Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (3179-1-son)
29.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3179-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2019-yil 23-avgustdagi 217-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3179, 2019-yil 30-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/3179/3675-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-aprel,
220-son
