Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-martdagi 174-F-son farmoyishi (174-F-son)
31.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
farmoyishi
Mahsulot taqsimotiga oid bitimlarni amalga oshirish doirasida xorijiy investorlar tomonidan yangi yaratilgan yoki olingan mol-mulklardan (keyingi oʻrinlarda mol-mulklar deb ataladi) samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bilan ““Lukoyl” neft kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekneftegaz” AJdan iborat tarkibda investorlar konsorsiumi oʻrtasida 2014-yil 16-iyundagi Qandim konlar guruhi uchastkasiga, Xauzak va Shodi uchastkalariga, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkasiga nisbatan hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (keyingi oʻrinlarda Bitimlar deb ataladi) doirasida mol-mulklarni ishlatishga ehtiyoj yoʻqligi sababli ular xorijiy investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga topshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xorijiy investorlar, Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Bitimlar doirasida ilovaga muvofiq davlat tashkilotlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga bepul berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
3. Bitimlar doirasida mol-mulklarni tomonlar oʻrtasida topshirish-qabul qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Energetika vazirligi, investorlar hamda davlat tashkilotlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari vakolatli vakillaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan amalga oshirilishi belgilab quyilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mazkur farmoyishiga ilovada nazarda tutilgan avtotransport vositalarini tomonlar oʻrtasida imzolangan topshirish-qabul qilish dalolatnomalari asosida qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-mart,
174-F-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-martdagi 174-F-son farmoyishiga ILOVA
Davlat tashkilotlari va mahalliy ijroiya hokimiyati organlariga bepul topshiriladigan mol-mulklar
ROʻYXATI
T/r Mol-mulklar nomi Oʻlchov birligi Soni 1. Buxoro viloyati hokimligiga munitsipal mulk sifatida topshirilayotgan mol-mulklar Avtotransport vositalari 1. Toyota Land Cruiser (2004y.) dona 2 2. Toyota Hilux (2006-y.) dona 1 Kompyuter texnikasi va jihozlar 3. Videoregistrator dona 1 4. Uzluksiz quvvat manbai dona 58 5. Uzluksiz quvvat manbai dona 1 6. Kommutator dona 1 7. Nusxa koʻchirish uskunasi dona 4 8. Noutbuk (portativ) kompyuteri dona 1 9. Koʻp funksiyali printer dona 1 10. Monitor dona 177 11. Noutbuk dona 49 12. Printer dona 33 13. Proyektor dona 5 14. Server dona 4 15. Zaxira xotiraga nusha koʻchirish tizimi dona 3 16. Tizimli kompyuter bloki dona 145 17. Skaner dona 2 18. Stereoekran dona 1 19. Fotoapparat dona 7 20. Xavfsizlik shlyuzi dona 2 21. Shreder dona 7 Aloqa jihozlari 22. Avtotransport radiostansiyasi dona 4 23. Tayanch radiostansiyasi dona 1 24. Kommunikator dona 1 25. “Catalyst” markali kommutatori dona 1 26. DECT standartli mobil aloqa vositalari dona 9 27. Koʻchma radiostansiya dona 3 28. Uyali aloqa telefoni dona 1 29. Telefon tizimi (mini stansiyasi) dona 2 30. Telefon apparati dona 1 31. Faks dona 4 Maishiy texnika va mebel 32. Avtomagnitola dona 2 33. Sunʼiy archa dona 1 34. Kombi pechi dona 1 35. Idishlarni yuvish konveyer mashinasi dona 1 36. Konditsioner dona 1 37. Ikki qavatli uxlash joyi (krovat) dona 2 38. Kitob muqovalagichi dona 1 39. Kir yuvish mashinasi dona 2 40. Laboratoriya stuli dona 1 41. Pul hisoblagichi dona 1 42. Televizor dona 1 43. Suv isitish va sovutish uskunasi (dispenser) dona 2 44. Muzlatgich dona 1 45. “Ariston” markali elektr isitgichi dona 2 46. Elektr plitka dona 1 Boshqa jihozlar 47. Idish dona 1 48. “ZOND-1” markali oʻlchov zondi dona 2 49. Isitgich (kalorifer) dona 1 50. Avtomashina uchun havfsizlik karkasi dona 5 51. Maishiy oqova suvlarni biologik tozalash uchun modullar toʻplami dona 1 52. Vallarni markazlashtirish uchun lazerli tizim dona 1 53. Quduqlar manometri (avtonom ishlaydigan) dona 2 54. “SMK” markali nasos dona 1 55. Karroziyani tekshirish qurilmasi dona 1 56. Quvur kesgichi dona 1 57. Burchak tekislovchi mashina dona 2 58. Nasos (markazdan qochma, monoblokli, vertikal botuvchi elektr nasosi) dona 1 59. “BOSCH” markasidagi vintlarni burash uskunasi dona 1 2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida topshirilayotgan avtotransport vositalari 1. Mersedes-Benz S350L (2005-y.) dona 1 2. Toyota Innova (2008-y.) dona 1 3. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida topshirilayotgan avtotransport vositalari 1. Toyota Hiace (2004-y.) dona 1 2. Toyota Corolla (2007-y.) dona 3 3. Toyota Fortuner (2007-y.) dona 1 4. Buxoro neft va gaz sanoati kollejiga operativ operativ boshqaruv huquqi asosida topshirilayotgan mol-mulklar 1. “ASHCROFT” koʻrsatkichli manometri, 0 ÷ 40000 kPa dona 1 2. “WIKA” koʻrsatkichli manometr, 0 ÷ 400 bar dona 1 3. “DM-2005” elektr-aloqali manometr, 0 ÷ 16 kg/cm2 dona 1 4. “METRAN” markali bosim oʻzgartiruvchi, 16 ÷ 1MRa dona 1 5. “Honeywell ST 3000” markali oʻzgaruvchan bosimni oʻzgartiruvchi, 0 ÷ 1 MRa dona 1 6. “Honeywell ST 3000” markali bosim oʻzgartiruvchi, 14 ÷ 3000 psi dona 1 7. “ASHCROFT” markali bimetall termometr, 0 ÷ 100 °S dona 1 8. “ASHCROFT” markali manometrli termometr, 0 ÷ 300 °S dona 1 9. H2S sensorli gaz analizatori SSS-903, SH4 0 — 10 mg/m3 ESP dona 1 10. “Magnetrol Echotel 910” markali ultratovushli sath signalizatori dona 1 11. “TUDE-1M1” markali xaroratni tartibga soladigan moslama, 60 ÷ 40 dona 1 12. “Norriseal” markali satx signalizatori dona 1 13. “Barksdale 9692x” markali bosim relesi (MSP panelli), 15000 psig dona 1 14. Shiberli zulfin, 2 1/16” 5000 PSI dona 1 15. Klinli zulfin, Dn150 Pn16 dona 1 16. Sharsimon flyansli kran 2”-150#- PBV USA dona 1 17. Sharli muftali kran ¾” class 600 dona 1 18. Markazdan qochma turidagi nasos K100-65-250 dona 1 19. Transformator TVK-10kV, 150/5 dona 1 20. Konvektor Primero1500 NEO General”1,5kVt dona 1 21. Koʻrsatgichli manometr dona 5 22. Bimetal termometr dona 2 23. Gaz analizatori GSM-05 dona 1 24. Gaz analizatori SSS-903 dona 1 25. Zulfin Ru-10, Du-200 dona 1 26. Kran Ru16, Du-20 dona 1 27. Kran Ru16, Du-25 dona 1 28. Zulfin Ru-16,Du-100 dona 1 29. SPPK Ru-16, Du-100 dona 1
