Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4707-son)
07.05.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Soʻnggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tashkil etilib, eksport hajmini oshirish uchun eksport qiluvchi korxonalarga moliyaviy koʻmak berish mexanizmlari yaratildi.
Jahon bozorlarida raqobat keskinlashib borayotgan sharoit mahsulotlar eksporti hajmini oshirish orqali yangi bozorlarga kirib borish va anʼanaviy bozorlarda oʻz oʻrnini mustahkamlash uchun eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga muvofiq joriy etilgan mahsulotlarni eksport qilishda, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini “reeksport” bojxona rejimida olib chiqishda tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi mahsulotlarni avtomobil va havo transportida eksportga tashishga ham tatbiq etilsin.
Eksport qilishda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (S.U. Umurzakov) (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, subsidiyalar taqdim etish shartlari va miqdorlarini belgilash hamda tartibini tasdiqlash, shuningdek, mahsulot turi, hajmi va eksport yoʻnalishiga qarab subsidiyaning qatʼiy miqdorlarini belgilash vakolati berilsin.
Hukumat komissiyasi bir hafta muddatda mahalliy eksport qiluvchi korxonalar (ularning vakolatli vakillari)ga mahsulotlarni eksport qilishda, shu jumladan 2020-yil 1-apreldan buyon amalga oshirilgan eksport boʻyicha avtomobil, havo va temir yoʻl transportida tashish xarajatlarini qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibini tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan eksport operatsiyalari boʻyicha olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan joriy qilingan barcha turdagi majburiy toʻlovlar va ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti 2021-yil 1-yanvarga qadar bekor qilinsin.
4. Belgilansinki, eksport qiluvchilar garov sifatida sugʻurta xizmatlaridan foydalanganda sugʻurta mukofotini qoplashga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan kompensatsiyalar taqdim etiladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining xarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratsin va 2021-yildan har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-may,
PQ-4707-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga 1-ILOVA
Eksport qilishda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadigan mahsulotlar
ROʻYXATI
T/r Mahsulot nomi Mahsulotning TIF TN kodi 1. Parranda tuxumi, uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlari* 0407, 0207 2. Pomidorlar 0702000001 — 0702000009 3. Sarimsoq 0703200000 4. Gulkaram 0704100000 5. Salatlar (latuk, aysberg, radicho, oaklif, lollo-rossa va boshqalar) 0705 6. Bodringlar 0707000501 — 0707000509 7. Koʻkatlar 0709400000, 0709700000, 0709991000, 0709999000 8. Shirin qalampir hoʻl yoki muzlatilgan 0709601000, 0710805100 9. Achchiq qalampir 0709609900 10. Muzlatilgan sabzavotlar 0710809500 11. Kovul 0711907000 12. Quritilgan sabzavotlar 0712909000 13. Yongʻoq 0802310000, 0802320000 14. Bodom 0802111000, 0802119000, 0802121000, 0802129000 15. Limon 0805501000 16. Uzum 0806101000, 0806109000 17. Mayiz 0806203000, 0806209000 18. Tarvuz 0807110000 19. Qovun 0807190000 20. Olma 0808108001 — 0808108004 21. Nok 0808309000 22. Oʻrik 0809100000 23. Gilos 0809290000 24. Nektarin 0809301000 25. Shaftoli 0809309000 26. Olxoʻri 0809400500 27. Olcha 0809210000, 0811907500 28. Xurmo 0810700000 29. Anor 0810907500 30. Muzlatilgan yoki konservalangan mevalar 0811, 0811907500, 0811908000, 0811909500, 0812902500 31. Quritilgan mevalar 0813100000, 0813200000, 0813300000, 0813401000, 0813403000, 0813409500, 0813501500, 0813501900, 0813509100, 0813509900 32. Quritilgan, maydalangan va yanchilgan