Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-apreldagi 220-F-son farmoyishi (220-F-son)
25.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
farmoyishi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-avgustdagi 717-f-son farmoyishiga muvofiq hamda M 39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining rekonstruksiya qilingan 1330 — 1395 km, 1400 — 1410 km va 1426 — 1451 km qismlarida obyekt qurilishi yakunlanganligi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-avgustdagi 717-f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Davlat qabul qilish komissiyasining M 39 “Toshkent — Termiz” avtomobil yoʻlining rekonstruksiya qilingan 1330 — 1395 km, 1400 — 1410 km va 1426 — 1451 km qismlarida qurilishi yakunlangan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi quyidagi koʻrsatkichlar bilan birga tasdiqlansin:
2. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-aprel,
220-F-son
