Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4709-son)
11.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Soʻnggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish orqali ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirish maqsadida ekin maydonlari sezilarli darajada kengaytirildi. Shuningdek, tumanlarni meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirish, mahsulot yetishtiruvchilarni meva-sabzavotchilik klasterlari hamda kooperatsiyalarga birlashtirish kabi amaliy choralar koʻrilmoqda.
Jahon bozorlari talablariga javob bera oladigan raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda hududlarni ixtisoslashtirish toʻgʻri yoʻl ekanligini koʻrsatmoqda.
Shu sababli, dastlabki bosqichda respublika boʻyicha 55 ta tuman meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirildi. Biroq, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan hududlarning salohiyatidan samarali foydalanish tizimi yoʻlga qoʻyilmagan.
Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya qilish, tumanlar hududlarini tuproq-iqlim sharoitlariga mos bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavot-polizchilik, kartoshkachilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish orqali ichki va tashqi bozor talablariga javob beradigan raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishni koʻpaytirish hamda ilm-fan yangiliklarini keng joriy etish va mahsulot ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashning:
respublika hududlarini bosqichma-bosqich qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish;
respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining muayyan turlariga ixtisoslashtirish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida eksperiment tariqasida 2020 — 2022-yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qoʻshimcha yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Jizzax viloyatining ayrim hududlarini 2020 — 2022-yillarda bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishlariga ixtisoslashtirish koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Jizzax viloyati ayrim hududlarini 2020 — 2022-yillarda sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va dorivor oʻsimliklar hamda issiqxona xoʻjaliklariga ixtisoslashtirish koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Jizzax viloyati ayrim hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirishda 2020 — 2022-yillar davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq.
3. Jizzax viloyati hokimligi va Ishchi guruh (Oʻ. Barnoyev):
a) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda hududlarni ixtisoslashtirish koʻrsatkichlari va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan topshiriqlarning samarali va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlasin hamda natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har chorakda maʼlumot kiritib borsin;
b) tuman hokimliklari hamda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda hududlarning yer maydonlari ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ushbu yer maydonlarini ustuvor ravishda raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish jarayonini hamda innovatsion va resurstejamkor texnologiyalarni qoʻllashni oʻz ichiga olgan agroklasterlarni tashkil etuvchi salohiyatli tashabbuskorlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa subyektlarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun tanlov asosida ajratish choralarini koʻrsin;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ixtisoslashtirilayotgan hududlarda yaxlitlikka jiddiy eʼtibor qaratgan holda tegishli qishloq xoʻjaligi ekinlarining turlariga qarab plantatsiya shaklida eksportbop ekin turlarini joylashtirish va yetishtiriladigan mahsulot hajmlarini aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilanishini va bajarilishini;
