Oʻzbekiston Respubliklikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasini tashkil etish toʻgʻrisida (339-son)
22.07.1992
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida diplomatiya munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Moskva shahridagi tugatilayotgan Oʻzbekiston doimiy vakolatxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi ochilsin. Elchixona Oʻzbekiston doimiy vakolatxonasining huquqiy vorisi hisoblansin.
6. Maqomi, maishiy taʼminot, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Elchi Oʻzbekiston Respublikasining vaziriga, maslahatchi-elchi vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 22-iyul,
339-son
