Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2282-8-son)
20.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2282-8]]
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2011-yil 14-oktabrdagi 63-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2282, 2011-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 483-modda) bilan tasdiqlangan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-mart,
12-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 20-martdagi 12-son buyrugʻiga ILOVA
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 11-bandning birinchi xatboshisidagi “yagona ijtimoiy toʻlov” degan soʻzlar “ijtimoiy soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 38-band “ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganda” degan soʻzlardan keyin “(bundan manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan shaxslar mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 48-bandning birinchi xatboshisi “pensioner (nafaqa oluvchi)ning yangi yashash manzili” degan soʻzlardan keyin “yoki manzil-koloniyasi joylashgan manzil” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 53-band “pensiya ulushi oluvchining yangi yashash manzili” degan soʻzlardan keyin “yoki pensiya ulushini oluvchi ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan manzil-koloniya joylashgan erdagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5. 2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. 11-ilovaning “Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlash yigʻmajildida” boʻlimidan 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
7. 12-ilovaning “Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasini tayinlash yigʻmajildida” boʻlimidan 5-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2020-y., 10/20/2282-8/0478-son)
