Temir yoʻl transportida yuruvchi yoʻlovchilar qoʻl yuki, yuki, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona nazorati va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (619-6-son)
02.05.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 619-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi Raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-mart,
01-02/12-11-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-mart,
13-son
Transport vaziri E. GANIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-mart,
8-son
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-mart,
120-V-6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Transport vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 20-martdagi 01-02/12-11, 13, 8, 120-V-6-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 15-yanvarda, Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-yanvarda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK tomonidan 1999-yil 13-yanvarda va Markaziy bank tomonidan 1999-yil 22-yanvarda tasdiqlangan Temir yoʻl transportida yuruvchi yoʻlovchilar qoʻl yuki, yuki, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona nazorati va rasmiylashtirish tartibi (roʻyxat raqami 619, 1999-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 3-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK, Moliya vazirligi va Markaziy bankning 2005-yil 7-iyuldagi 01-02/12-17, 42, 64, 120-V-1-son “Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 619-1, 2005-yil 15-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 216-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 18-fevraldagi 01-02/12-3, 95-yur, 25, 120-V-2-son “Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 619-2, 2009-yil 25-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 102-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2013-yil 12-sentabrdagi 01-02/12-17, N-7/250-13, 85, 14/9-son “Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 619-3, 2013-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 530-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2014-yil 10-noyabrdagi 01-02/12-23, 390-N, 72, 619-V-4-son “Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 619-4, 2014-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 47-son, 561-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Moliya vazirligi va Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 28-sentabrdagi 01-02/12-35, 405-N, 71, 120-V-5-son “Temir yoʻl transporti yoʻlovchilarining qoʻl yukini, bagajini, valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan oʻtkazish va rasmiylashtirish tartibiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 619-5, 2016-yil 17-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 42-son, 492-modda).