suv taʼminoti va infratuzilmasi mavjud boʻlgan Zomin tumanidagi dengiz sathidan 1 — 1,5 ming metr balandlikda boʻlgan “Qizilmozor” hududidan 25 gektar yer maydonini Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti balansiga oʻtkazilishini taʼminlasin;
g) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Zafarobod tumani F.Xoʻjayev massivida joylashgan 30-son manzil koloniyasiga qarashli 513 gektar samarasiz foydalanib kelinayotgan sugʻoriladigan yer maydonini 2 400 boshli goʻsht yoʻnalishidagi chorva kompleksini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish sharti bilan loyiha tashabbuskorlariga tanlov asosida ajratib berish choralarini koʻrsin;
d) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Transport vazirligi va “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Jizzax viloyatining Zomin, Mirzachoʻl hamda Paxtakor tumanlarida, ularning geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda, transport va infratuzilma obyektlari holati va tutash tumanlarning mahsulot yetishtirish hajmlarini inobatga olib, yirik agrologistik markazlarni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish dasturini tasdiqlasin hamda bajarilishini taʼminlasin;
e) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, tijorat banklari hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda 2020-yil davomida tashkil etiladigan investitsiya loyihalari boʻyicha, shuningdek, har yili 1-oktabrga qadar kelgusi yil uchun tashkil etiladigan loyihalarning manzilli dasturini tasdiqlasin va har chorakda bajarilgan ishlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga batafsil maʼlumot kiritib borsin;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil III choragida Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Zomin, Forish, Yangiobod va Sh.Rashidov tumanlaridagi yangi oʻzlashtiriladigan lalmi yer maydonlarida bogʻdorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun artezian quduq qazish va yer osti suvlaridan foydalanish maqsadida burgʻilash ishlarini tashkil etsin;
z) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda manzilli dasturni moliyalashtirishda tijorat banklarining kredit mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalari va xorijiy investorlar mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Bunda, tijorat banklari tomonidan loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan aylanma mablagʻlarni shakllantirishga kreditlar ajratishda qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosilsiz hamda barpo etilayotgan quvvatlarni tashkil etish davriga kreditning asosiy qarzidan imtiyozli davr beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Oʻ. Barnoyev) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur qaror talablarini inobatga olgan holda:
Respublikaning ayrim hududlarini 2020 — 2022-yillarda bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishlariga ixtisoslashtirish koʻrsatkichlari;
Respublikaning ayrim hududlarini 2020 — 2022-yillarda sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va dorivor oʻsimliklar hamda issiqxona xoʻjaliklariga ixtisoslashtirish koʻrsatkichlari;
Respublikaning ayrim hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirishda 2020 — 2022-yillar davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihalarining ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
5. 2021-yil 1-yanvardan boshlab 2023-yil 1-yanvarga qadar 5-ilovaga muvofiq roʻyxat boʻyicha chetdan olib kirilayotgan urugʻlar, koʻchatlar va payvandtaglar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari bojxona bojidan ozod etilsin.
6. Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
bogʻdorchilik xoʻjaliklarida tashkil qilinadigan har 35 gektar intensiv bogʻ va tokzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish ishlari uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya mablagʻlarini ajratish tartibi joriy etilganligi inobatga olinsin;
suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda:
a) Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda Jizzax viloyatining ayrim hududlarida artezian quduq qazish va yer osti suvlaridan foydalanish maqsadida Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining 6 mlrd soʻm mablagʻlari evaziga 6 dona burgʻilash mashinasini xarid qilib, Jizzax viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga begʻaraz ajratish ishlarini amalga oshirsin;
b) Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda “2020 — 2023-yillarda meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilik sohalarida amalga oshiriladigan ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion ilmiy-texnik loyihalar” dasturini shakllantirsin va loyihalarni dasturda belgilangan muddatlarda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etib borsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mazkur dastur doirasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etiladigan loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan hududlarda tashkil etiladigan har bir agroklasterga xalqaro standartlarga (Global GAP, Organic, ISO 22000 va boshqalar) muvofiq xavfsizlikni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirishda amaliy yordam koʻrsatish rejasini ishlab chiqib, amalga oshirsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ixtisoslashtirilgan hududlarning, birinchi navbatda Jizzax viloyatining tabiiy gaz va elektr energiyasi taʼminotini oʻrgangan holda zamonaviy issiqxonalar, intensiv bogʻ hamda tokzorlar tashkil etilayotgan hududlarni energiya resurslari bilan taʼminlash, shuningdek, qayta tiklanuvchi va noanʼanaviy energiya manbalaridan foydalanishni yoʻlga qoʻygan tashabbuskorlar, fermer xoʻjaliklari va boshqa subyektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ragʻbatlantirish choralarini koʻrsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-may,
PQ-4709-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qaroriga 1-ILOVA
Jizzax viloyati ayrim hududlarini 2020 — 2022-yillarda bogʻdorchilik va uzumchilik yoʻnalishlariga ixtisoslashtirish
KOʻRSATKICHLARI
T/r Ixtisoslashgan hudud nomi Jami ixtisoslashgan yer maydoni, gektar Ixtisoslashuv Bogʻdorchilik Uzumchilik bogʻdorchilikka ixtisoslashgan maydon, gektar shundan, mavjud bogʻ maydoni, gektar yangi bogʻ barpo etish rejasi, gektar 2020-yil 2021-yil 2022-yil Uzumchilikka ixtisoslashgan maydon, gektar shundan, mavjud tokzor maydoni, gektar Yangi tokzor barpo etish rejasi, gektar 2020-yil 2021-yil 2022-yil Arnasoy 1. Mustaqillik 70 bogʻdorchilik 70 5 70 40 30 2. Turkiston 255 bogʻdorchilik — uzumchilik 60 20 40 40 195 195 20 20 155 3. Qozogʻiston 101 bogʻdorchilik 101 10 101 101 Jami: 426 231 35 211 0 181 30 195 0 195 20 20 155 Baxmal 1. Qoʻshchinor 2971 bogʻdorchilik 2971 764 2217 667 700 850 2. Baxmal buloqlari 4059 bogʻdorchilik 4059 1457 2656 797 1000 859 3. Nushkent 1455 bogʻdorchilik 1455 510 945 283 330 332 4. A. Usanov 1057 bogʻdorchilik 1057 1079 78 25 29 24 5. Turon 219 bogʻdorchilik 219 137 82 18 28 36 6. Sangzor 389 bogʻdorchilik 389 389 7. Tongotar 339 bogʻdorchilik 339 339 8. S. Ayniy 564 uzumchilik 564 11 553 138 208 208 9. Gʻallakon 669 uzumchilik 669 213 456 114 171 171 10. Nurli quyosh 835 uzumchilik 835 20 815 204 306 305 11. Taraqqiyot 670 uzumchilik 670 38 632 158 237 237 12. Bogʻishamol 380 uzumchilik 23 23 10 13 357 3 354 88 133 133 13. Mustaqillik 330 uzumchilik 330 51 279 70 105 105 14. Turon 1028 uzumchilik 1028 117 911 228 341 342 15. Uzunbuloq 350 uzumchilik 350 350 Jami: 15315 10512 4675 6001 1800 2100 2100 4803 803 4000 1000 1500 1500 Gʻallaorol 1. Yangihayot 179 bogʻdorchilik 179 179 54 0 39 15 2. Zarbuloq 2983 bogʻdorchilik — uzumchilik 2132 102 2030 112 970 948 851 194 657 240 240 177 3. Gʻallaorol 1089 bogʻdorchilik 1089 153 936 936 4. Boʻston 87 bogʻdorchilik 87 115 5. Oqtom 576 bogʻdorchilik 576 