Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3226-son)
16.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 16-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3226]
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 11-fevral,
130-son
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 11-fevraldagi 130-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (bundan buyon matnda Mudofaa vazirligi deb yuritiladi) qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida Mudofaa vazirligi orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat;
harbiy-kasbiy saralash (bundan buyon matnda saralash deb yuritiladi) — fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik oʻrganish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jismoniy imkoniyatlarni baholash, shuningdek harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim boʻlgan boshqa sifatlar);
nomzod — kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish haqidagi arizasi koʻrib chiqish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi.
2. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi.
3. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish, suhbat);
b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
v) psixologik oʻrganish (nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
g) tibbiy koʻrik;
d) muvofiqlashtirishdan oʻtkazish yoki davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnoma (bundan buyon matnda ruxsatnoma deb yuritiladi) rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno).
4. Mudofaa vazirligi uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, soʻnggi uch yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining gʻolibi boʻlgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-oʻrinlaridan birini egallagan sportchilar hamda tor ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar istisno tariqasida saralashning faqatgina tibbiy koʻrik, muvofiqlashtirishdan oʻtkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno) bosqichlaridan oʻtadilar.
41. Saralashda Oʻzbekiston Respublikasining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishi mumkin:
oʻn sakkiz yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan shaxslar;
muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan qirq yoshgacha boʻlgan shaxslar;
rezervdagi va zaxiradagi qirq yoshgacha boʻlgan ofitserlar.
Bunda, erkak jinsidagi nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtagan yoxud oliy taʼlim tashkilotlari harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalarida oʻqishni tugatgan boʻlishi, shuningdek harbiy roʻyxatda turgan boʻlishi kerak.
5. Nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi lozim.
6. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod boʻyining balandligi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) belgilangan maxsus talablarga javob berishi shart. Maxsus talablar mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
2-bob. Saralash tadbirlarini tashkil etish
8. Nomzodlarni saralash tadbirlari Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida mavjud birlamchi boʻsh lavozimlardan kelib chiqqan holda har yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi.
9. Saralash tadbirlari oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan Harbiy-kasbiy saralash komissiyasi (bundan buyon matnda Saralash komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi.
10. Saralash komissiyasining tarkibi Mudofaa vazirligi markaziy apparati hamda Mudofaa vazirligining tegishli harbiy okruglari, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari, Maxsus operatsiyalar kuchlari qoʻmondonligining (bundan buyon matnda harbiy okruglar va birlashmalar deb yuritiladi) tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi boshligʻi — Saralash komissiyasi raisi, Mudofaa vazirligi Harbiy-kasbiy saralash boshqarmasi boshligʻi — Saralash komissiyasi raisining oʻrinbosari, Mudofaa vazirligi Harbiy-kasbiy saralash boshqarmasi Rekruting boʻlimi boshligʻi esa — Saralash komissiyasi kotibi hisoblanadi.
Mudofaa vazirining buyrugʻiga asosan Saralash komissiyalari tarkibiga Mudofaa vazirligining boshqa mansabdor shaxslari yoki mutaxassislari ham kiritilishi mumkin.
11. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan saralash tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-jadval shakllantiriladi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Reja-jadvalda saralash tadbirlarini oʻtkazish joyi va vaqti koʻrsatilishi kerak.
12. Saralash tadbirlari harbiy okruglar hududlari kesimida Mudofaa vazirligining harbiy qism va muassasalarida quyidagicha oʻtkaziladi:
Toshkent harbiy okrugi boʻyicha — Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida;
Markaziy harbiy okrugi boʻyicha — Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarida;
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi boʻyicha — Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida;
Sharqiy harbiy okrugi boʻyicha — Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida;
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida.
13. Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi qoʻshinlarni Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar bilan butlash boshqarmasi mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib mutaxassisliklar boʻyicha birlamchi boʻsh lavozimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yilda kamida ikki marta Mudofaa vazirligi Harbiy-kasbiy saralash boshqarmasiga (bundan buyon matnda Saralash boshqarmasi deb yuritiladi) taqdim etadi.
