Vazirliklar, idoralar va korxonalarning aylanma mablagʻlari normativlari toʻgʻrisida (108-son)
25.02.1997
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, aylanma mablagʻlarning aylanishini tezlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalar boʻyicha aylanma mablagʻlar normativlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalar: oʻzlariga qarashli birlashmalar va korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda aylanma mablagʻlarning tabaqalashtirilgan normativlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va ularga yetkazsinlar;
aylanma mablagʻlar butunligi taʼminlanishiga, ularning aylanishini tezlashtirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
oʻz aylanma mablagʻlari sarflab yuborilishini va ularning boshqa maqsadlarda xoʻjalik aylanmasidan chiqarilishini moliyaviy intizomni qoʻpol ravishda buzish deb qarab, aybdorlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortgan holda, oʻzlariga qarashli birlashmalar va korxonalar rahbarlarining aylanma mablagʻlar bugunligi taʼminlanishi uchun javobgarligini oshirsinlar.
3. Belgilansinki, korxonalarning oʻz mablagʻlari, banklarning kreditlari va budjetdan ajratiladigan mablagʻlar aylanma mablagʻlarni normativ darajagacha toʻldirish manbalari hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank tijorat banklari, vazirliklar va idoralar, birlashmalar va korxonalar bilan birgalikda 1996-yil yakunlari boʻyicha aylanma mablagʻlar holatini koʻrib chiqsinlar va aylanma mablagʻlarni toʻldirish manbalari va hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarni 1997-yil aprelgacha Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil25-fevral,
108-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 108-son qaroriga ILOVA
Vazirliklar, idoralar, birlashmalar va korxonalar boʻyicha aylanma mablagʻlar
normativlari
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori tahririda — OʻR, QHT, 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Izoh: Mazkur roʻyxatga kirmagan vazirliklar va idoralarning korxonalari boʻyicha aylanma mablagʻlar normativi 30 kun yoki 1 soʻm xarajatga 8,3 tiyin miqdorida belgilanadi.
Savdo va matlubot kooperatsiyasining korxonalari va tashkilotlari boʻyicha asosiy faoliyat normativlari belgilanmaydi.
