Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 25-oktabrdagi 234-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (206-son)
09.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomalasini davlat tomonidan nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, pirotexnika buyumlarini qoʻllagan holda madaniy-tomosha va boshqa koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish davomida fuqarolar sogʻligʻi va jamoat xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-aprel,
206-son