Saralash boshqarmasi tomonidan saralash tadbirlari oʻtkazilishidan oldin vazirlikning rasmiy veb-saytiga (www.mudofaa.uz) mutaxassisliklar boʻyicha birlamchi boʻsh lavozimlar, nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar, qabul kunlari va joyi, taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtirilishi taʼminlanadi.
14. Nomzodlarga qulaylik yaratish maqsadida mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar hududiga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar, qabul kunlari va joyi, taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan axborot stendlari majburiy tartibda joylashtirilishi lozim.
15. Saralash tadbirlari davomida harbiy okruglar va birlashmalarning faxriylar kengashlari, jamoat tashkilotlari vakillari va nomzodlarning yaqin qarindoshlari (bundan buyon matnda jamoatchilik vakillari deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin. Bunda, jamoatchilik vakillari yoki nomzodlar saralash tadbirlarini oʻtkazish jarayoni va uning natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda tegishli Saralash komissiyasi raisiga yozma ravishda murojaat qilishlari va oʻz taklif hamda eʼtirozlarini bildirishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari va nomzodlarning murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi lozim.
16. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt boʻyicha xizmatga nomzodlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Nomzodlarni dastlabki oʻrganish
17. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmaga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Turgan joyi boʻyicha tahsil olayotgan yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar ushbu hududdagi mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmaga murojaat qilishlari mumkin.
18. Nomzod muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan boʻlsa, arizada kontrakt boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilish sababini koʻrsatishi lozim.
19. Navbatdagi saralash tadbirlari boshlanishidan oʻn kun oldin mudofaa ishlari boʻyicha boshqarmalar tomonidan nomzodlarga saralash tadbirlarining boshlanish vaqti va joyi haqida xabar beriladi.
20. Saralash komissiyasining navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va oʻrganish hamda suhbat oʻtkaziladi. Bunda, nomzodning mutaxassisligi mavjud boʻsh lavozimlarga mos kelishi hamda taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligi va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻriligi oʻrganiladi.
21. Saralash uchun hozir boʻlgan nomzod mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida Saralash komissiyasining tegishli aʼzosi tomonidan uning boʻyi oʻlchanadi. Nomzodning boʻyi talabga javob bermagan hollarda, unga dastlabki oʻrganish tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
22. Saralash komissiyasining masʼul aʼzosi kotibi boʻyga qoʻyilgan talablarga muvofiq kelgan nomzodning hujjatlarini komissiya koʻrib chiqishi uchun qabul qiladi hamda tegishli maʼlumotlarni mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyxatga olish jurnaliga qayd etadi va nomzodga uning identifikatsiyalash raqamini — xos raqamini maʼlum qiladi.
23. Nomzod Saralash komissiyasining masʼul aʼzosiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa-maʼlumotnoma.
24. Nomzod taqdim etgan hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlishi zarur.
25. Hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlgan hollarda nomzod shu vaqtning oʻzida suxbatdan oʻtkaziladi.
Hujjatlarida kamchilik aniqlangan nomzodga ushbu kamchilikni bartaraf etishi va navbatdagi qabul kunida hozir boʻlishi Saralash komissiyasining masʼul aʼzosi tomonidan tushuntiriladi.
26. Suhbat Saralash komissiyasining suhbat oʻtkazilishiga masʼul boʻlgan aʼzosi (aʼzolari) tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq shartlar, cheklovlar va imtiyozlar, xizmatning zararli va xavfli jihatlari hamda kasb kasalligini orttirib olish ehtimolini tushuntirish hamda nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagi bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
27. Saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodni dastlabki oʻrganish bosqichida oʻtkazilgan tadbirlar natijalari umumlashtirilib, shu kunning oʻzida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida xulosa chiqariladi.
28. Saralash komissiyasi xulosasi asosida komissiya masʼul aʼzosi tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyxatga olish jurnaliga tegishli yozuv kiritiladi va nomzodga uning imzosi qoʻyilgan holda tanishtiriladi.
29. Saralash komissiyasining masʼul aʼzosi saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning hujjatlari va dastlabki oʻrganish natijalarini yagona yigʻma jildda jamlaydi.
4-bob. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
30. Saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida saralashning navbatdagi kunida nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbiri oʻtkaziladi.
31. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
32. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari Saralash komissiyasining nomzodlar jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha masʼul aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
33. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
34. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida Saralash komissiyasi aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi.
35. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu zahoti nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Qaydnoma Saralash komissiyasining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya masʼul aʼzosiga topshiriladi.
36. Jismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha qoniqarsiz baholangan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazilmaydi.
37. Qoniqarsiz baholangan nomzod jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Nomzodlarni psixologik oʻrganish
38. Saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini aniqlash maqsadida psixologik oʻrganish oʻtkaziladi.
39. Nomzodlarni psixologik oʻrganish mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq metodika va baholash mezonlari asosida psixologik test sinovidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
40. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari qoida tariqasida har uch yilda bir marotaba qayta ishlab chiqiladi va Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
41. Psixologik testlar, ularning javoblari va javoblar blankalari Saralash komissiyasi kotibida saqlanadi, kotib testlar va ularning javoblari oshkor qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
42. Psixologik oʻrganish boshlanishidan avval nomzodlar Saralash komissiyasining psixologik oʻrganish oʻtkazish boʻyicha masʼul mutaxassislari tomonidan psixologik oʻrganishni oʻtkazish tartibi, har bir vazifa boʻyicha nazarda tutilgan baholash mezonlari bilan tanishtiriladi hamda ularga tegishli tushuntirishlar beriladi.
43. Psixologik oʻrganish natijalari qoniqarsiz boʻlgan nomzod test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba navbatdagi saralash tadbirlari davomida qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
44. Test sinovining natijalari boʻyicha, u oʻtkazilgan kundan boshlab 2 kun ichida Saralash komissiyasining psixologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya masʼul aʼzosiga topshiriladi.
Psixologik oʻrganish natijalari qaydnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida nomzodlarga eʼlon qilinishi lozim.
45. Saralash komissiyasi kotibi tomonidan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish tadbirlarida qayd etgan natijalari umumlashtirilib, mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnomaga nomzodlar tomonidan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish tadbirlarida qayd etilgan natijalar turdosh mutaxassisliklar kesimida koʻrsatkichlarning pasayib borish tartibida kiritilishi lozim.
Bunda, eng yaxshi koʻrsatkichga ega boʻlgan, mavjud boʻsh lavozimlar soniga mutanosib sondagi nomzodlar, shuningdek ularga qoʻshimcha ravishda koʻrsatkichlarning pasayib borish tartibida yana 20 foiz nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishga tavsiya etiladi.
Agar ikki yoki bir nechta nomzodlarning umumiy toʻplagan ballari teng boʻlib qolsa, ularning psixologik oʻrganish tadbirida qayd etgan natijasi inobatga olingan holda eng yaxshi koʻrsatkichga ega nomzod tanlab olinadi.
46. Bayonnoma Saralash komissiyasining har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun Mudofaa vaziriga taqdim etiladi.
47. Saralash komissiyasi kotibi Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlangan bayonnomaning koʻchirmasi (nusxasi), u tasdiqlangan kundan boshlab 5 kun ichida nomzodlarga tanishtirilishini taʼminlashi lozim.
48. Saralash komissiyasi bayonnomasi tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi.
49. Saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda saralash kartasi toʻldiriladi.
6-bob. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
50. Nomzodlar sogʻligʻining holatiga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ular tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
51. Nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanmalar Saralash boshqarmasi va harbiy qismlar tomonidan beriladi.
52. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuboriladi.
53. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
54. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
7-bob. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish
55. Saralash tadbirlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning hujjatlarini muvofiqlashtirishdan oʻtkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirish (ruxsatnomaga ega nomzodlar bundan mustasno) ularni garnizon harbiy-tibbiy komissiyasiga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuborish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Muvofiqlashtirishdan oʻtkazish yoki ruxsatnoma rasmiylashtirishning talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
56. Muvofiqlashtirishdan oʻtkazish va ruxsatnoma rasmiylashtirish natijalariga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
57. Saralashning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga Saralash boshqarmasi va harbiy qismlar tomonidan belgilangan namunadagi shaxsiy yigʻmajild rasmiylashtiriladi.
