Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda bozor islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (263-son)
29.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va global inqirozning salbiy taʼsirini yumshatish, makroiqtisodiy barqarorlikni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarining ijrosini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda bozor islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-noyabrdagi PQ-4521-son qarori ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — XTTB) vakillari oʻrtasida 2020-yilning 15-aprelida loyiha doirasida qoʻshimcha 200,0 mln AQSh dollari miqdorida, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, soʻndirish muddati 30 yil boʻlgan qoʻshimcha qarzni Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazilganligi va qarz bitimi muzokaralari bayoni imzolanganligi;
loyiha doirasida XTTB tomonidan ajratiladigan qoʻshimcha qarz koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va global inqirozning salbiy taʼsirini yumshatish choralarini koʻrish uchun hamda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga loyiha doirasida Jahon banki Direktorlar Kengashi tomonidan loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish boʻyicha rozilik berilgandan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi va XTTB oʻrtasidagi loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish yuzasidan qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
3. Jahon banki ishtirokida “Oʻzbekistonda bozor islohotlarini qoʻllab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qoʻshimcha qarzni soʻndirish hamda qarz boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini umumiy muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB tomonidan ajratilayotgan qoʻshimcha qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki loyihani amalga oshirish agentlari hisoblanadi;
XTTB tomonidan ajratiladigan qoʻshimcha qarzni soʻndirish, shuningdek qarz boʻyicha hisoblangan foizlar, vositachilik haqi va boshqa xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-aprel,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-apreldagi 263-son qaroriga ILOVA
Jahon banki nshtirokida “Oʻzbekistonda bozor islohotlarini qoʻllab-kuvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan ajratiladigan qoʻshimcha qarzni soʻndirish hamda qarz boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz summasi 200 mln AQSh dollari Qarz muddati 30 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi 6 oylik LIBOR + 0,88 foiz (oʻzgaruvchan spred)* Majburiyatlar uchun vositachilik haqi 0,25 foiz Boshlangʻich bir martalik toʻlov 0,25 foiz Doll.
Toʻlov davri Qarz summasi Toʻlov summasi Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa asosiy qarz foizlar* bir martalik toʻlov** majburiyatlar uchun vositachilik haqi 30.04.2020 500 000 10.05.2020 200 000 000 15.06.2020 200 000 000 720 500 500 000 13 854 1 234 354 15.12.2020 200 000 000 3 660 000 3 660 000 15.06.2021 200 000 000 3 640 000 3 640 000 15.12.2021 200 000 000 3 660 000 3 660 000 15.06.2022 200 000 000 3 640 000 3 640 000 15.12.2022 200 000 000 3 660 000 3 660 000 15.06.2023 200 000 000 3 640 000 3 640 000 15.12.2023 200 000 000 3 660 000 3 660 000 15.06.2024 200 000 000 3 660 000 3 660 000 15.12.2024 200 000 000 3 660 000 3 660 000 15.06.2025 196 000 000 4 000 000 3 640 000 7 640 000 15.12.2025 192 000 000 4 000 000 3 586 800 7 586 800 15.06.2026 188 000 000 4 000 000 3 494 400 7 494 400 15.12.2026 184 000 000 4 000 000 3 440 400 7 440 400 15.06.2027 180 000 000 4 000 000 3 348 800 7 348 800 15.12.2027 176 000 000 4 000 000 3 294 000 7 294 000 15.06.2028 172 000 000 4 000 000 3 220 800 7 220 800 15.12.2028 168 000 000 4 000 000 3 147 600 7 147 600 15.06.2029 164 000 000 4 000 000 3 057 600 7 057 600 15.12.2029 160 000 000 4 000 000 3 001 200 7 001 200 15.06.2030 156 000 000 4 000 000 2 912 000 6 912 000 15.12.2030 152 000 000 4 000 000 2 854 800 6 854 800 15.06.2031 148 000 000 4 000 000 2 766 400 6 766 400 15.12.2031 144 000 000 4 000 000 2 708 400 6 708 400 15.06.2032 140 000 000 4 000 000 2 635 200 6 635 200 15.12.2032 136 000 000 4 000 000 2 562 000 6 562 000 15.06.2033 132 000 000 4 000 000 2 475 200 6 475 200 15.12.2033 128 000 000 4 000 000 2 415 600 6 415 600 15.06.2034 124 000 000 4 000 000 2 329 600 6 329 600 15.12.2034 120 000 000 4 000 000 2 269 200 6 269 200 15.06.2035 116 000 000 4 000 000 2 184 000 6 184 000 15.12.2035 112 000 000 4 000 000 2 122 800 6 122 800 15.06.2036 108 000 000 4 000 000 2 049 600 6 049 600 15.12.2036 104 000 000 4 000 000 1 976 400 5 976 400 15.06.2037 100 000 000 4 000 000 1 892 800 5 892 800 15.12.2037 96 000 000 4 000 000 1 830 000 5 830 000 15.06.2038 92 000 000 4 000 000 1 747 200 5 747 200 15.12.2038 88 000 000 4 000 000 1 683 600 5 683 600 15.06.2039 84 000 000 4 000 000 1 601 600 5 601 600 15.12.2039 80 000 000 4 000 000 1 537 200 5 537 200 15.06.2040 76 000 000 4 000 000 1 464 000 5 464 000 15.12.2040 72 000 000 4 000 000 1 390 800 5 390 800 15.06.2041 68 000 000 4 000 000 1 310 400 5 310 400 15.12.2041 64 000 000 4 000 000 1 244 400 5 244 400 15.06.2042 60 000 000 4 000 000 1 164 800 5 164 800 15.12.2042 56 000 000 4 000 000 1 098 000 5 098 000 15.06.2043 52 000 000 4 000 000 1 019 200 5 019 200 15.12.2043 48 000 000 4 000 000 951 600 4 951 600 15.06.2044 44 000 000 4 000 000 878 400 4 878 400 15.12.2044 40 000 000 4 000 000 805 200 4 805 200 15.06.2045 36 000 000 4 000 000 728 000 4 728 000 15.12.2045 32 000 000 4 000 000 658 800 4 658 800 15.06.2046 28 000 000 4 000 000 582 400 4 582 400 15.12.2046 24 000 000 4 000 000 512 400 4 512 400 15.06.2047 20 000 000 4 000 000 436 800 4 436 800 15.12.2047 16 000 000 4 000 000 366 000 4 366 000 15.06.2048 12 000 000 4 000 000 292 800 4 292 800 15.12.2048 8 000 000 4 000 000 219 600 4 219 600 15.06.2049 4 000 000 4 000 000 145 600 4 145 600 15.12.2049 0 4 000 000 73 200 4 073 200 Jami 200 000 000 126 728 100 500 000 13 854 327 241 954
* Foizlarni hisoblab chiqishda LIBORning oʻrtacha qiymati Bloomberg maʼlumotlariga asoslangan boʻlib, kelgusi 30 yilda LIBOR eng yuqori koʻrsatkichi 2035-yilda 2,3 foizni, oxirgi bir yil oraligʻida esa 2,8 foizni tashkil etganligini hisobga olib, LIBOR stavkasi 2,8 foizda olindi. Oʻzgaruvchan spred 0,88 foiz bilan, mazkur qarzning foizlar boʻyicha yillik foiz stavkasi 3,6 foizga teng deb hisoblandi.
** Bir martalik toʻlov qarz summasi hisobidan toʻlanadi.
