Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (220-son)
14.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qarshi shahrining aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarining kanalizatsiya xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, shaharning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — YETTB) bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida 2019-yil 20-noyabrda “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan 15 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 60,0 mln AQSH dollari miqdorida qarz berish toʻgʻrisida qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 76,04 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
YETTB qarzi — 60,0 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining hissasi — 16,04 mln AQSH dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 11,7 mln AQSH dollarini va YETTB qarzi boʻyicha investitsiya davrida foizlar va majburiyat uchun vositachilik haqi koʻrinishida 4,34 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
v) loyihani amalga oshirish davri 8 yilni (2019 — 2027-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni oʻtkazish, YETTBning qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
qarz umumiy summasining 1,0 foizi miqdorida YETTB qarzining biryoʻla vositachilik haqini toʻlash YETTBning qarzlari hisobiga amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq;
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining prognozi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga YETTB qarzini Oʻzbekiston Respublikasi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ) “Qashqadaryo suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati (keyingi oʻrinlarda — “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ) oʻrtasida qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni (keyingi oʻrinlarda — qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim) imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va YETTB oʻrtasidagi qarz bitimi hamda qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisi zimmasiga qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiq YETTB qarzini qaytarish va u boʻyicha foizlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar “Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ tomonidan oʻz vaqtida jamlanib borilishini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
7. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
kanalizatsiya tarmoqlari va inshootlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, zaruratga koʻra yer uchastkalari ajratilishi natijasida kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishini;
2020-yildan boshlab Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti parametrlarida YETTB qarzi boʻyicha foizlarni va asosiy qarzni qaytarishga “Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJning ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlariga qoʻshimcha ravishda mablagʻlarni nazarda tutsin.
8. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhiga loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalari yuklansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda har bir yil uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2020 — 2022-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturlarini shakllantirishda ushbu loyiha doirasida ajratiladigan mablagʻlarni inobatga olsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M.X. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-aprel,
220-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 220-son qaroriga 1-ILOVA
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashning
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI
T/r Komponent nomi Oʻlchov birligi Hammasi* Moliyalashtirish manbasi, shu jumladan: YETTBning qarzi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. ekv. 76 038,14 60 000,00 16 038,14 2. Kapital qoʻyilmalar summasi, hammasi ming AQSH doll. ekv. 64 338,14 60 000,00 4 338,14 shu jumladan: 2.1. Tovar va xizmatlar ming AQSH doll. ekv. 55 000,00 55 000,00 shundan: Tashkilot faoliyatining samaradorligini oshirish xarajatlari ming AQSH doll. ekv. 1 800,00 1 800,00 Qurilish-taʼmirlash ishlari ming AQSH doll. ekv. 53 200,00 53 200,00 2.2. Maslahat xizmatlari ming AQSH doll. ekv. 3 500,00 3 500,00 shundan: Loyihalashtirish, loyihani boshqarish va qurilish ishlari nazorati boʻyicha maslahatchining xizmatlari ming AQSH doll. ekv. 3 300,00 3 300,00 Loyihani muvofiqlashtirish guruhi xarajatlari ming AQSH doll. ekv. 200,00 200,00 2.3. Loyiha boʻyicha koʻzda tutilmagan xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 900,00 900,00 2.4. Investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 4 938,14 600,00 4 338,14 3. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSH doll. ekv. 11 700,00 11 700,00
* Loyihaning yakuniy qiymat koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganidan keyin hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha tender savdolari natijalariga koʻra belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 220-son qaroriga 2-ILOVA
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi boʻyicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzini qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 60,0 mln AQSH doll. Qarz muddati — 15 yil* Imtiyozli davr — 4 yil Foiz stavkasi** — Oʻzgaruvchanfoiz stavkasi (LIBOR USD 6 t + 1 %) Majburiyat uchun vositachilik haqi — 0,50%
ming AQSH doll. Yillar Toʻlanadigan foizlar Majburiyat uchun vositachilik haqi Asosiy qarzni qaytarish Jami qaytariladigan mablagʻ 15.04.2020 12,2 147,2 159,4 15.10.2020 42,1 143,5 185,6 15.04.2021 71,6 115,2 186,8 15.10.2021 293,2 88,2 381,4 15.04.2022 511,5 65,1 576,6 15.10.2022 696,7 42,6 739,3 15.04.2023 874,2 14,8 2 727,3 3 616,3 15.10.2023 1 220,0 0,0 2 727,3 3 947,3 15.04.2024 1 109,1 2 727,3 3 836,4 15.10.2024 1 053,6 2 727,3 3 780,9 15.04.2025 992,7 2 727,3 3 720,0 15.10.2025 942,7 2 727,3 3 670,0 15.04.2026 882,4 2 727,3 3 609,7 15.10.2026 831,8 2 727,3 3 559,1 15.04.2027 772,1 2 727,3 3 499,4 15.10.2027 720,9 2 727,3 3 448,2 15.04.2028 665,5 2 727,3 3 392,7 15.10.2028 610,0 2 727,3 3 337,3 15.04.2029 551,5 2 727,3 3 278,8 15.10.2029 499,1 2 727,3 3 226,4 15.04.2030 441,2 2 727,3 3 168,5 15.10.2030 388,2 2 727,3 3 115,5 15.04.2031 330,9 2 727,3 3 058,2 15.10.2031 277,3 2 727,3 3 004,5 15.04.2032 221,8 2 727,3 2 949,1 15.10.2032 166,4 2 727,3 2 893,6 15.04.2033 110,3 2 727,3 2 837,6 15.10.2033 55,5 2 727,3 2 782,7 Jami: 15 344,5 616,7 60 000,0 75 961,2
* Qarz berilishi muddati moliyaviy bitim imzolanishi sanasiga bogʻliq.
** Hisob-kitoblarni tayyorlash paytida AQSH dollari uchun L1BOR stavkasi 2,63% boʻlganligi inobatga olinib hisoblangan foiz stavkasi boʻlishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlar hisobga olingan holda, yiliga 4,0 foiz deb qabul qilingan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 220-son qaroriga 3-ILOVA
“Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki qarzlariga xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash boʻyicha ulushlar taqsimotining
PROGNOZI
Yillar “Oʻzsuvtaʼminot” AJning “Qashqadaryo suv taʼminoti” MCHJ ulushi Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining ulushi 2020 0,0% 100,0% 2021 0,0% 100,0% 2022 0,0% 100,0% 2023 0,0% 100,0% 2024 24,4% 75,6% 2025 27,3% 72,7% 2026 30,0% 70,0% 2027 29,2% 70,8% 2028 33,8% 66,2% 2029 38,5% 61,5% 2030 46,0% 54,0% 2031 51,8% 48,2% 2032 55,1% 44,9% 2033 56,0% 44,0% Jami: 35,2 64,8
