Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 964-1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (124-son)
05.03.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalqaro talablarga va standartlarga javob beradigan avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, avtomobil yoʻllari tarmogʻini kengaytirish va rivojlantirish hamda respublika hududlarini bogʻlovchi, shuningdek, xalqaro, tranzit va respublika miqyosida yuk va yoʻlovchilarni tashish samaradorligini avtomobil transporti bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda “A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 964 — 1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) umumiy qiymati 383,4 mln. AQSh dollari boʻlgan texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilganligi;
b) 2019-yil 12 — 20-sentabrdagi Osiyo taraqqiyot bankining missiyasi tashrifi yakuni toʻgʻrisidagi ikki tomonlama kelishuvga asosan Osiyo taraqqiyot banki tomonidan loyihani amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga 274,19 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimini taqdim qilishi, bunda ushbu mablagʻlar:
4 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan, qaytarish muddati 24 yil boʻlgan Osiyo taraqqiyot bankining 248,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi oddiy kapital mablagʻlari hisobidan hamda 5 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan, qaytarish muddati 24 yil boʻlgan Osiyo taraqqiyot bankining 26,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushi 109,2 mln. AQSh dollarini, shu jumladan soliq va boshqa majburiy toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berish shaklida 81,4 mln. AQSh dollarini tashkil etishi;
loyihaning amalga oshirish muddati 6 yil (2 yil kafolat davrini hisoblagan holda 2020 — 2025-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“Avtoyoʻlinvest” agentligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan qarz mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini qaytarish, shu jumladan, foizlarni toʻlash, komissiya toʻlovlari va boshqa xarajatlar bilan bogʻliq toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 964 — 1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 964 — 1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining oddiy kapital va imtiyozli mablagʻlari boʻyicha qarzni qaytarish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirishning prognoz jadvallari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi nomidan loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimini, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi esa loyiha doirasida Osiyo taraqqiyot banki bilan loyihaviy bitimni tuzsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. Belgilansinki:
Osiyo taraqqiyot banki bilan tuziladigan qarz bitimi kuchga kirgunga qadar Loyihani amalga oshirish guruhini saqlash xarajatlari 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan ikki oy muddatda rekonstruksiya qilinayotgan A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻli boʻyida zamonaviy xazmat koʻrsatish va servis obyektlari, turar joylar va hordiq chiqarish maskanlarini nazarda tutgan loyiha takliflari ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasida himoya qilinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisiga muvofiq xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 5-mart,
124-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 124-son qaroriga 1-ILOVA
“A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 964 — 1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasini texnik-iqtisodiy asoslashning
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKIChLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomi Oʻlchov birligi Jami* Moliyalashtirish manbasi, jumladan: Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston Respublikasi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh doll. ekv. 383 382 274 192 109 190 1.1. Umumiy kapital qoʻyilmalar miqdori* mingAQSh doll. 274 842 274 192 650 shu jumladan: Yer koʻchirish va qayta oʻrnatish ming AQSh doll. ekv. 749 - 749 Qurilish-montaj ishlari** ming AQSh doll. ekv. 244 996 244 996 - EKV da ming. AQSh doll. 244 996 244 996 - Jamiyatni rivojlantirish dasturi ming AQSh doll. ekv. 1 050 1 050 - EKV da ming AQSh doll. ekv. 1 050 1 050 - Harakatning ogʻirligini oʻlchash tizimi ming AQSh doll. ekv. 2 800 2 800 - EKV da ming AQSh doll. ekv. 2 800 2 800 - Intellektual transport tizimi ming AQSh doll. ekv. 15 300 15300 - EKV da ming AQSh doll. ekv. 15 300 15 300 Yoʻl-taʼmirlash punklarining qurilishi ming AQSh doll. ekv. 650 - 650 Milliy valyutada ming AQSh doll. ekv. 650 - 650 Boshqa sarf-xarajatlar ming AQSh doll. ekv. 10 046 10 046 - EKV da ming. AQSh doll. 10 046 10 046 - 1.2. Yagona soliq toʻlovi (YST)*** ming. AQSh doll. 261 - 261 1.3. Moliyaviy barqarorlik va investitsiya davri**** ming. AQSh doll. 26 787 - 26 787 1.4. Soliq va bojxona imtiyozlari ming AQSh doll. ekv. 81 393 - 81 393 2. Rekonstruksiya qilinadigan yoʻl quvvati km 240 3. Moʻljallangan bandlik soni nafar - 4. Toʻlovning taxminiy muddati yil - 5. Investitsiya davri davomiyligi oy 60 6. Qarzmablagʻlarining qoplanish muddati yil 24
* Yakuniy narx koʻrsatkichlari batafsil loyiha-smeta hujjatlari, tovarlar (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida belgilanadi.