576 6. D. Yoʻldoshov 118 uzumchilik 118 70 48 48 7. T. Xudayorov 1001 uzumchilik 1 001 300 701 281 213 207 8. Muzbuloq 1234 uzumchilik 1 234 66 1 169 345 370 454 9. Oltinboshoq 462 uzumchilik 462 43 419 86 177 155 Jami: 7729 4063 1125 3020 1048 1009 963 3666 673 2993 1000 1000 993 Sh. Rashidov 1. Yangi hayot 186 bogʻdorchilik 186 186 2. X. Nosirov 385 bogʻdorchilik 385 15 370 70 100 200 3. Ravot 3 574 bogʻdorchilik 3574 635 1600 100 600 900 4. Z.M. Bobur 300 uzumchilik 300 300 100 200 5. R. Qosimov 105 uzumchilik 105 5 100 15 35 50 Jami: 4 550 4145 836 1970 170 700 1100 405 5 400 15 135 250 Zarbdor 1. Oq buloq 463 bogʻdorchilik 463 463 0 463 0 Jami: 463 463 463 0 463 0 Zafarobod 1. Mustaqillik 62 bogʻdorchilik 62 62 10 25 27 2. Chimqurgʻon 219 uzumchilik 219 219 105 114 Jami: 281 62 0 62 10 25 27 219 0 219 0 105 114 Zomin 1. Oʻzbekiston 193 bogʻdorchilik 193 193 2. Molguzar 9575 bogʻdorchilik — uzumchilik 5056 56 5000 420 2300 2280 4519 252 4267 1625 1225 1417 3. Achchi 808 bogʻdorchilik — uzumchilik 297 17 280 180 50 50 511 40 471 271 200 0 4. Shirin 935 bogʻdorchilik — uzumchilik 754 34 720 200 250 270 181 25 156 156 0 0 5. Laylak uya 128 bogʻdorchilik — uzumchilik 128 128 6. E. Xolmatov 437 bogʻdorchilik 126 126 311 196 115 15 50 50 7. XRU-17 856 uzumchilik 856 192 664 107 275 283 8. Zomin-1 261 uzumchilik 261 11 250 250 9. Kultepa 75 uzumchilik 75 5 70 70 Jami: 13267 6554 554 6000 800 2600 2600 6713 721 5992 2492 1750 1750 Mirzachoʻl 1. R. Xaydarov 80 bogʻdorchilik 80 80 20 30 30 Jami: 80 80 80 20 30 30 Forish 1. Narvon 435 bogʻdorchilik 435 435 100 135 200 2. Bogʻdon 10568 bogʻdorchilik — uzumchilik 300 300 10268 891 9377 3640 3028 2709 3. Mehnatobod 605 uzumchilik 605 105 500 210 90 200 4. Forish 500 uzumchilik 500 500 200 300 Jami: 12108 735 300 435 100 135 200 11373 996 10377 3850 3318 3209 Yangiobod 1. Xoʻjamushkentsoy 1037 bogʻdorchilik — uzumchilik 130 30 100 50 50 907 343 564 200 200 164 2. Balandchaqirsoy 2443 bogʻdorchilik — uzumchilik 1747 8 1739 50 400 1289 696 14 682 150 200 332 3. Sarmich saxovati 560 bogʻdorchilik — uzumchilik 250 250 100 150 310 5 305 0 100 205 4. Qushqand bulogʻi 1158 uzumchilik 1158 1158 200 300 658 Jami: 5198 2127 38 2089 100 550 1439 3071 362 2709 550 800 1359 Viloyat boʻyicha jami: 59417 28972 7563 20332 4048 7794 8489 30445 3560 26885 8927 8629 9329
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qaroriga 2-ILOVA
Jizzax viloyati ayrim hududlarini 2020 — 2022-yillarda sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va dorivor oʻsimliklar hamda issiqxona xoʻjaliklariga ixtisoslashtirish
KOʻRSATKICHLARI
T/r Ixtisoslashgan hudud nomi Jami ixtisoslashgan yermaydoni, gektar Ixtisoslashuv Sabzavotchilik Poliz Kartoshkachilik Dukkakli va dorivor oʻsimliklar Issiqxona Ozuqa ekinlari 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil Arnasoy 1. Qozogʻiston 495 sabzavot — poliz — issiqxona 261 167 30 37 2. Fargʻona 263 ozuqa ekinlari 263 Jami: 758 261 167 30 37 263 Baxmal 1. Qatortol 703 dukkakli — sabzavot 93 610 2. Bogʻishamol 573 dukkakli — sabzavot 154 419 3. Mustaqillik 510 dukkakli — sabzavot 228 282 4. Turon 489 dukkakli — sabzavot 105 384 5. Uzunbuloq 1787 dukkakli — sabzavot 90 1697 6. Tongotar 262 kartoshka 262 7. Gulbuloq 338 kartoshka 338 8. Dehkonobod 200 kartoshka 200 9. Nurli quyosh 1183 dukkakli 1183 10. Taraqqiyot 1276 dukkakli-issiqxona 1226 20 15 15 11. Qoʻshchinor 1881 dukkakli 1881 12. S. Ayniy 672 dukkakli 672 13. Sangzor 1212 dukkakli 1212 14. Gʻallakon 435 dukkakli 435 Jami: 11520 0 670 800 10000 20 15 15 Gʻallaorol 1. D. Yuldoshev 345 sabzavot — kartoshka 295 50 2. Yangi hayot 422 sabzavot — kartoshka 358 64 3. Istiqbol 693 sabzavot — kartoshka 638 55 4. Boʻston 321 sabzavot — kartoshka 252 69 5. T. Xudayorov 120 sabzavot — kartoshka 105 15 6. Oqtom 443 sabzavot — kartoshka 349 94 7. Muzbuloq 1002 sabzavot — kartoshka 852 150 8. Oltin