2020-yil uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida (114-son)
28.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarop qiladi:
1. 2020-yil uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-fevral,
114-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-fevraldagi 114-son qaroriga ILOVA
2020-yil uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovi
MIQDORLARI
T/r Tashkilot joylashgan hudud va unda bolalarning kuniga boʻlish vaqti Bir oylik toʻlov miqdori tashkilotga qatnovchi oiladagi bitta bolaga oiladagi har bir bolaga, agar tashkilotga bittadan ortiq bola qatnasa 2020-yil 1-maygacha amal qiladi 1. Toshkent shahri 1.1 4-5 soat 28 500 20 000 1.2 9 soat 156 000 111 000 1.3 10,5 soat 186 000 132 000 1.4 12 soat 210 000 149 000 1.5 24 soat 222 000 158 000 2. viloyat markazlari 2.1 4-5 soat 27 000 19 000 2.2 9 soat 150 000 107 000 2.3 10,5 soat 180 000 128 000 2.4 12 soat 199 000 141 000 2.5 24 soat 211 000 150 000 3. viloyat boʻysunuvidagi shaharlar 3.1 4-5 soat 24 000 17 000 3.2 9 soat 138 000 98 000 3.3 10,5 soat 156 000 111 000 3.4 12 soat 179 000 127 000 3.5 24 soat 188 000 133 000 4. tuman markazlari 4.1 4-5 soat 21 000 15 000 4.2 9 soat 102 000 77 000 4.3 ] 0,5 soat 138 000 104 000 4.4 12 soat 157 000 118 000 4.5 24 soat 167 000 125 000 5. boshqa joylar 5.1 4-5 soat 19 500 14 000 5.2 9 soat 72 000 58 000 5.3 10,5 soat 126 000 101 000 5.4 12 soat 148 000 111 000 5.5 24 soat 156 000 117 000 2020-yil 1-maydan amal qiladi 1. Toshkent shahri 1.1 4-5 soat 33 000 23 000 1.2 9 soat 179 000 128 000 1.3 10,5 soat 214 000 152 000 1.4 12 soat 242 000 171 000 1.5 24 soat 255 000 182 000 2. viloyat markazlari 2.1 4-5 soat 31 000 22 000 2,2 9 soat 173 000 123 000 2.3 10,5 soat 207 000 147 000 2.4 12 soat 229 000 162 000 2.5 24 soat 243 000 173 000 3. viloyat boʻysunuvidagi shaharlar 3.1 4-5 soat 28 000 20 000 3.2 9 soat 159 000 113 000 3.3 10,5 soat 179 000 128 000 3.4 12 soat 206 000 146 000 3.5 24 soat 216 000 153 000 4. tuman markazlari 4.1 4-5 soat 25 000 17 000 4.2 9 soat 117 000 89 000 4.3 10,5 soat 159 000 120 000 4.4 12 soat 181 000 136 000 4.5 24 soat 192 000 144 000 5. boshqa joylar 5.1 4-5 soat 23 000 16 000 5.2 9 soat 83 000 67 000 5.3 10,5 soat 145 000 116 000 5.4 12 soat 170 000 128 000 5.5 24 soat 179 000 135 000
Izoh. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahri, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabogʻ va Gʻuzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorakoʻl, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqoʻrgʻon, Uzun, Sariosiyo tumanlarida, Samarqand viloyatining Hypo6od, Qoʻshrabot, Urgut, Bulungʻur, va Paxtachi tumanlarida, Jizzax viloyatining Baxmal, Gʻallaorol, Farshi. Mirzachoʻl va Yangiobod tumanlarida, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Xovos va Sardoba tumanlarida, Fargʻona viloyatining Soʻx tumani hamda Fargʻona tumanining “Shohimardon” va “Yordon” qishloqlarida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar tomonidan har oyda bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan haq miqdori oʻrnatilgan tarifning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