** Nazarda tutilmagan xarajatlar boʻyicha qurilish-montaj ishlarining 10 % miqdori.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yagona soliq toʻlovi boʻyicha toʻlovlar manbai hisoblanadi.
**** Moliyaviy xarajatlar yakuniy miqdori haqiqiy miqdori va sanalariga hamda foiz stavkasi 6 oy LIBORga (London Interbank Offered Rate) qarab belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 124-son qaroriga 2-ILOVA
“A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 964 — 1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining oddiy kapital mablagʻlari boʻyicha qarzni qaytarish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI*
Qarz miqdori — 248 192171 AQSh dollari Loyihani amalga oshirish muddati — 24 yil Imtiyozli davr — 4 yil Foiz stavkasi — 6 oy LIBOR + 0,5 % yillik Majburiy toʻlovlar — 0,15 % yillik Toʻlov muddati uchun ustama — 0,10 % yillik Asosiy summaning toʻlovlari miqdori — 40
AQSh dollari Toʻlov muddati Qarzning oʻzlashtirilishi Qarzdorlik Foiz toʻlovlari Asosiy qarzni qaytarish Jami qaytariladigan qarz** 2020-yil15-iyun 2020 yil 15-noyabr 44 000 000 44 000 000 158 222,51 2021-yil 15-may 70 000 000 114 000 000 730 033,33 906 150,48 2021yil 15-noyabr 50 000 000 164 000 000 1 922 800,00 2 083 947,33 2022-yil 15-may 50 000 000 214 000 000 2 721 033,33 2 866 983,82 2022yil 15-noyabr 20 000 000 234 000 000 3 609 466,67 3 745 058,44 2023-yil 15-may 14 192 171 248 192 171 3 882 450,00 4 010 803,26 2023yil 15-noyabr 248 192 171 4 186 174,62 4 313 028,39 2024-yil 15-may 248 192 171 4 140 672,72 4 266 147,65 2024yil 15-noyabr 241 987 367 4 186 174,62 6 204 804,28 10 517 832,67 2025-yil 15-may 235 782 562 4 014 973,73 6 204 804,28 10 341 443,87 2025yil 15-noyabr 229 577 758 3 976 865,89 6 204 804,28 10 302 181,25 2026-yil 15-may 223 372 954 3 809 077,64 6 204 804,28 10 129 308,51 2026yil 15-noyabr 217 168 150 3 767 557,16 6 204 804,28 10 086 529,83 2027-yil 15-may 210 963 345 3 603 181 55 6 204 804,28 9 917 173,14 2027yil 15-noyabr 204 758 541 3 558 248,42 6 204 804,28 9 870 878,41 2028-yil 15-may 198 553 737 3 416 054,99 6 204 804,28 9 724 376,09 2028yil 15-noyabr 192 348 933 3 348 939,69 6 204 804,28 9 655 226,99 2029-yil 15-may 186 144 128 3 191 389,37 6 204 804,28 9 492 902,42 2029yil 15-noyabr 179 939 324 3 139 630,96 6 204 804,28 9 439 575,57 2030-yil 