qalampir 0904110000, 0904120000, 0904211000, 0904219000, 0904220000 33. Yeryongʻoq 1202, 1202410000, 1202420000 34. Tabiiy uzum vinolari 2204101100, 2204219700, 2204219800, 2204299501, 2204299508, 2204299601, 2204299701, 2204299708, 2204299709, 2204299801, 2204299809, 2204309800 35. Konyak distillyati 2208208900 36. Tarkibida antibiotiklar boʻlgan penitsillinlar, dori vositalari 3004100001, 3004100006, 3004200001, 3004200002 37. Gulqogʻozlar va shunga oʻxshash devor qoplamalari 4814200000 38. Gazlama 5208-5212 39. Toʻqima gilamlar 5702 42 900 0, 5701101000, 5701 90 100 0, 5702 41 900 0, 5703 10 000 0 40. Linoleum 5904100000 41. Trikotaj mato** 60 42. Tikuv-trikotaj mahsulotlari 61 — 63 43. Suv oʻtkazmaydigan poyabzal 6401921000, 6401929000, 6401990000 44. Poyabzal 6403200000, 6403400000, 6403911600, 6403999100, 6403999600, 6404199000, 6404209000, 6405100000, 6405209100, 6405209900, 6405901000 45. Shlak paxta, mineral paxta va boshqalar 6806100008, 6806209000, 6806900000 46. Tosh yotqizish uchun plitalar 6907219001, 6907229003, 6907229009, 6907239003 47. Keramikadan yasalgan pardozlash buyumlari 6907409003, 6907409009 48. Oshxona idishlari va boshqalar 6912001000, 6912002100, 6912002300, 6912002500, 6912002900, 6912005000, 6912008100, 6912008900, 6912009000 49. Shisha tola 7019199009, 7019310000, 7019390009, 7019510000, 7019590000, 7019900009 50. Shisha idishlar 7010901000, 7010904100, 7010904300, 7010904500, 7010905300, 7010907100, 7010907900 51. Qalpoqlar yoki ventilyatsiyali shkaflar 8414600000 52. Kir yuvish mashinalari 8450120000 53. Akkumulyatorlar 8507102003 54. Transformatorlar 8504210000, 8504221000, 8504229000, 8504230000, 8504312900, 8504318009, 8504330000, 8504340000, 8504403009, 8504405500, 8504408200, 8504408800, 8504409000, 8504509500, 8504901800, 8504909900 55. Chang yutgichlar 8508190001 56. Taqsimlagichlar, oʻt oldirish gʻaltaklari 8511400008 57. Elektr uskunalar 8511500009 58. Elektr yoritish va signalizatsiya uskunalari 8512200001, 8512200009 59. Pechlar va kameralar 8514900000 60. Elektr suv isitgichlar, mikrotoʻlqinli pechlar, pechlar, elektr plitalar va h.k. 8516108000, 8516500000, 8516601010, 8516601090, 8516607000, 8516609000 61. Ovozni qabul qilish va uzatish uchun apparatura, televizion aloqani qabul qilish uchun apparatura 8517620009, 8528722001 62. Kommutatsiya uchun elektr apparatura 8535900000 63. Pultlar, panellar, konsollar va boshqalar 8537109900, 8537209100 64. Diodlar 8541100009 65. Oʻralgan va izolyatsiyalangan simlar, oʻt oldirish svechalari uchun simlar toʻplami, elektr oʻtkazgichlar 8544111000, 8544300008, 8544499101, 8544499109, 8544499309, 8544499500, 8544609009 66. Oʻtirish uchun mebel 9401610000, 9401690000, 9401903000 67. Oʻyinchoqlar 9503001000, 9503003500, 9503007000, 9503009500 68. Gigiyena vositalari 9619008101
* Import qiluvchi mamlakatdan qatʼiy nazar.
** Transportda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish 2022-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4707-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4335-son qarori 4-bandining “a” kichik bandidan ““Oʻzstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4337-son qarorida:
a) 3-bandda:
birinchi xatboshi “ilovadagi roʻyxatga muvofiq mahsulotlarni eksport qilishda temir yoʻl transportida” soʻzlari “avtomobil, temir yoʻl va havo transportida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “tatbiq etilmaydi,” soʻzlaridan keyin “Afgʻoniston Islom Respublikasiga eksport qilinadigan mahsulotlar va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4406-son qarori 7-bandining “a” kichik bandidan “Oʻzstandart” agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4549-son qaroriga ilovaning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
