Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-apreldagi 178-F-son farmoyishi (178-F-son)
02.04.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
farmoyishi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishi ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan ilovaga muvofiq avtotransport vositalarini xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, avtotransport vositalarini:
a) xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari;
b) saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ilovada keltirilgan avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan navbatsiz xarid qilish boʻyicha tegishli shartnomalar tuzilishini taʼminlasin.
4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-aprel,
178-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-apreldagi 178-F-son farmoyishiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xarid qilinadigan avtotransport vositalari
ROʻYXATI
T/r Hudud nomi Avtotransport vositalari soni shundan Damas (D2) Nexia (AV-GS16) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 9 7 2 2. Andijon viloyati 14 12 2 3. Buxoro viloyati 9 7 2 4. Jizzax viloyati 9 7 2 5. Qashqadaryo viloyati 10 8 2 6. Navoiy viloyati 8 6 2 7. Namangan viloyati 8 6 2 8. Samarqand viloyati 11 9 2 9. Surxondaryo viloyati 12 10 2 10. Sirdaryo viloyati 8 6 2 11. Toshkent viloyati 10 8 2 12. Fargʻona viloyati 8 6 2 13. Xorazm viloyati 7 5 2 14. Toshkent shahri 4 2 2 15. Markaziy apparat 3 1 2 Jami: 130 100 30
