47-modda. Komissiyaning asosiy vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (O‘RQ-610-son) · Sana: 13.03.2020 · Amalda
Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid iltimosnomalarni koʻrib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga fuqarolik masalalari yuzasidan takliflar kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan fuqarolik masalalariga oid qarorlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchiligi ijrosini tahlil qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mazkur yoʻnalishda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar kiritish;
fuqarolik masalalari boʻyicha xalqaro amaliyotni va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.