58. Saralashdan oʻtgan nomzodning shaxsiy yigʻmajildi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash toʻgʻrisida yakuniy qarorni qabul qilish uchun boʻysunuv boʻyicha yuqori turuvchi kadr organiga taqdim qilinadi. Bunda tibbiy koʻrik xulosasining amal qilish muddati inobatga olinishi lozim.
59. Saralash yakuniga koʻra eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar boʻsh lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinadi.
8-bob. Yakuniy qoida
60. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
____________________ga(harbiy unvoni, F.I.O.)A R I Z A Men____________________________________________________________________________________(harbiy unvoni, F.I.O)________________________________________________________________________________(tugʻilgan yili, kuni, oyi va joyi)________________________________________________________________________________(yashash yoki turgan joyi manzili)________________________________________________________________________________(qaysi mudofaa ishlari boʻlimida harbiy hisobda turadi) ________________________________________________________________________________(maʼlumoti — qaysi taʼlim tashkilotini qachon va qanday mutaxassislik boʻyicha tamomlagan)________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________(muddatli harbiy xizmatni qayerda va qaysi lavozimda oʻtagan)________________________________________________________________________________(ilgari kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtaganlar qayerda va qaysi lavozimda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtaganligini, qanday sabablar va asoslarga koʻra harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilganliklarini qayd etishlari lozim) Menga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tadbirlarida qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.Xizmatni oʻtash talablari va sharoitlari bilan tanishdim. Oʻzbekiston Respublikasining istalgan hududidakontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga tayyorman.Harbiy xizmat boʻyicha menga maʼlum boʻlgan davlat, harbiy va xizmatga oid maʼlumotlarni sir saqlashga vaʼda beraman.Sinovlarni ____________ tilida topshiraman. sana(imzo)F.I.O.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Nomzodlarni roʻyxatga olish
JURNALI
T/r Sana Harbiy unvoni, F.I.O., tugʻilgan vaqti va joyi, millati, boʻyi Maʼlumoti va mutaxassisligi, lavozimi, harbiy xizmatni oʻtagan vaqt va joyi Yashash manzili va telefon raqami Dastlabki oʻrganish yakuni boʻyicha xulosa Xulosa bilan tanishganligi toʻgʻrisida imzo 1. 2. 3. 4. 5. 6. ...
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi
1. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
2. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod komissiyaning masʼul aʼzolariga oʻzini tanishtiradi, bunda nomzod biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini koʻrsatishi lozim.
3. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari komissiya aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
5. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
6. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:
a) erkak jinsidagi nomzodlar:
1-guruh: 28 yoshgacha;
2-guruh: 29 yoshdan 33 yoshgacha;
3-guruh: 34 yoshdan 38 yoshgacha;
4-guruh: 39 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar;
b) ayol jinsidagi nomzodlar:
1-guruh: 25 yoshgacha;
2-guruh: 26 yoshdan 30 yoshgacha;
3-guruh: 31 yoshdan 35 yoshgacha.
4-guruh: 36 yoshdan 40 yoshgacha boʻlganlar.
7. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
kuch ishlatish mashqi — toʻsinda (turnikda) tortilish;
chidamlilikka oid mashq — 3000 metrga yugurish.
8. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
tezlikka oid mashq — 100 metrga yugurish;
kuch ishlatish mashqi — kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
chidamlilikka oid mashq — 1000 metrga yugurish.
Jismoniy tayyorgarlik mashqlari quyidagi ketma-ketlikda: birinchi navbatda — tezlikka oid mashqlar, ikkinchi navbatda — kuch ishlatish mashqlari, uchinchi navbatda — chidamlilikka oid mashqlar bajariladi.
9. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.
10. Jismoniy tayyorgarlik mashqlaridan biri qoniqarsiz baholanganda, nomzodga navbatdagi mashqlarni bajarishga ruxsat berilmaydi.
Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishi qoniqarsiz baholangan nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik mashqlarini shu kunning oʻzida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
11. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamali tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Start” komandasi boʻyicha start olish chizigʻiga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi boʻyicha tananing ogʻirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;
“Olgʻa” komandasi boʻyicha yugurishni boshlash.
12. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° ga koʻtarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
13. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamali tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin.
Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.
14. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
15. Mazkur metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha qoniqarsiz baho qoʻyiladi.
16. Nomzodning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
“aʼlo” — uchta mashqdan “aʼlo” baholangan yoki ikkita mashqdan “aʼlo” qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan boʻlsa;
“yaxshi” — uchta mashqdan “yaxshi” bahodan past boʻlmagan yoki ikkita mashqdan “yaxshi” yoki aʼlo, qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan boʻlsa;
“qoniqarli” — agar baholarning ikkitasi “qoniqarli” boʻlib, qoniqarsiz baho boʻlmasa;
“qoniqarsiz” — agar baholardan biri “qoniqarsiz” boʻlsa yoki nomzod, jismoniy tayyorgarlik mashqlarning bittasini bajarishdan voz kechgan boʻlsa.
17. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, har bir mashqni bajarganligi uchun olgan baholar ballarga oʻgirilib, belgilangan chegaraviy meʼyorlardan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarga qoʻshimcha ragʻbat ballari taqdim etiladi. Umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball — 195 ballni tashkil etadi.
18. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash uchun natijalar ballar tizimida quyidagi jadvaldagi mezonlar boʻyicha belgilanadi:
T/rMashqning nomlanishiAsosiy ballarQoʻshimcha ragʻbat bali5 baho4 baho3 baho1.100 metrga yugurish504030Muddatidan oldin bajarilgan har 0,1 soniya uchun bir ball (maks. 20 ball)2.Turnikda tortilish (kuch ishlatish mashqlari kompleksi)504030Har bir qoʻshimcha tortilish (mashq) uchun bir ball (maks. 10 ball)3.3000 (1000) metrga yugurish504030Muddatidan oldin bajarilgan har 10 soniya uchun bir ball (maks. 15 ball)Jami1501209045
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasiga ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari
1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun*:
T/rMashqning nomiOʻlchov birligiYosh guruhiBaholash koʻrsatkichlariQoʻshimcha ragʻbat balliaʼloasosiy ballyaxshiasosiy ballqoniqarliasosiy ball1.100 metrga yugurishsoniya114,05014,44015,230Muddatidan oldin bajarilgan har 0,1 soniya uchun bir ball214,25014,64015,430314,85015,44016,030415,45016,04016,6302.Turnikda tortilishmarotaba1145012401030Har bir qoʻshimcha tortilish uchun bir ball2135011409303105084063048506404303.3000 metrga yugurishdaqiqa, soniya112,405013,004013,3530Muddatidan oldin bajarilgan har 10 soniya uchun bir ball212,505013,104013,4530314,205014,504015,3030415,005015,504016,4030
* Izoh: Mudofaa vazirligi qoʻshinlari muddatli harbiy xizmatchilari jismoniy tayyorgarlik boʻyicha ikkinchi yosh guruhiga doir meʼyorlarni bajaradi.
2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:
T/rMashqning nomiOʻlchov birligiYosh guruhiBaholash koʻrsatkichlariQoʻshimcha ragʻbat balliaʼloasosiy ballyaxshiasosiy ballqoniqarliasosiy ball1.100 metrga yugurishsoniya116,85017,44018,030Muddatidan oldin bajarilgan har 0,1 soniya uchun bir ball217,45018,04018,630318,05018,64019,230418,65019,64020,6302.Kuch ishlatish mashqlari kompleksimarotaba1325029402630Har bir qoʻshimcha mashq uchun bir ball2305027402430328502540223042550224019303.1000 metrga yugurishdaqiqa, soniya14,25504,40405,0030Muddatidan oldin bajarilgan har 10 soniya uchun bir ball24,35504,50405,203034,50505,05405,403045,10505,30406,0030
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
20__ yil “____” ____________. T/r Nomzodning F.I.O. xos raqami yosh guruhi 100 metrga yugurish turnikda tortilish (kuch ishlatish mashqlari kompleksi) 3000 (1000) metrga yugurish yakuniy baholash natija baho asosiy ball qoʻshimcha ball natija baho asosiy ball qoʻshimcha ball natija baho asosiy ball qoʻshimcha ball umumiy baho asosiy ballar yigʻindisi qoʻshimcha ballar yigʻindisi yakuniy ballar yigʻindisi 1. 2. 3. 4. 5. ... Komissiya aʼzolari: ___________________ _______________________ (imzo) (F.I.O.) ___________________ _______________________ (imzo) (F.I.O.) ___________________ _______________________ (imzo) (F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Nomzodlarni psixologik oʻrganishni oʻtkazish
METODIKASI
1. Nomzodlar maxsus xonaga oʻzining biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini koʻrsatgan holda kiritiladi.