boshoq 366 sabzavot — kartoshka 351 15 9. E. Ismoilov 2048 dukkakli 2048 10. Gʻ. Gʻulom 2009 dukkakli 2009 11. M. Qoriziy 2014 dukkakli 2014 12. Qipchoqsuv 3612 dukkakli 3612 13. Koʻkbuloq 100 issiqxona 26 35 39 Jami: 13493 3200 510 9683 26 35 39 Doʻstlik tumani 1. Navbahor 43 issiqxona 12 14 16 Jami: 43 12 14 16 Sh. Rashidov tumani 1. Yangi hayot 210 sabzavot — ozuqa ekini 60 50 40 60 2. Qulipisar 300 sabzavot — poliz 50 50 50 50 100 3. Oltinsoy 280 sabzavot — issiqxona 60 70 20 30 50 50 4. X. Nosirov 150 sabzavot 80 40 30 5. R. Qosimov 200 sabzavot 50 50 100 6. Ravot 1200 sabzavot — poliz 50 50 100 150 350 500 7. Samarqandquduq 165 ozuqa ekinlari 165 8. Mehnatobod 405 ozuqa ekinlari 405 Jami: 2910 240 240 320 200 460 670 20 30 50 680 Zarbdor tumani 1. Nurafshon 172 poliz 172 2. P. Umurzoqov 315 poliz 315 3. Toza urugʻ 89 issiqxona 54 35 4. Istiqbol 635 ozuqa ekinlari 635 Jami: 1211 487 54 35 635 Zomin tumani 1. Yangi hayot 1234 sabzavot — poliz 617 617 2. Iqbol 618 sabzavot — dukkakli 133 485 3. Oʻzbekiston 1347 sabzavot — dukkakli 443 904 4. XRU-17 1302 sabzavot — dukkakli 802 500 5. Molguzar 3220 sabzavot — dorivor 220 3000 6. Laylak uya 450 sabzavot 450 7. A. Toirov 664 poliz 664 8. Guliston 581 poliz 581 9. Chorvador 594 dukkakli 594 10. Yettikechuv 379 dukkakli 379 11. Beshkubi 534 dukkakli 534 12. Yangi hayot-2 906 dukkakli 906 13. E. Xolmatov 86 issiqxona 86 14. Shirin 2803 sabzavot — dorivor 197 2606 15. Zomin-1 485 sabzavot 485 16. Kultepa 220 sabzavot 220 17. Yangi chorvador 543 sabzavot 543 Jami: 15963 4108 1862 9908 86 Zafarobod tumani 1. Chimqoʻrgʻon 810 poliz 810 2. F. Xoʻjayev 800 poliz 800 3. S. Sindarov 57 issiqxona 7 20 30 Jami: 1667 1610 7 20 30 Mirzachoʻl tumani 1. Turkiston 430 poliz 50 230 150 2. Yangidala 570 poliz 270 300 3. R. Haydarov SIU 90 issiqxona 40 50 4. Abay SIU 10 issiqxona 10 Jami: 1100 50 500 450 10 40 50 Paxtakor tumani 1. A. Ikromov 93 poliz — issiqxona 25 15 30 23 2. Navroʻz 63 poliz — issiqxona 10 3 10 40 3. Boʻston 20 poliz 20 4. Samarqand 55 poliz 55 Jami: 231 110 17 40 63 Forish tumani 1. Bogʻdon 650 dorivor — issiqxona 150 200 200 20 40 40 2. Forish 1950 dorivor 650 650 650 Jami: 2600 800 850 850 20 40 40 Yangiobod tumani 1. Xoʻjamushkentsoy 637 sabzavot 125 150 361 2. Balandchaqirsoy 2558 sabzavot — issiqxona — ozuqa ekin 289 300 10 30 60 1869 3. Qushqand bulogʻi 2203 ozuqa ekinlari 2203 Jami: 5398 0 125 439 661 10 30 60 1869 2203 Viloyat jami: 56893 0 8342 940 981 3999 1447 1120 1310 0 0 30390 850 850 282 329 400 0 1869 3781
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qaroriga 3-ILOVA
Jizzax viloyati ayrim hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirishda 2020 — 2022-yillar davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirlarning nomlanishi Ijro muddati Masʼullar ijro uchun nazorat uchun 1. Zomin tumanidagi “Chap tarmoq” kanaliga 140 metr balandlikdagi “Gʻallakor” QFY hududining adirlik qismida 250 gektar maydonda “Zomin charos uzum” MCHJ tomonidan tomchilatib sugʻorish texnologiyasi asosida barpo qilinayotgan uzumzorni suv bilan taʼminlash uchun ikki koʻtarmali 2 dona nasos stansiyasini qurishni 2020-yilda qoʻshimcha ajratilgan investitsiya mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish. Ushbu obyekt boʻyicha buyurtmachi etib — “Jizzaxsuvqurilishinvest” davlat unitar korxonasini belgilash. 2020-yil 1-iyun Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Ortiqov), Moliya vazirligi (Ergashev), Jizzax viloyati hokimi (Saliyev), manfaatdor vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 2. Zomin, Zarbdor, Paxtakor va Sh.Rashidov tumanlariga xizmatqiluvchi kollektorlarning yer osti sizot suvlarini yigʻib olib chiqib ketuvchi “Jizzax bosh zovuri”ning Zomin, Zarbdor tumanlari hududidan oʻtuvchi PK192+00 dan PK680+00 gacha boʻlgan 48,8 km uzunlikdagi kollektorni rekonstruksiya qilish ishlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshirish. Ushbu obyekt boʻyicha buyurtmachi etib — “Jizzaxsuvqurilishinvest” davlat unitar korxonasini belgilash. 