rivojlantirishga doir koʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-fevraldagi PQ-4610-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-may,
289-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-maydagi 289-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatida tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy-amaliy salohiyatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 22-oktabrdagi 846-son qarori 9-bandidagi “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” soʻzlari “Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 569-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasiga “Ilmiy-tajriba stansiyalari, eksperimental korxonalar va “Respublika Bogʻbonlar maktabi”” blokidan soʻng ““Sitrus, subtropik va tropik oʻsimliklar ilmiy-amaliy markazi” MCHJ” bloki qoʻshilsin.
