21-modda. Metrologiya tekshiruvi
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-614-son) · Sana: 07.04.2020 · Amalda
Metrologiya tekshiruvi va davlat metrologiya nazorati obyektlarining metrologik, texnik tavsiflarini aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi.
Metrologiya tekshiruvi:
oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan oʻtkazish;
oʻlchash vositalarini va oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish;
oʻlchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash;
sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish tarzida amalga oshiriladi.
