Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4633-son)
06.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni ijrosini taʼminlash, jumladan qishloq xoʻjaligida erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, paxta va gʻalla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish, ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligini oshirish, investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining 2020-yil hosilidan boshlab paxta xom ashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Paxtachilikda bozor tamoyillari joriy etilishi munosabati bilan paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va qayta ishlovchi korxonalarning oʻzaro munosabatlarini tartibga solish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2020-yil hosilidan boshlab:
paxta xom ashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi;
paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar (fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari, kooperatsiyalar)ga rayonlashtirilgan gʻoʻza navlarini erkin joylashtirish huquqi beriladi;
paxta xom ashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urugʻlik bilan taʼminlash maqsadida sertifikatlangan urugʻlik yetkazib berish tizimi (shu jumladan, urugʻlik paxta uchun amaldagi ustama toʻlash tartibi) saqlab qolinadi hamda bosqichma-bosqich Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urugʻchilik klasterlari hamda paxta-toʻqimachilik klasterlari zimmasiga yuklatiladi;
b) respublikaning barcha hududlarida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi.
Quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
kooperatsiya aʼzolari bilan shartnomalar tuzish orqali paxta xom ashyosi yetishtirish yuzasidan kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
kooperatsiya aʼzolari tomonidan paxta xom ashyosi yetishtirish uchun zarur boʻlgan mulk komplekslari, texnika, uskuna, transport vositalaridan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
kooperatsiya va ularning aʼzolari oʻrtasida imzolanadigan shartnoma asosida kooperatsiya aʼzolarini qishloq xoʻjaligi texnikasi, yonilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻit, urugʻlik, shuningdek, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan taʼminlash;
paxta xom ashyosini tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash va tegirmon usulida qayta ishlashni shartnomalarga asosan amalga oshirish va vositachilik shartnomalari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishni tashkillashtirish;
kooperatsiya aʼzolariga agrotexnika, buxgalterlik, konsalting, vositachilik va boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
kooperatsiya aʼzolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasterlariga belgilangan imtiyozlar paxta xom ashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar uchun ham tatbiq etiladi;
v) respublikada ishlab chiqarilgan paxta tolasi uchun birjada boshlangʻich narx shakllanishida amalda qoʻllanilayotgan 10 foiz miqdoridagi chegirma bekor qilinadi;
g) qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni oʻz vaqtida mahalliy sharoitga mos sifatli urugʻlik bilan taʼminlash, tegishli tartibda ishlov berilmagan urugʻlik orqali kasalliklar tarqalishining oldini olish, paxta xom ashyosi hosildorligini izchil oshirib borish maqsadida 2020-yil hosili uchun urugʻlik chigit “Oʻzpaxtasanoat” AJ tizimidagi urugʻchilik sexlari va paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan yetkazib beriladi.
4. Belgilansinki, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining imtiyozli kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlaridan fermer xoʻjaliklari, paxta-toʻqimachilik klasterlari va urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi urugʻchilik xoʻjaliklari agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
paxta xom ashyosi va donni xarid qilish uchun jalb etiladigan tijorat kreditlari foizining bir qismini qoplab berish uchun respublika budjetidan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga, ehtiyojga qarab, 700 mlrd soʻmgacha mablagʻ ajratsin;
paxta xom ashyosi va gʻallani sotib olishni kredit resurslari bilan taʼminlashda tijorat banklarida mablagʻlarga ehtiyoj tugʻilganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren va korporativ xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tijorat banklarini zarur mablagʻlar bilan taʼminlasin;
ikki oy muddatda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
paxtachilik sohasida klaster tizimini samarali tashkil etish maqsadida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni;
paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etilmagan respublika hududlarida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy ravishda birlashishi asosida paxta tozalash korxonalari negizida paxta xom ashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi kooperatsiyalar tashkil etishni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgidromet” markazi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy servis xizmatlarini tashkil etish maqsadida daryolar va respublika hududlarida kutilayotgan va mavjud suv resursi, meteorologik, gidrologik va agrometeorologik maʼlumotlarni “on-line” rejimida olish imkonini beruvchi maxsus elektron sahifa tashkil etsin hamda doimiy faoliyatini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga paxta tolasini import qilish boʻyicha cheklovlar oʻrnatilmaganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
10. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi “2020-yilda gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxta xom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisida”gi 985-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi, shuningdek, qarorga 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 6-mart,
PQ-4633-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4633-son qaroriga 1-ILOVA
Paxtachilikda bozor tamoyillari joriy etilishi munosabati bilan paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va qayta ishlovchi korxonalarning oʻzaro munosabatlarini tartibga solish boʻyicha amalga oshiriladigan
chora-tadbirlar dasturi