2. Test sinovlari oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
3. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya aʼzolari nomzodlarga test sinovlarini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
4. Nomzodlar barcha harakatlarni komissiya aʼzolari koʻrsatmalariga muvofiq bajaradi. Mazkur koʻrsatmalarga amal qilmagan nomzod xonadan chiqarib yuboriladi va psixologik oʻrganish ishtirokchilari roʻyxatidan oʻchiriladi.
5. Nomzod beriladigan savollarga javoblarni belgilash hamda vazifalarni bajarish orqali test sinovlaridan oʻtadi.
Nomzodlar bilan test tadbirlari yakka tartibda yoki guruh boʻlib oʻtkazilishi mumkin. Test guruh tarkibida oʻtkazilganda, xonada nomzodlar soni 40 nafardan oshmasligi zarur.
Test boshlangunga qadar nomzodlar sogʻligʻining holati surishtiriladi. Oʻzini yomon his qilayotganidan shikoyat qilgan nomzodlar shu kuni test sinoviga qoʻyilmaydi. Bunday hollarda nomzodga boshqa kuni qayta test sinovidan oʻtish uchun ruxsat berilishi lozim.
6. Psixologik oʻrganish davomida nomzodlarga ikki qismdan iborat boʻlgan test asosida vazifalar beriladi. Bunda, birinchi qismda (intellektual rivojlanganlik darajasini oʻrganish) har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 80 ta topshiriqdan iborat boʻlgan 4 ta vazifa, ikkinchi qismda (psixoemotsional barqarorlik darajasini oʻrganish) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlari uchun nomzodlarga har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 99 ta savoldan, ofitserlar tarkibi lavozimi uchun nomzodlarga esa har bir toʻgʻri javob uchun 1 ball beriladigan 120 ta savoldan, shuningdek, javoblarning samimiy yoki nosamimiyligini aniqlash yoʻnalishi boʻyicha beriladigan 19 ta savoldan iborat soʻrovnoma qoʻllaniladi.
Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 80 daqiqa, shuningdek har bir vazifa yoʻriqnomasini oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha 3 daqiqadan vaqt beriladi.
7. Test savolida mashqning oʻziga xosligidan kelib chiqib javob variantlari berilishi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
8. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno. Test sinovi tugagunga qadar xonani tark etgan nomzod xonaga takroran kiritilmaydi.
9. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida sinovlar oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar hamda komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
10. Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
11. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 2 kun ichida mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida komissiya aʼzolari tomonidan hisoblab chiqiladi. Bunda, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlari uchun umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball — 179 ballni, ofitserlar tarkibi lavozimi uchun umumiy toʻplanishi mumkin boʻlgan maksimal ball — 200 ballni tashkil etadi.