2020 — 2023-yillar Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Ortiqov), Moliya vazirligi (Ergashev), Jizzax viloyati hokimi (Saliyev), manfaatdor vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 3. Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan 1850 gektar yerlarni 2020-yilda foydalanishga kiritish uchun Arnasoy tumanidagi 3,45 km lotok tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda Mirzachoʻl tumani Yangidala va Turkiston hududida nasos stansiyasini qurish obyektlarini qoʻshimcha ravishda ajratiladigan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish. Ushbu obyekt boʻyicha buyurtmachi etib — Jizzaxsuvqurilishinvest” davlat unitar korxonasini belgilash. 2020-yil Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Ortiqov), Moliya vazirligi (Ergashev), Jizzax viloyati hokimi (Saliyev), manfaatdor vazirlik va idoralar Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 4. Quyidagilar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga iqtisodiy va ilmiy asoslangan takliflarni kiritish: Zomin, Baxmal va Yangiobod tumanlaridagi buloqlar va sel suvlarini yigʻuvchi sel suv omborini qurish; Zomin tumanidagi “DM-2-1” kanaliga qoʻshimcha suv berish maqsadida “DM-1” kanaliga nasos stansiyasini qurish; Zomin tumanidagi Yettikechuv (Mix) qishlogʻidan Duoba QFY (Sobiq Poslovskiy) hududlariga suv olish inshooti qurilishi va temir quvurlari orqali 30 km uzunlikda suv tarmoqlarini qurish. 3 oy muddatda Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (Islamov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (Abdurazakov), Moliya vazirligi (Ergashev), Jizzax viloyat hokimi (Saliyev) Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 5. Jizzax shahar markazidan oqib oʻtuvchi 7,8 km boʻlgan xoʻjaliklararo kanallar va umumiy uzunligi 29,7 km boʻlgan xoʻjalik ichki sugʻorish tarmoqlarini Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyish loyihasini kiritish. 1 oy muddatda Jizzax viloyati hokimi (Saliyev), Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev) Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 6. Gʻallaorol tumanining Sohibkor, Koʻktolkoʻkdala va Istiqbol hududlaridagi 3,5 ming gektar, Baxmal tumani Mustaqillik, Turon, Taraqqiyot, Qatortol va Uzunbuloq massivlaridagi 1,3 ming gektar maydonlarni kafolatli suv bilan taʼminlash choralarini koʻrish. doimiy Suv xoʻjaligi vazirligi (Xamrayev), Jizzax viloyati hokimi (Saliyev) Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 7. Viloyat hududida qishloq xoʻjaligida oʻzlashtirish mumkin boʻlayotgan va gidrogeologik nuqtai nazardan oʻrganilmagan maydonlarni aniqlab, ularni yer osti suvlari hisobidan sugʻorishni asoslash boʻyicha gidrogeologik tadqiqot ishlari olib borish hamda “Mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi”ga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. 1 oy muddatda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (Islamov) Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 8. Baxmal tumanining tabiiy geografik joylashuvi, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda dengiz sathidan 1,2 — 1,6 ming metr balandlikda joylashgan maydonlarda olma mevasi yetishtirishga ixtisoslashgan “intensiv bogʻdorchilik” loyihasini amalga oshirishni tashkil etish. 2020 — 2022-yillar Jizzax viloyat hokimi (Saliyev), “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (Abdullayev), Milliy bank (Mirsoatov) Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 9. Baxmal tumanida 100 gektar maydonda intensiv usulda olma bogʻini tashkil etib, aholiga lizing shartlari asosida berish. 