Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 255-F-son farmoyishi (255-F-son)
19.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Farmoyishi
1. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Bosh kotibi Enzo Kvatrachoke boshchiligidagi delegatsiya 2019-yil 3 — 6-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ilovaga muvofiq zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-may,
255-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 255-F-son farmoyishiga ILOVA
Yevropa tiklanish va tarraqiyot bankining Bosh kotibi Enzo Kvatrachoke boshchiligidagi delegatsiyaning 2019-yil 3 — 6-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi bilan bogʻliq xarajatlar smetasi
T/r Xarajatlar turi Hisob Summa 1. Toshkent shahrida transport xizmatlari: Yuqori martabali mehmonlar uchun avtomobil (“Megsedes-Venz”) 7.7 soat x 346 000,0 soʻm x 3 dona x 3 kun 23 874 000 soʻm 2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qabul 15 kishi x 931 000,0 soʻm 13 965 000,0 soʻm 3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan tashkil etilgan tushlik 15 kishi x 649 000,0 soʻm 9 735 000 ,0 soʻm 4. “International Hotel Tashkent” mehmonxonasi “Dome” restorani ijarasi 1 kun 9 200 000,0 soʻm 5. Esdalik sovgʻalar sotib olish (Miniatyura 40 sm.) 1 dona x 2 000 000,0 soʻm 2 000 000,0 soʻm 6. Konsert dasturi 9 000 000,0 soʻm Jami: 67 877 800,0 soʻm
