Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PF-5986-son)
27.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5978-son farmonlariga muvofiq, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va preferensiyalar berildi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlariga ish haqi, shuningdek, pensiya, stipendiya va nafaqalarning uzluksiz toʻlab berilishi taʼminlandi.
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida asosiy daromad manbalarini yoʻqotgan shaxslarni, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj katlamlarini va tadbirkorlik subyektlarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida:
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil 1-maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan tashqari) pensiyalar toʻlovi toʻgʻridan-toʻgʻri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-aprel,
PF-5986-son