2021-2022-yillar Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (Najimov), Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (Shoaxmedov), Milliy bank (Mirsoatov) Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 10. Mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda hududlarning geografik joylashuvi, tuproq-iqlim sharoiti hamda suv resurslari zaxiralaridan kelib chiqib, intensiv usulda bogʻ va tokzorlar barpo etish boʻyicha hududlar kesimida tavsiyalar ishlab chiqish. Ishlab chiqilgan tavsiyalarni viloyatning ixtisoslashgan hududlarida intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etuvchi tashabbuskorlarga oʻquv treninglar tashkil etish orqali yetkazish. ikki oy muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi (Najimov), Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (Boboyev), Jizzax viloyat hokimi (Saliyev) Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev) 11. Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Jizzax ilmiy-tajriba stansiyasi negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida hamda mahalliy va xorijiy investorlar mablagʻlari hisobidan “in-vitro” sharoitida mevali daraxtlar payvandtaglari va koʻchatlarini yetishtirish uchun zamonaviy laboratoriya, issiqxona va koʻchatxonalar tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. ikki oy muddatda Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Jizzax viloyat hokimi (Saliyev) Vazirlar Mahkamasi (Togʻayev)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qaroriga 5-ILOVA
Bojxona bojlaridan ozod etilayotgan chetdan olib kirilayotgan urugʻlar, koʻchatlar va payvandtaglar, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari
ROʻYXATI
T/r Tovarlar nomi TIF TN kodi 1. Urugʻlar, koʻchatlar va payvandtaglar 0701100000, 1209918000, 0703200000, 1209999900, 1207700000,1209296000, 0703101100, 0712901100, 060210, 060220 2. Gidroponika issiqxona uchun kokosli substrati 5305000000 3. Mineral oʻgʻitlar, insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, nihollar va oʻsimliklarning oʻsishini tartibga soluvchi vositalar, dezinfeksiya vositalari 3101 — 3105, 3808 4. Zamonaviy issiqxona qoplami va boshqa butlovchi qismlari 3926 90 970 9, 7326 90 980 7 5. Energiyani tejash va soyalash tizimi (poʻlat sim, arqon uchun gʻaltak, notoʻqima materiallar) 5603 12 100 0, 7312 10 490 0, 7326 90 500 0 6. Issiqxonani boshqarish tizimi (koʻp fazali oʻzgaruvchan tok dvigatellari, lebedka, raqamli panellar) 8501 51 000 0, 8483 90 890 9, 8425 39 000 4, 8537 10 100 0 7. Iqlimni kompyuter orqali boshqarish tizimi 8537109100 8. Isitish tizimlari va ular uchun komponentlar (qozonxonalar, gorelkalar, suv isitgichlar, rezervuarlar va boshqalar) 8402 20 000 9, 8416 20 200 0, 7310 29 900 0, 8481 40 900 0, 8419 11 000 0 9. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari 8424 82 100 0, 8424 90 000 0 11. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun foydalaniladigan nasos agregatlari 8413 81 100 0 12. Tomchilatib sugʻorish tizimi uchun quvur va shlanglar ishlab chiqarish uchun pigment va preparatlar 3206190000 13. Tomchilatib sugʻorish tizimi uchun PVX quvurlar 3917239000 14. Sugʻorish uchun tomchilatish trubkasi, tomchilatib sugʻorish tizimi uchun egiluvchan quvurlar 3917320009 15. Tomchilatib sugʻorish tizimini ulash uchun furnitura va fitinglar 3917400000 16. Suv hovuziga yoyiladigan suv oʻtkazmaydigan geomembrana toʻshamasi, plyonkalar 4002700000 17. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimida suvni tozalash uchun filtrlar (disk filtrlar va metall qumli filtrlar) 8421 21 000 9 18. Filtrlar ishlab chiqarish uchun metall filtrlarning butlovchi qismlari (yigʻilmagan shaklda) 8421 99 000 8 19. Oʻgʻitlash dozatori 8481 90 000 0 20. Oʻgʻitlash uchun avtomatik boshqaruv qurilmasiga ega dozatorli nasos 8413 50 400 0 21. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun suv sarfini hisoblash moslamasi 9028 20 000 0 22. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish avtomatik boshqaruv kontrolleri komplekt detallari bilan 8537 10 910 0 23. