Xitoy Eksport-import banki ishtirokida “Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa operatorining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (196-son)
03.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa operatoriga yuklangan kompaniyani 2019 — 2021-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi vazifalarini Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki kreditini jalb qilgan holda amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni, shuningdek, imzolangan ikki tomonlama shartnomalar va kelishuvlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik boʻyicha hukumatlararo qoʻmitaning beshinchi majlisi yakunlariga koʻra erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-sentabrdagi 805-son qaroriga asosan “Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa operatorining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish belgilanganligi;
“Universal Mobile Systems” MChJ (keyingi oʻrinlarda — operator) hamda “Huawei Technologies Co. Ltd.” kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi hududini Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar toʻliq qoplashni taʼminlash maqsadida operatorning texnologik asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki (keyingi oʻrinlarda — XXR Eksimbanki) ishtirokida “Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa operatorining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-maydagi PQ-4321-son qaroriga muvofiq loyihani amalga oshirishda operatorga “Huawei Technologies Co. Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda texnologik asbob-uskunalarni sotib olish uchun shartnomalarni bosqichma-bosqich tuzishga ruxsat berilsin.
4. Loyiha doirasida tuziladigan import shartnomalarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 15 yil muddatga beriladigan, shu jumladan, 5 yil imtiyozli davrni, yillik 3,5 foiz stavka bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning yillik 0,5 foiz miqdoridagi marjasini oʻz ichiga olgan XXR Eksimbankining 127,5 million AQSh dollari miqdoridagi krediti — shartnomalar qiymatining 85 foizi uchun;
operatorning oʻz mablagʻlari — shartnomalar qiymatining 15 foizi uchun.
5. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJga ikki oy muddatda XXR Eksimbanki bilan loyiha boʻyicha qarz kelishuvi imzolanishini taʼminlash tavsiya etilsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
operator — qarz oluvchi, kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan ijrochi organ hisoblanadi;
XXR Eksimbankidan olingan kreditni, foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni, vositachilik haqini toʻlash va ular bilan bogʻliq boshqa xarajatlar operatorning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
7. Quyidagilar:
“Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa operatorining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga;
“Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa operatorining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish” investitsiya loyihasi boʻyicha qarzni qaytarish va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning XXR Eksimbanki oldidagi jalb qilingan kredit boʻyicha majburiyatlari, shuningdek, operatorning “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ oldidagi majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda davlat kafolatlarini berish vakolati berilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kredit shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan shakl boʻyicha xorijiy bankka beriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yil yakuniga qadar mobil aloqa operatorlari tarmogʻini modernizatsiya qilish hamda kengaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilmaydigan telekommunikatsiya qurilmalarini olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod etish yuzasidan taklif kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Oʻ. Umurzakov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-aprel,
196-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 196-son qaroriga 1-ILOVA
“Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa operatorining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami Jumladan: XXR Eksimbanki krediti Oʻz mablagʻlari Budjet mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. (ekv) 238 572,28 127500,00 111 072,28 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati ming AQSh doll. (ekv) 238 572,28 127500,00 73759,09 37313,19 shu jumladan: 2.1 mashina va uskunalar ming AQSh doll. 148985,86 127 500,00 21 485,86 2.2 qurilish-montaj ishlari ming AQSh doll. (ekv) 40 354,16 - 40 354,16 2.3 investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar ming AQSh doll. (ekv) 10 688,39 - 10 688,39 2.4 boshqa xarajatlar ming AQSh doll. (ekv) 1 230,68 - 1 230,68 2.5 Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlari shaklidagi ulushi ming AQSh doll. (ekv) 37313,19 37313,19 3. Yaratiladigan ish oʻrinlari soni joy-oʻrin 2096 shundan, yangi ish oʻrinlari soni joy-oʻrin 586 4. Loyihaning moʻljallanayotgan oʻzini qoplash muddati oy 98 5. Investitsiya davri oy 45 6. Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati ming AQSh doll. 238 572,28 7. Kredit va boshqa qarzlarni soʻndirish muddati yil 15 shundan imtiyozli muddat yil 5
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 196-son qaroriga 2-ILOVA
“Universal Mobile Systems” MChJ mobil aloqa operatorining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish va aloqa tizimlarini kengaytirish” investitsiya loyihasi boʻyicha qarzni qaytarish va vositachilik haqini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI*
Qarz summasi — 127 500 ming AQSh doll. Qarzni qaytarish muddati — 15 yil Imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkasi — 3,5% (yillik) ming AQSh doll. Toʻlov sanasi Oʻzlashtirish Asosiy qarzni qaytarish Umumiy qarz Qarz foizi (Eksimbank) Qarz foizi (Milliy bank AJ) Bank xizmat xarajat xaqi Qarzning oʻzlashtirilmagan qismi 15.07.2020 16 998,47 16 998,47 0,00 0,00 110 501,53 15.01.2021 16 998,47 0,00 33 996,94 255,68 42,61 138,51 93 503,06 15.07.2021 19 862,90 0,00 53 859,84 508,56 84,76 116,56 73 640,16 15.01.2022 19 862,90 0,00 73 722,73 810,11 135,02 92,30 53 777,27 15.07.2022 16 678,71 0,00 90 401,45 1 102,81 183,80 67,04 37 098,55 15.01.2023 16 678,71 0,00 107 080,16 1 359,74 226,62 46,50 20 419,84 15.07.2023 10 209,92 0,00 117 290,08 1 601,80 266,97 25,45 10 209,92 15.01.2024 10 209,92 0,00 127 500,00 1 764,17 294,03 12,80 0,00 15.07.2024 0,00 127 500,00 1 917,74 319,62 15.01.2025 0,00 127 500,00 1 917,74 319,62 15.07.2025 6 071,43 121 428,57 1 907,26 317,88 15.01.2026 6 071,43 115 357,14 1 826,42 304,40 15.07.2026 6 071,43 109 285,71 1 725,62 287,60 15.01.2027 6 071,43 103 214,29 1 643,78 273,96 15.07.2027 6 071,43 97 142,86 1 543,97 257,33 15.01.2028 6 071,43 91 071,43 1 461,14 243,52 15.07.2028 6 071,43 85 000,00 1 369,81 228,30 15.01.2029 6 071,43 78 928,57 1 278,49 213,08 15.07.2029 6 071,43 72 857,14 1 180,68 196,78 15.01.2030 6 071,43 66 785,71 1 095,85 182,64 15.07.2030 6 071,43 60 714,29 999,04 166,51 15.01.2031 6 071,43 54 642,86 913,21 152,20 15.07.2031 6 071,43 48 571,43 817,40 136,23 15.01.2032 6 071,43 42 500,00 730,57 121,76 15.07.2032 6 071,43 36 428,57 639,25 106,54 15.01.2033 6 071,43 30 357,14 547,93 91,32 15.07.2033 6 071,43 24 285,71 454,11 75,68 15.01.2034 6 071,43 18 214,29 365,28 60,88 15.07.2034 6 071,43 12 142,86 272,47 45,41 15.01.2035 6 071,43 6 071,43 182,64 30,44 15.07.2035 6 071,43 0,00 90,82 15,14 Jami 127 500,00 127 500,00 32 284,09 5 380,65 499,16
*Jadval taxminiy hisoblangan. Kredit mablagʻlarini xaqiqiy oʻzlashtirish sanalari va summalarini eʼtiborga olgan holda hisoblangan foizlar va komissiyalarga oʻzgarish kiritish lozim.