Nomzodlarni psixologik oʻrganishni oʻtkazish metodikasiga ILOVA
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga nomzodning psixologik test natijalarini hisoblash
JADVALI
T/rPsixologik oʻrganish yoʻnalishlariBaho va ballar5 baho4 baho3 baho2 baho1.Intellektual rivojlanganlik darajasi80 — 62 ball61 — 46 ball45 — 31 ball30 — 0 ball2.Psixoemotsional barqarorlik darajasi99 — 83 ball82 — 67 ball66 — 52 ball51 — 0 ball3.Nomzod bergan javoblarning samimiyligisamimiynosamimiy0 — 910 — 19
Ofitserlar tarkibi lavozimiga nomzodlarning psixologik test natijalarini hisoblash
JADVALI
T/rPsixologik oʻrganish yoʻnalishlariBaho va ballar5 baho4 baho3 baho2 baho1.Intellektual rivojlanganlik darajasi80 — 66 ball65 — 50 ball49 — 35 ball34 — 0 ball2.Psixoemotsional barqarorlik darajasiAsab-ruhiy barqarorlik shkalasi100 — 88 ball87 — 73 ball72 — 58 ball57 — 0 ball3.Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari shkalasi20 — 18 ball17 — 14 ball13 — 10 ball9 — 0 ball4.Nomzod bergan javoblarning samimiyligisamimiynosamimiy0 — 910 — 19
Izoh: Psixologik test natijalariga koʻra 5, 4 va 3 baho olgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga mos keladi, 2 baho olgan nomzodlar esa kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga mos kelmaydi deb topiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga nomzodlarning psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
20__ yil “____” ____________T/rNomzodning F.I.O.Intellektual rivojlanganlik darajasiPsixoemotsional barqarorlik darajasiSamimiylik shkalasiYakuniy natija(ballar yigʻindisi)Umumiy bahonatija(ball)bahonatija(ball)bahonatijaxulosa1.2.3.4.5....Komissiya aʼzolari:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)________________________________________________(imzo)(F.I.O.)________________________________________________(imzo)(F.I.O.).
Ofitserlar tarkibi lavozimiga nomzodlarning psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha
QAYDNOMA
20__ yil “____” ____________T/rNomzodning F.I.O.Intellektual rivojlanganlik darajasiPsixoemotsional barqarorlik darajasiSamimiylik shkalasiYakuniy natija(ballar yigʻindisi)Umumiy bahoAsab-ruhiy barqarorlik shkalasiKommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlari shkalasinatija(ball)bahonatija(ball)bahonatija(ball)bahonatijaxulosa1.2.3.4.5....Komissiya aʼzolari:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)________________________________________________(imzo)(F.I.O.)________________________________________________(imzo)(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”Oʻzbekiston Respublikasimudofaa vaziri______________________________________________(imzo)(F.I.O.)20__ yil “___” ________________Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash boʻyicha komissiyaning_____-son BAYONNOMASIT/rNomzodning F.I.O., tugʻilgan vaqti va joyi hamda boʻyining balandligiMaʼlumoti va mutaxassisligi, lavozimi, harbiy xizmatni oʻtagan vaqt va joyiHarbiy-kasbiy saralash natijalariKomissiya xulosasiJismoniy tayyorgarlik darajasiPsixologik oʻrganish natijasiJami ballOʻrin(mutaxassislik)umumiy ball, bahoumumiy ball, baho1.2.3.4.5....Komissiya raisi:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)Komissiya raisining oʻrinbosari:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)Komissiya aʼzolari:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)Komissiya kotibi:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodni harbiy-kasbiy saralash
KARTASI
Nomzod__________________________________________________________________________________________________________________(harbiy unvoni, F.I.O.)Harbiy hisobdagi joyi_________________________________________________________________________________________________(mudofaa ishlar boʻyicha boʻlim nomi)Maʼlumoti__________________________________________________________________________________________________________________(taʼlim tashkiloti nomi, tamomlagan yili, mutaxassisligi)Harbiy xizmat oʻtagan_________________________________________________________________________________________________(qayerda, qachon va qaysi lavozimda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan)Harbiy-kasbiy saralash natijalariPsixologik oʻrganish natijasi:Intellektual rivojlanganlik darajasi________________________________________________________________(ball, baho)Psixoemotsional barqarorlik darajasi________________________________________________________________(ball, baho)Psixologik oʻrganish xulosasi________________________________________________________________(Yakuniy ball va umumiy baho)Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash natijasi:100 metrga yugurish________________________________________________________________(natija, baho va ball)Turnikda tortilish (kuch ishlatish mashqlari kompleksi)________________________________________________________________(natija, baho va ball)3000 (1000) metrga yugurish________________________________________________________________(natija, baho va ball)Jismoniy tayyorgarlikning umumiy bahosi________________________________________________________________(Umumiy baho va yakuniy ball)Reyting bali va oʻrni (mutaxassisligi)Harbiy-kasbiy saralash komissiyasining xulosasi_______-son bayonnoma 20___ yil “___” _________Komissiya raisi:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)Komissiya raisining oʻrinbosari:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)Komissiya kotibi:________________________________________________(imzo)(F.I.O.)
