Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-maydagi 233-F-son farmoyishi (233-F-son)
07.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Farmoyishi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan Tojikiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan tibbiy uskunalar, buyumlar, dori vositalari va maxsus konteynyerlar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida:
1. Tojikiston Respublikasiga tibbiy uskunalar, buyumlar, dori vositalari va maxsus konteynyerlar shaklidagi insonparvarlik yordami yuki ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha yuborilsin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi insonparvarlik yordami yukini joʻnatuvchi va yetkazib berilishini taʼminlovchi;
“Texnopark” MChJ va “Uzbekistan Airports” AJning “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti MChJ insonparvarlik yordami yukini shakllantirish punktlari etib belgilansin.
3. Insonparvarlik yordami yukini Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahriga yetkazib berish uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Obod Shahar Qurilish” MChJ buyurtmalariga asosan zarur miqdorda vagonlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yuk havo kemalarini belgilangan tartibda ajratsin.
4. Belgilansinki:
insonparvarlik yordami yukining belgilangan manzilga yetkazib berish bilan bogʻliq Mudofaa vazirligining xarajatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining insonparvarlik yordami yukini joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mablagʻlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligining insonparvarlik yordami yukini joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlari — Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi mablagʻlari;
“Obod Shahar Qurilish” MChJning insonparvarlik yordami yukini joʻnatish bilan bogʻliq xarajatlari — Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 25-martdagi 181-son qarori doirasida ajratilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining homiylik mablagʻlari hisobidan “Madaniyat tekstil koʻp tarmoqli” MChJ va “Maximum Dream” MChJlar tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy himoya vositalarining insonparvarlik yordami sifatida ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi ushbu farmoyishga muvofiq davlat zaxiralaridan chiqarilgan moddiy boyliklarning oʻrni belgilangan tartibda toʻldirilishini taʼminlash choralarini koʻrsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston tomonining insonparvarlik yordami koʻrsatish niyati toʻgʻrisida Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilsin, shuningdek, insonparvarlik yordami yuki yetkazib beriladigan punktni va uni topshirish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalarni kelishsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari insonparvarlik yordami yukining yetkazilishi va topshirilishida ishtirok etadigan Oʻzbekiston Respublikasi vakillariga chiqish hujjatlari tezkor rasmiylashtirilishini hamda insonparvarlik yordami yuki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan toʻsiqlarsiz oʻtkazilishini taʼminlasinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va “Dunyo” axborot agentligi Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami koʻrsatish boʻyicha ishlar ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
10. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari A.X. Qoʻldashev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
233-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-maydagi 233-F-son farmoyishiga ILOVA
Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordami sifatida yuboriladigan tibbiy buyumlar va vositalar
ROʻYXATI
T/r Tashkilot nomi Mahsulot nomi Oʻlchov birligi Miqdori I. Mudofaa vazirligi tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlar 1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va vazirlik huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bir marotabalik qoʻlqop dona 100 000 noinvoziv sunʼiy nafas berish uskunasi dona 10 azitromitsin 250 mg № 6 qadoq 1 000 gidroksixloroxin 100 mg № 100 qadoq 1 000 askorbin kislotasi 50 mg № 10 qadoq 1 000 tsefazolin 1,0 qadoq 1 000 pirometr dona 300 sunʼiy nafas berish uskunasi* dona 10** sunʼiy nafas berish uskunasi oyoqcha* dona 1** COVID-19 virusini aniqlash test* dona 24 000** RNK ekstraktor* dona 12 000** magnitli shtativ* dona 2** 2. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi levofloksatsin 100 ml (spirofloks) dona 1 000 fevaagan P 1% 100 ml (paratsetamol) dona 1 000 tseftriakson natriya 1,0 gr. dona 1 350 glyukoza 5% 250 ml dona 5 000 glyukoza 5% 500 ml dona 1 000 natriya xlorid 0,9% 250 ml dona 5 000 natriya xlorid 0,9% 500 ml dona 1 000 rinlaktin 250 ml (ringer-laktad) dona 1 000 rinlaktin 500 ml (ringer-laktad) dona 1 000 azitromitsin 250 mg. № 6 qadoq 1 000 azitromitsin 500 mg. № 6 qadoq 600 paratsetamol 0,5 gr. № 10 qadoq 1 440 paratsetamol sirop dona 1 000 paratsetamol tabl. qadoq 1 000 bir marotabalik shprits 5 ml dona 6 000 bir marotabalik shprits 2 ml dona 7 200 sistema dona 10 000 3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi bir marotabalik bosh kiyimli himoya kombinezoni (2-darajali) dona 5 000 bir marotobalik respirator N 95 (FFR2) dona 15 000 4. “Madaniyat tekstil koʻp tarmoqli” MChJ bir marotabalik bosh kiyimli himoya kombinezoni (1-darajali) dona 5 000 5. “Maximum Dream” MChJ himoya koʻzoynagi dona 5 000 II. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlar 6. “Obod Shahar Qurilish” MChJ maxsus konteyner (toʻliq toʻplamda) toʻplam 144 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi etil spirti tonna 1,0
* 2020-yil 25-aprelda Tojikiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishini bartaraf etish uchun insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan.
** Ushbu mahsulotlar Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Henan Sostar Group Co., LTD” kompaniyasi oʻrtasida va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Sansure Biotec Inc.” kompaniyasi oʻrtasida tuzilgap shartnoma asosida sotib olingan.
