Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (O‘RQ-610-son) · Sana: 13.03.2020 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli boʻlinmalari zimmasiga, xorijda yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi.
Oʻziga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish boʻyicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4761984
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 50-modda. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (O‘RQ-610-son). neolex.uz/uz/laws/law-4761986/50 (lex.uz/docs/-4761984)