Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (O‘RQ-610-son) · Sana: 13.03.2020 · Amalda
Agar ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan boʻlsa, boshqasi esa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlib qolaversa, bola Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qoladi. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqayotgan otasining yoki onasining iltimosnomasiga koʻra, bolaga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqishga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolgan otasining yoki onasining yozma roziligi mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat berilishi mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4761984
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 35-modda. Ota-onasidan biri Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligidan chiqqan taqdirda bolaning Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini saqlab qolishi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (O‘RQ-610-son). neolex.uz/uz/laws/law-4761986/35 (lex.uz/docs/-4761984)