15-may 173 734 520 2 985 493,28 6 204 804 28 9 280 767,05 2030yil 15-noyabr 167 529 715 2 930 322,23 6 204 804,28 9 223 924,15 2031-yil 15-may 161 324 911 2 779 597,20 6 204 804,28 9 068 631,69 2031yil 15-noyabr 155 120 107 2 721 013,50 6 204 804,28 9 008 272,73 2032-yil 15-may 148 915 303 2 587 920,45 6 204 804,28 8 871 146,56 2032yil 15-noyabr 142 710 498 2 511 704,77 6 204 804,28 8 792 621,31 2033-yil 15-may 136 505 694 2 367 805,02 6 204 804,28 8 644 360,96 2033yil 15-noyabr 130 300 890 2 302 396,04 6 204 804 28 8 576 969,89 2034-yil 15-may 124 096 086 2 161 908,93 6 204 804 28 8 432 225,60 2034yil 15-noyabr 117 891 281 2 093 087,31 6 204 804 28 8 361 318,47 2035-yil 15-may 111 686 477 1 956 012,84 6 204 804,28 8 220 090,23 2035yil 15-noyabr 105 481 673 1 883 778,58 6 204 804,28 8 145 667,05 2036-yil 15-may 99 276 868 1 759 785,91 6 204 804,28 8 017 917,03 2036yil 15-noyabr 93 072 064 1 674 469,85 6 204 804,28 7 930 015,63 2037-yil 15-may 86 867 260 1 544 220,66 6 204 804 ,28 7 795 819,50 2037yil 15-noyabr 80 662 456 1 465 161,12 6 204 804,28 7 714 364,21 2038-yil 15-may 74 457 651 1 338 324,58 6 204 804,28 7 583 684,14 2038yil 15-noyabr 68 252 847 1 255 852,39 6 204 804,28 7 498 712,79 2039-yil 15-may 62 048 043 1 132 428,49 6 204 804,28 7 371 548,78 2039yil 15-noyabr 55 843 238 1 046 543,65 6 204 804,28 7 283 061,37 2040-yil 15-may 49 638 434 931 651,36 6 204 804,28 7 164 687,50 2040yil 15-noyabr 43 433 630 837 234,92 6 204 804,28 7 067 409,95 2041 yil 15-may 37 228 826 720 636,31 6 204 804,28 6 947 278,05 2041yil 15-noyabr 31 024 021 627 926,19 6 204 804,28 6 851 758,53 2042 yil 15-may 24 819 217 514 740,22 6 204 804,28 6 735 142,68 2042yil 15-noyabr 18614413 418 617,46 6 204 804,28 6 636 107,11 2043 yil 15 may 12 409 609 308 844,13 6 204 804,28 6 523 007,32 2043yil 15-noyabr 6 204 804 209 308,73 6 204 804,28 6 420 455,69 2044 yil 15-may 0 103 516,82 6 204 804,28 6 311 457,97 248 192 171 106 375 028 248 192 171 358 306 195
* Qaytarish toʻlovlarining foiz stavkalari hisobi Bloomberg nashrining maʼlumotlariga asoslangan holda, oʻrtacha LIBOR stavkasi soʻnggi 25 yilda eng yuqori — 2035-yilda 2,3 foiz kabi olinib, soʻnggi yil — 2,8 foiz deb qabul qilinadi, doimiy 0,5 foiz stavkasi qoʻshilganda, ushbu qarz toʻlovining yillik foiz stavkasi 3,3 foizni tashkil qiladi.
