Sement ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish toʻgʻrisida (223-son)
14.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ekologik nazoratni amalga oshirishga avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish, atrof tabiiy muhit davlat monitoringini olib borishda tahliliy laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olishda sement ishlab chiqarish tashkilotlarining masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki:
2022-yil 1-yanvardan boshlab respublikada faoliyat yurituvchi barcha sement ishlab chiqarish tashkilotlarining atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish boʻyicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari (postlar) majburiy tartibda ushbu tashkilotlar mablagʻlari hisobiga oʻrnatiladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno;
statsionar kuzatish punktlari (postlar) atmosfera havosining ifloslanish darajasi monitoringini olib borish uchun masofadan uzatish qurilmalari bilan jihozlanadi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda sement ishlab chiqarish tashkilotlari Ifloslanish manbalari monitoringi olib boriladigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatiga kiritilishini taʼminlasin va ularda atrof tabiiy muhit monitoringi amalga oshirilishini yoʻlga qoʻysin.
3. 2020 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimidagi tahliliy laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinda — koʻrsatkichlar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi koʻrsatkichlar bajarilishi doirasida:
tizimidagi tahliliy laboratoriyalarni moddiy-texnik vositalar bilan markazlashtirilgan holda taʼminlasin;
Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarining tegishli grantlarini jalb qilsin;
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 — 2023-yillarda Davlat budjetidan tegishli mablagʻlar ajratilishi choralarini koʻrsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi Sh.Sh. Abdurazakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 14-aprel,
223-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 223-son qaroriga ILOVA
2020 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tizimidagi tahliliy laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish koʻrsatkichlari
T/r Moddiy-texnik vositalar Xarid qilish rejalashtirilgan davr 2020-yilda 2021-yilda 2022-yilda 2023-yilda dona mln soʻm shundan: dona mln soʻm shundan: dona mln soʻm shundan: dona mln soʻm shundan: jami, mln sum grantlar jamgʻarma mablagʻlari davlat budjeti grantlar jamgʻarma mablagʻlari davlat budjeti grantlar jamgʻarma mablagʻlari davlat budjeti grantlar jamgʻarma mablagʻlari 1. Asbob-uskunalar va jihozlar 184 5341,8 645,9 4695,9 63 21706,0 17570,5 3247,4 888,1 108 9608,5 4197,4 4334,6 1076,6 254 9580,5 5985,3 2152,6 1442,6 46235,8 2. Mobil ekologik laboratoriyalar 2 3840,0 3840,0 - - - - - -* 7 13440,0 13440,0 - - 6 11520,0 11520,0 - - 28800,0 3. Mobil radiostansiyalar - - - - - -* - - - 2 2,8 1,4 1,4 - 13 18,2 16,8 - 1,4 21,0 4. Laboratoriya uchun mebel jihozlari 17 1305,6 76,8 1228,8 17 1305,6 0,0 230,4 1075,2 8 614,4 - - 614,4 - - - - 3225,6 5. Laboratoriya idishlari va kimyoviy reaktivlar - 30,3 - 30,3 - - - - - - 90,9 - - 90,9 - 333,3 - - 333,3 454,5 6. Yakka tartibda himoyalanish vositalari 3 45,5 - 45,5 - - - - - 5 76,0 76,0 - - 14 212,7 212,7 - - 334,1 Jami: 10563,2 4562,7 6000,5 80 23011,6 17570,5 3477,8 1963,3 133 23832,6 17714,7 4336,0 1781,9 298 21663,7 17734,7 2152,6 1777,3 79072,1 Shundan: budjet mablagʻlari 53020,0 grantlar 14529,1 Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bogʻlik ishlarni amalga oshirish jamgʻarmasi mablagʻlari 11523,0
* Izoh. Moddiy-texnik vositalarning nomlanishi, roʻyxati hamda yakuniy summasi tender savdolari natijalariga koʻra aniqlashtiriladi.
