Hududlarda koʻp qavatli binolar qurish ishlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4718-son)
19.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida yuz bergan favqulodda hodisalar oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, aholining zamonaviy uy-joylarga boʻlgan ehtiyojini qondirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
2021-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda ilovadagi roʻyxatga muvofiq import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari);
2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda koʻp qavatli monolit uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq import qilinadigan beton quyish qoliplari, beton tayyorlash mashina va mexanizmlari bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar 2020-yil 1-iyuldan 2023-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda import qilinadigan, qurilish sohasida foydalaniladigan mashina va mexanizmlar, texnologik jihozlar, kichik mexanizatsiya vositalari, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 120 kungacha kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash huquqiga ega boʻladi;
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi ushbu qarorning 1-bandiga muvofiq import qilinadigan texnika va transport vositalarini sifat, isteʼmolchilar sogʻligʻi va hayoti hamda atrof-muhitga zarar yetkazishi xavfi nuqtai nazaridan belgilangan talablarga muvofiqligi boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlar ustidan tegishli nazoratni taʼminlaydi.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-may,
PQ-4718-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi PQ-4718-son qaroriga ILOVA
2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladigan, import qilinadigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari
ROʻYXATI
T/r Qurilish va maxsus texnikalar, yuk tashish transport vositalari nomi TIF TN kodi 1. Mexanik yoʻl bilan (qoʻlda) yoʻl chiziqlarini chizish mashinasi 8424890009 2. Elektr dvigatel orqali boshqariladigan telfer (lebedka) 8425110000 3. Koʻtarish moslamasi (domkrat) 8425490000 4. Bir kovushli yuk koʻtaruvchi ekskavator, bir tomonlama buriladigan va burilmaydigan buldozer (5 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429519900 8429521009 5. Buldozer (quvvati 200 ot kuchidan kam boʻlgan) 8429110090 6. Bir kovushli gʻildirakli mini-yuklagich (5 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429519900 7. Old yuk koʻtaruvchi, yuklovchi (5 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429519900 8. Mini yuk koʻtaruvchi (5 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429519900 9. Mini yuk ortuvchi (aylanuvchi bortli) (5 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429519900 10. Gidrobolgʻali, gidrotizimli oʻzi sudralib yuruvchi (gusenichniy) ekskavator (2 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429521009 11. Oʻzi sudralib yuruvchi (gusenichniy) ekskavator (2 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429521009 12. Gidrobolgʻali, gidrotizimli yuklovchi ekskavator (5 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429529000 13. Gidrobolgʻadan foydalanishda qoʻllaniladigan gʻildirakli gidrotizimli ekskavator (5 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429529000 14. Gʻildirakli ekskavator (5 kub.m gacha boʻlgan kovush hajmi) 8429529000 15. Manipulyator boshqaruvli kranli yuk mashinasi 8704239109, 8704229109 16. Dizel yoqilgʻisida harakatlanuvchi sement tashuvchi yuk mashinasi 8704239109, 8704229109 17. Sement tashuvchi yuk mashinasi 8704239109, 8704229109 18. Past ramali ogʻir yuk mashinasi 8704239109, 8704229109 19. Dizel yoqilgʻisida harakatlanuvchi yuk mashinasi (samosval) 8704239109, 8704229109 20. Avtokran (yuk koʻtarish quvvati 50 tonnagacha boʻlgan) 8705100090 21. Manipulyator boshqaruvli kran 8705100090 22. Beton aralashtiruvchi yuk mashinasi 8705400000 23. Avtobetononasos 8705903000 24. Avtominora (avtovishka) 8705908007 25. Purkagichli (bitum va boshqalar) maxsus yuk mashinasi 8705908007 26. Vakuumli tozalovchi, yuvuvchi maxsus mashina 8705908007 27. Yotiq yoʻl belgilarini chizish maxsus mashinasi 8705908007
