15-modda
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 15.04.2019 · Amalda
1. Mazkur Bitim nomuayyai muddatga tuziladi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida soʻngi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab oʻttiz (30) kun oʻtgach, kuchga kiradi.
2. Tomonlardan har biri mazkur Bitimning amal qilishini diplomatik kanallar orqali boshqa Tomonga uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborish orqali tugatishga haqli. Bu holda, mazkur Bitimning amal qilishi bunday xabarnoma olingan sanadan boshlab toʻqson (90) kalendar kun oʻtgach, tugatiladi.
Toshkent shahrida 2019-yil 15-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
