“93-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (470-II-son) · Sana: 24.04.2003 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti:
1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
2) Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi;
3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi;
4) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;
5) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalar yuzasidan maʼruzalar taqdim etadi;
8) ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini taʼminlaydi; vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi;
9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
10) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi;
11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlaydi;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xoʻjalik sudi raisi va sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
