Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-4612-son)
24.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Iqtisodiyot va moliya-bank sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sanoat va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, respublikani iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini amalga oshirish ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini taʼminlash, xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash hamda kambagʻallikni qisqartirishga doir faoliyatni muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida:
5. Viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklarining boshqaruv apparatida hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida — hokimning sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari) lavozimi hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (Toshkent viloyati hokimligi boshqaruvi apparatida — hokimning sanoatni rivojlantirish, moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari) lavozimiga oʻzgartirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-fevral,
PQ-4612-son
