Hisor davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (94-son)
18.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Hisor davlat qoʻriqxonasining (keyingi oʻrinlarda qoʻriqxona deb ataladi) unga tutash hududlardagi umumiy yer maydoni 11 231,3 gektar boʻlgan qoʻriqlanma zonasini 1-ilovaga muvofiq belgilash;
umumiy yer maydoni 2 000,0 gektar boʻlgan Hazrati Sulton platosi, Suvtushar daryosining bir qismi (keyingi oʻrinlarda Suvtushar sharsharasi deb ataladi), dinozavr izlari va Amir Temur gʻori obyektlarini qoʻriqxona hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga 2-ilovaga muvofiq oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
qoʻriqxonaning qoʻriqlanma zonasidagi yerlar ushbu zonalarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;
qoʻriqxona hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga 2-ilovaga muvofiq oʻtkaziladigan obyektlar mazkur qoʻriqxonaning doimiy foydalanishida qoldiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Hazrati Sulton platosi, Suvtushar sharsharasi, dinozavr izlari va Amir Temur gʻori obyektlarida ziyorat turizmi va ekologik turizmni tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratishga investorlarni, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari asosida jalb qilish choralarini koʻrsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
94-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 94-son qaroriga 1-ILOVA
Hisor davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasi MAYDONI
gektar T/r Haydaladigan yerlar Koʻchatzorlar Oʻrmon bilan qoplangan yerlar Lalmi yerlar Yaylovlar Siyrak oʻrmon bilan qoplangan yerlar Toshli yaylovlar Toshloq yerlar Butalar oʻsgan yaylovlar Toshli butazorlar Quruq oʻzanlar Qumliklar Daryo va soyliklar Suv havzalari Ariqlar, kanallar va jilgʻalar Jarliklar Yoʻllar Soʻqmoq yoʻllar Boshqa yerlar Jami yer maydoni I. Shahrisabz ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligi hududida 1 74,3 42,6 1,1 995,0 1 521,7 2 716,4 2 004,2 253,0 114,2 150,5 56,2 67,7 154,1 18,1 91,0 20,2 21,1 91,9 429,9 8 823,2 II. Yakkabogʻ davlat ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaligi hududida 2 9,3 67,0 300,0 247,0 160,2 343,7 23,2 17,0 3,0 7,7 8,0 5,5 17,1 90,2 1 298,9 III. Qamashi oʻrmon xoʻjaligi hududida 3 15,0 11,4 75,3 392,3 424,0 3,0 56,4 23,2 11,0 2,0 9,0 86,6 1 109,2 Jami 74,3 42,6 25,4 1 073,4 1 821,7 3 038,7 2 556,7 1 020,7 114,2 150,5 82,4 141,1 180,3 29,1 100,7 28,2 26,6 118,0 606,7 11 231,3
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 94-son qaroriga 2-ILOVA
Hisor davlat qoʻriqxonasi hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkazilayotgan obyektlar MAYDONI
gektar T/r Haydaladigan yerlar Oʻrmon bilan qoplangan yerlar Yaylovlar Siyrak oʻrmon bilan qoplangan yerlar Toshli yaylovlar Toshloqlar yerlar Butazorlar oʻsgan yaylovlar Qumliklar Daryo va soyliklar Yoʻllar Boshqa yerlar Jami yer maydoni I. Hazrati Sulton platosi 1 22,8 31,37 17,4 6,3 33,2 7,2 1,0 0,8 3,3 123,37 II. Suvtushar sharsharasi 2 74,3 1,1 1,1 25,96 2,9 2,6 107,96 III. Dinozavr izlari va Amir Temur gʻori 3 341,67 63,3 117,4 426,7 392,0 193,4 56,4 14,1 150,5 13,2 1 768,67 Jami 415,97 63,3 141,3 458,07 409,4 200,8 89,6 21,3 177,5 16,9 5,9 2 000,0