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorishni avtomatik boshqaruv tizimida ishlatish uchun meteostansiya. 9015 80 930 0 24. Suvni avtomatik tozalash filtr kontrolleri (Filtron) 8537 10 910 0 25. Suvni avtomatik tozalash filtr tizimi uchun elektromagnit solenoid 8504 509500 26. Elektromagnit solenoidlar uchun kichik fitinglar 3917 40000 0 27. Elektromagnit solenoidlar uchun U-shaklga ega montaj qigich 7326 90 980 7 28. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun glitserin manometr (10 bar) 9026 20 800 0 29. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun quyosh panellari 8541 50 000 0 30. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun plastik va metall avtomatik klapan (kran) (bosim reduksion klapani, qoʻlda boshqarish klapani, 3 bosqichli teskari yuvish klapani, teskari tebratish klapani va bosh.) 8181 10 990 8 8481 40 900 0 8481 30 990 0 8481 30 910 8 31. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun viktualik metall bogʻlagich (xomut) 7326 90 980 7 32. Tomchilatib sugʻorish tizimini suv taʼminlash tizimiga ulash uchun kran (sharsimon kran va disksimon kran) 8481 30 990 8 8481 80 850 9 33. Tomchilatib sugʻorish tizimi uchun dumaloq shaklga ega ichki suv tomizgich (kompensatsiya va kompensatsiyasiz kapelnitsa) 8424 90 000 0 34. Tomchilatib sugʻorish tizimi uchun dumaloq shaklga ega tashqi suv tomizgich (kompensatsiya va kompensatsiyasiz kapelnitsa) 8424 90 000 0 35. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun plastik havo klapani 8481 80 990 7 36. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun PVX egiluvchan quvur 3917 32 000 9 37. Yomgʻirlatib sugʻorish tizimi uchun sprinkler (metall va plastik shaklga ega) 8424 90 000 0, 8481 90 000 0 38. Sprinkler stendi (metall i plastik shaklga ega) 9620 00 000 3 3917 23 900 0 39. Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimi basseyni uchun geomembrana 4002 70 000 0 41. Kompression va PVX birlashtirish fitinglari 3917 40000 0 43. Tomchilatib sugʻorish tizimi quvurlari, shlanglari va lenta ishlab chiqarish uchun polietilen xom ashyo 3901 20 900 9 44. Dioktilftalat (DOF) plastifikatori 2917 32 000 0 45. Aktiv kimyoviy boʻyoq moddalar va preparatlar 3204 16 000 0 46. Pigment va preparatlar 3204 17 000 0 47. Antioksidantlar va kauchuk va plastmassa uchun tarkibiy stabillashtiruvchilar, boshqalar 3812 39 000 0 48. Stearin kislotasi 3823 11 000 0 49. Chiziqli polietilen 3901 10 100 0 50. Polipropilen 3902 10 000 0 51. Polistirol 3903 10 000 0 52. Boshqa komponentlar bilan aralashmagan polivinilxlorid 3904 10 000 0 53. Plastiklashtirilmagan modifikator 3904 21 000 0 54. Plastiklashtirilgan modifikator 3904 22 000 0 55. Polietilentereftalat 3907 50 000 0 56. Poliamid 3908 10 000 0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi PQ-4709-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4161-son qarori 10-bandida:
uchinchi xatboshidagi “nasos stansiyalarini qurishga” soʻzlaridan keyin “har 35 gektar uchun” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilansin”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarori 7-bandi “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “nasos stansiyasini qurishga” soʻzlaridan keyin “har 35 gektar uchun” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suvdan foydalanish maqsadida tutash hududlarda joylashgan har birining umumiy maydoni 35 gektardan oshmaydigan bir necha fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalarining oʻzaro kelishuvi asosida suv chiqarish uchun burgʻilangan quduqni, shuningdek daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suvni tortishga nasos stansiyasini qurish uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish boʻyicha vakolatli organlar tomonidan beriladigan tegishli ruxsatnomaga asosan har 35 gektar maydonga 120 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilansin”.
