2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarini maqbullashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (232-son)
16.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining barqarorligini taʼminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 15-apreldagi PQ-4679-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq toʻlashning 1 — 3 razryadlari qoʻllaniladigan xodimlardan tashqari) ishlaydigan xodimlarga 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktabriga qadar moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishini toʻxtatib turish;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetida hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilgan xarajatlarni 1 va 1-a ilovalarga muvofiq maqbullashtirish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari xarajatlarini 2-ilovaga muvofiq maqbullashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining 2020-yil II choragi uchun rejalashtirilgan xarajatlarni 3-ilovaga muvofiq 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga 2-ilovaga muvofiq iqtisod qilingan mablagʻlarni mahalliy budjetlarning daromadlar prognozining bajarilmagan qismini koplashga yoʻnaltirish tavsiya qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tegishli vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda barcha budjet tashkilotlarida (tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy muassasalari hamda mehribonlik uylaridan tashqari):
asosiy vositalarni xarid qilish va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarni joriy yilning 1-iyuliga qadar toʻxtatish (moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno) va ushbu maqsadlar uchun II chorakda rejalashtirilgan mablagʻlarni qisqartirish yoki 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkazish;
kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, qogʻoz va boshqa kanselyariya tovarlari xarid qilish, tadbirlar oʻtkazish, joriy taʼmirlash va boshqa xarajatlarni qisqartirish;
Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish hajmini joriy yilning II choragida 3,0 trln soʻmdan oshirmaslik boʻyicha amaliy choralarni koʻrsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqkiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tegishli vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda maqbullashtirilgan mablagʻlar hisobiga 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidan chiqariladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirib, uch kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda ularning soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan jamlanadigan budjetdan tashqari jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — jamgʻarmalar) hisobida joriy yil 16-aprel holatiga mavjud qoldiq mablagʻlari, shu jumladan, tijorat banklaridagi depozit hisob-raqamidagi milliy va xorijiy valyutadagi qoldiq mablagʻlarining 50 foizini Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga oʻtkazsin hamda ijrosi yuzasidan 2020-yilning 5-mayiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J. Qoʻchqorovga 2020-yilning 1-mayidan boshlab jamgʻarmalarga soliqlar, majburiy yigʻimlar, bojlar va jarimalar hisobidan tushadigan tushumdan (xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish xarajatlarini chegirgan holda) respublika budjetiga 50 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratma belgilash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining — yirik korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibini qayta koʻrib chiqsin va ularning tarkibiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi vakillarini kiritish choralarini koʻrsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-aprel,
232-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan maqbullashtiriladigan xarajatlar
mlrd.soʻm
T/r Yoʻnalishlar summa Jami maqbullashtiriladigan mablagʻlar 2 970,1 1. Budjet tashkilotlarida (tibbiyot, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, mehribonlik uylaridan hamda mehnatga haq toʻlashning 1 — 3 razryadlari qoʻllaniladigan xodimlardan tashqari) aprel — sentyabr oylari uchun moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shu jumladan direktor jamgʻarmasi boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlarni maqbullashtirish 1 450,8 2. Budjet tashkilotlarida (sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari) asosiy vositalar sotib olish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni maqbullashtirish 243,2 3. Karantin davridagi (mart-aprel oylari) budjet tashkilotlarining IV guruh xarajatlarini (kommunal toʻlovlar, koʻmir sotib olish va markazlashgan xarajatlaridan tashqari), jumladan, oziq-ovqat xarajatlaridan iqtisod qilish 19,0 4. Madaniyat va sport muassasalarini tadbirlar va xizmat safarlari uchun koʻzda tutilgan xarajatlarni qisqartirish 116,4 5. Davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga subsidiya uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan (karantin davrida faoliyat yuritmayotganligi sababli) 100,0 6. Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi uchun ajratilgan mablagʻlar 66,7 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijga tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 30,0 8. 6 yoshli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlashni kelgusi yilga oʻtkazish hisobiga 80,0 9. Daftar va yozma ishlarni tekshirish hamda informatika xonasi mudirligi uchun qoʻshimcha toʻlovlarni yozgi oʻquv taʼtili (mehnat taʼtilidan tashqari boʻlgan) davrida bir oy davomida amalga oshirmaslik. 33,0 10. Kasb-hunar maktablarida taʼlim oladigan oʻquvchilarga Davlat budjeti hisobidan oylik stipendiya (223 ming soʻmdan) hamda uch mahal ovqat bilan taʼminlash tartibini 2021/2022 oʻquv yilidan joriy etish. 347,3 11. Geologiya qidiruv ishlaridan iqtisod qilingan mablagʻlar 483,7
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga 1a-ILOVA
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish Dasturi doirasida budjet tizimi budjetlari hisobidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining limitlaridan maqbullashtiriladigan mablagʻlar
mlrd.soʻm
T/r Yoʻnalishlar nomi Summa Jami maqbullashtiriladigan mablagʻ 2 185,0 1. Maʼmuriy, suv xoʻjaligi, shuningdek, alohida muhim va toifalangan obyektlar 864,9 shu jumladan: Qoraqalpogʻiston Respublikasi 11,4 Andijon viloyati 7,1 Buxoro viloyati 3,6 Jizzax viloyati 16,9 Qashqadaryo viloyati 3,0 Samarqand viloyati 12,6 Surxondaryo viloyati 9,0 Sirdaryo viloyati 7,1 Toshkent viloyati 47,8 Xorazm viloyati 12,0 Toshkent shahar 17,5 Badiiy akademiyasi 15,3 Madaniyat vazirligi 59,0 Innovatsion rivojlanish vazirligi 5,0 Moliya vazirligi 21,6 Suv xoʻjaligi vazirligi (“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida) 50,0 Ichki ishlar vazirligi 15,0 Milliy gvardiya (obyektlar qurilishi va rekonstruksiyasi) 30,0 Favqulotda vaziyatlar vazirligi 10,0 Yopiq qismi 95,9 “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga qoʻshimcha koʻzda tutilgan 400,0 Kelgusi davr uchun loyihalash ishlari boʻyicha zaxira 15,0 2. Oliy taʼlim muassasalari 294,8 3. Umumtaʼlim maktablari 240,3 shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 204,0 4. Maktabgacha taʼlim muassasalari 162,1 shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 162,1 5. Sogʻliqni saqlash muassasalari 74,8 shundan, “Obod qiishoq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 74,8 6. Olimpiya zaxiralari maxsus maktab internatlari 38,6 7. Jismoniy tarbiya va sport obyektlari 147,7 8. Avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlar 170,0 shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 100,0 9. Musiqa va sanʼat maktablari 40,0 10. Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlari obyektlari 151,8 shundan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 151,8
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan maqbullashtiriladigan xarajatlar
mlrd.soʻm
T/r Hududlar nomi Maqbullash- tirishga taklif shu jumladan, Budjet tashkilotlarida (sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari) aprel — sentyabr oylari uchun moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasi, shu jumladan direktor jamgʻarmasi boʻyicha koʻzda tutilgan mablagʻlarni maqbullashtirish Budjet tashkilotlarida (sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari) asosiy vositalar sotib olish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlarni maqbullashtirish hisobiga Karantin davrida budjet tashkilotlarining IV guruh xarajatlarini (kommunal toʻlovlar, koʻmir sotib olish va markazlashgan xarajatlaridan tashqari) jumladan, oziq ovqat xarajatlaridan iqtisod qilish hisobiga 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 85,6 34,9 16,7 34,1 2. Andijon viloyati 80,8 39,5 16,6 24,7 3. Buxoro viloyati 66,7 30,5 14,2 22,0 4. Jizzax viloyati 44,4 21,1 8,6 14,7 5. Qashqadaryo viloyati 92,6 35,4 24,8 32,4 6. Navoiy viloyati 39,8 21,5 8,4 9,9 7. Namangan viloyati 72,9 34,9 14,8 23,2 8. Samarqand viloyati 70,2 20,6 15,4 34,2 9. Surxondaryo viloyati 64,6 30,1 14,2 20,2 10. Sirdaryo viloyati 33,0 17,5 6,6 8,9 11. Toshkent viloyati 80,5 39,5 17,2 23,8 12. Fargʻona viloyati 102,4 46,5 20,8 35,1 13. Xorazm viloyati 59,9 25,7 10,6 23,6 14. Toshkent shahar 87,4 43,1 18,8 25,5 Jami 980,6 440,8 207,6 332,3
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining 2020-yil II choragi uchun rejalashtirilgan xarajatlardan 2020-yilning ikkinchi yarim yilligiga oʻtkaziladigan xarajatlar
mlrd.soʻm
T/r Yoʻnalishlar Jami shu jumladan, aprel may iyun Jami 3 179,2 1 017,1 949,8 1 212,3 1. Taʼlim xarajatlari 451,9 148,4 153,5 150,0 2. Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari 97,4 38,3 35,0 24,1 3. Qishloq va suv xoʻjaligi sohalari xarajatlari 134,6 70,8 29,3 34,5 4. Hududlarni obodonlashtirish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish xarajatlari 194,1 109,7 31,9 52,5 5. Obyektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun kapital qoʻyilmalar 1 481,3 400,0 400,0 681,3 6. Boshqa xarajatlar 820,0 250,0 300,0 270,0
