Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (2379-4-son)
20.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2379-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-599-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2379, 2012-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-band uchinchi xatboshisidagi “boshqa majburiy toʻlovlarni” degan soʻzlar “yigʻimlarni” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-mart,
5/10-son
