Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida (3221-son)
24.02.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 24-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3221]
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi va “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagi soliq va boshqa hisobotlar hisobotining shakllari tasdiqlansin:
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 1-ilovaga muvofiq;
aksiz soligʻi boʻyicha 2-ilovaga muvofiq;
foyda soligʻi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari va ijtimoiy soliq boʻyicha 4-ilovaga muvofiq;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 6-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 7-ilovaga muvofiq;
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 8-ilovaga muvofiq;
aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha 9-ilovaga muvofiq;
olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha 10-ilovaga muvofiq;
davlat boji va yigʻimlar boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha 13-ilovaga muvofiq.
foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi boʻyicha 14-ilovaga muvofiq.
mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida faoliyat yurituvchi korxonalar tomonidan taqdim qilinadigan soliq hisobotlari 15-ilovaga muvofiq.
2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtgan soliq davri uchun soliq hisoboti aynan oʻsha soliq davrida amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-yanvar,
2020-03-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2020-yil 28-yanvar