** Yakuniy toʻlovlar miqdori haqiqiy toʻlovlar va belgilangan sanalar asosida aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi 124-son qaroriga 3-ILOVA
“A380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 964 — 1204 km (240 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli mablagʻlari boʻyicha qarzini qaytarish, foiz va komissiya toʻlovlarini amalga oshirishning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori — 26 000000 AQSh dollari Loyihani amalga oshirish muddati — 5 yil Qarz muddati — 24 yil Imtiyozli davr — 5 yil Foiz stavkasi — 2 % yillik Asosiy summaning toʻlovlari miqdori — 38
AQSh dollari Toʻlov muddati Qarzning oʻzlashtirilishi Qarzdorlik Foiz toʻlovlari Asosiy qarzni qaytarish Jami qaytariladigan qarz 2020-yil15-iyun 2020 yil 15-noyabr 26 000 000 26 000 000 0 2021-yil 15-may 26 000 000 261 444 0 2021yil 15-noyabr 26 000 000 262 137 0 2022-yil 15-may 26 000 000 257 863 0 2022yil 15-noyabr 26 000 000 262 137 0 2023-yil 15-may 26 000 000 257 863 0 2023yil 15-noyabr 26 000 000 262 137 0 2024-yil 15-may 26 000 000 259 288 0 2024yil 15-noyabr 26 000 000 262 137 0 2025-yil 15-may 26 000 000 257 863 0 2025yil 15-noyabr 25 315 789 262 137 684 211 946 348 2026-yil 15-may 24 631 579 251 077 684 211 935 288 2026yil 15-noyabr 23 947 368 248 340 684 211 932 551 2027-yil 15-may 23 263 158 237 505 684 211 921 716 2027yil 15-noyabr 22 578 947 234 544 684 211 918 754 2028-yil 15-may 21 894 737 225 171 684 211 909 381 2028yil 15-noyabr 21 210 526 220 747 684 211 904 957 2029-yil 15-may 20 526 316 210 362 684 211 894 572 2029yil 15-noyabr 19 842 105 206 950 684 211 891 161 2030-yil 15-may 19 157 895 196 790 684 211 881 001 2030yil 15-noyabr 18 473 684 193 154 684 211 877 364 2031-yil 15-may 17 789 474 183 218 684 211 867 429 2031yil 15-noyabr 17 105 263 179 357 684 211 863 567 2032-yil 15-may 16 421 053 170 584 684 211 854 795 2032yil 15-noyabr 15 736 842 165 560 684 211 849 771 2033-yil 15-may 15 052 632 156 075 684 211 840 286 2033yil 15-noyabr 14 368 421 151 764 684 211 835 974 2034-yil 15-may 13 684 211 142 503 684 211 826 714 2034yil 15-noyabr 13 000 000 137 967 684 211 822 177 2035-yil 15-may 12 315 789 128 932 684 211 813 142 2035yil 15-noyabr 11 631 579 124 170 684 211 808 381 2036-yil 15-may 10 947 368 115 997 684 211 800 208 2036yil 15-noyabr 10 263 158 110 373 684 211 794 584 2037-yil 15-may 9 578 947 101 788 684 211 785 999 2037yil 15-noyabr 8 894 737 96 577 684 211 780 787 2038-yil 15-may 8 210 526 88 216 684 211 772 427 2038yil 15-noyabr 7 526 316 82 780 684 211 766 991 2039-yil 15-may 6 842 105 74 645 684 211 758 855 2039yil 15-noyabr 6 157 895 68 983 684 211 753 194 2040-yil 15-may 5 473 684 61 410 684 211 745 621 2040yil 15-noyabr 4 789 474 55 187 684 211 739 397 2041 yil 15-may 4 105 263 47 501 684 211 731 712 2041yil 15-noyabr 3 421 053 41 390 684 211 725 601 2042 yil 15-may 2 736 842 33 929 684 211 718 140 2042yil 15-noyabr 2 052 632 27 593 684 211 711 804 2043 yil 15-may 1 368 421 20 358 684 211 704 568 2043yil 15-noyabr 684 211 13 797 684 211 698 007 2044 yil 15-may 0 6 823 684 211 691 034 26 000 000 5 074 255 26 000 000 31 074 255
* Yakuniy toʻlovlar qiymati mablagʻlarning olingan sanasi va amalda foydalanilgan miqdoriga nisbatan aniqlanadi.