T/rTadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Paxta xom ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishning yangi tartibini ishlab chiqish.Bunda, 2021-yil hosilidan boshlab, paxta xom ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni fermer xoʻjaliklarining talabidan kelib chiqib, ajratish tizimini joriy etish nazarda tutilsin.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2020-yil 1-aprelMoliya vazirligi,Markaziy bank,Qishloq xoʻjaligi vazirligi2.Paxta xom ashyosi yetishtirish uchun klaster korxonalari va fermer xoʻjaliklariga ajratiladigan kredit mablagʻlarini yagona maxsus bank kartalari orqali oyma-oy erkin tasarruf qilish mexanizmini sinov tariqasida Buxoro viloyatida tatbiq etish va tajriba natijalariga koʻra boshqa hududlarda ham joriy qilish.Chora-tadbirlar rejasi2020-yil 1-aprelMarkaziy bank,tijorat banklari,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari3.2021-yil hosilidan paxta tolasini ishlab chiqarish va yetkazib berish balansini tasdiqlash amaliyotini bekor qilish.Chora-tadbirlar rejasi2020-yil 1-sentabrIqtisodiyot va sanoat vazirligi,“Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi4.“Oʻzagroservis” AJ tizimidagi tuman mashina traktor parklarining viloyat mashina traktor parklari birlashmalariga tegishli ulushlarini paxta-toʻqimachilik klasterlariga belgilangan tartibda sotish.Chora-tadbirlar rejasi2020-yil 1-aprel“Oʻzagroservis” AJ,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,Moliya vazirligi,“Oʻzagrolizing” AJ,tijorat banklari5.Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari roʻyxatidan paxta mahsulotini chiqarish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2020-yil 10-aprelMonopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,Moliya vazirligi,“Oʻzpaxtasanoat” AJ6.“Paxtasanoat hududiy aksiyadorlik” birlashmalarining paxta tozalash zavodlaridagi aksiya (ulush) paketlari sotilishiga qadar, ushbu zavodlar tomonidan paxta xom ashyosini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash xizmati (tegirmon usulida) koʻrsatilishini taʼminlash.Chora-tadbirlar rejasi2020-yil 20-mart“Oʻzpaxtasanoat” AJ,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari7.Paxta xom ashyosi hisob-kitobini toʻgʻri yuritish maqsadida “Oʻzpaxtasanoat” AJning “Oʻzpaxta” avtomatlashtirilgan tizimini Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazish.Chora-tadbirlar rejasi2020-yil 1-iyul“Oʻzpaxtasanoat” AJ,Qishloq xoʻjaligi vazirligi8.“Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi, shu jumladan, uning aktivlarini tasarruf etish vazifalarini amalga oshirish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan Loyiha ofisini tashkil etish.Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish:a) “Oʻzpaxtasanoat” AJnitugatish, aktivlarini va majburiyatlarini xatlovdan oʻtkazish, uning tizimidagi korxonalarni xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;b) “Oʻzpaxtasanoat” AJni tugatish komissiyasi tomonidan bajariladigan tadbirlarni belgilash.Bunda:paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari aksiya (ulush) paketlarini belgilangan tartibda sotish;Hukumat qarorlariga asosan paxta-toʻqimachilik klasterlariga boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan hamda tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi majburiyatlari paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, mazkur paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tegishli aksiya (ulush) paketlarni belgilangan tartibda sotish;paxta tozalash korxonalaridagi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari ulushlarini sotish jarayonlari yakunlangandan soʻng “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish;v) Loyiha ofisi “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tugatish jarayonini nazorat qilishi va tugatilganidan soʻng aktivlarini qabul qilishi nazarda tutiladi.Loyiha ofisini tuzish Chora-tadbirlar rejasi2020-yil 20-mart 2020-yil 1-mayDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,Moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar Moliya vazirligi,Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,Loyiha ofisi,“Oʻzpaxtasanoat” AJ,Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,Davlat soliq qoʻmitasi,tijorat banklari,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari9.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qaroriga muvofiq 2020-2021-yillarda respublika hududlarida tashkil etilishi belgilangan tikuv-trikotaj majmualarini paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan ishga tushirilishini taʼminlash.Bunda, paxta-toʻqimachilik klasterlariga tikuv-trikotaj majmualarini ishga tushirish uchun alohida imtiyozli kreditlarni ajratish nazarda tutiladi.2020-2021-yillarda majmualarni tashkil etish boʻyicha manzilli (dislokatsiya) dasturga oʻzgartirish kiritish va zaruriy moliyaviy manbalar bilan taʼminlashOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi PQ-4341-son qarorida belgilangan muddatlardaIqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,“Oʻzpaxtasanoat” AJ, tegishli tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari10.Jahon bankining “Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida tumanlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shu jumladan paxta va gʻalla ekilgan maydonlarda, ekinlarning rivojlanish holati va kutilayotgan hosil prognozi bilan shugʻullanuvchi axborot-maslahat markazlarini tashkil etish va ularni texnik vositalar bilan taʼminlash.Axborot-maslahat markazlari tomonidan:kutilayotgan hosil, ekinlarning rivojlanish holati, omborlardagi mahsulot hajmi boʻyicha hududlar kesimida maʼlumotlarning davriy ravishda eʼlon qilib borilishi;xoʻjaliklarga tuproq unumdorligini aniqlash va uni oshirish, agrotexnik tadbirlarni maqbul muddat va darajada oʻtkazish, zararkunandalarning tarqalishi va ularga qarshi kurashish tadbirlarini oʻtkazish, mahsulotlarni sotish va boshqa masalalarida konsultativ xizmatlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi.Chora-tadbirlar rejasi2020-yil 1-sentabrQishloq xoʻjaligi vazirligi,Moliya vazirligi11.Jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilish.Byulleten chop etish, OAVda eʼlon qilishHar yili 1-dekabrQishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi,“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi12.Ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari toʻgʻrisida maxsus telekoʻrsatuvlar tashkil etish, reklama roliklari tayyorlash orqali ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.Amaliy chora-tadbirlarHar haftaOʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,Qishloq xoʻjaligi vazirligi
