Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (93-son)
18.02.2020
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmonining ijrosini taʼminlash, davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, moratoriy joriy etilgan davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesish boʻyicha:
davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;
hududiy ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun xulosalar berishga;
tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari ushbu band talablarini bajarish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrsin.
4. Belgilansinki:
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda qimmatbaho navlardan tashqari daraxtlar va butalar navlarini hamda tabiiy omillar yoki zararkunandalar, oʻsimliklar kasalliklari taʼsirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf tugʻdiruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va qirqishga ruxsatnoma berish Vazirlar Mahkamasining “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 255-son va “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarorlari asosida amalga oshiriladi;
“Obod mahalla” va “Obod qishloq” davlat dasturlari loyihalari asosida hududlarni obodonlashtirish ishlarida tabiiy omillar yoki oʻsimliklar zararkunandalari, kasalliklari taʼsirida shikastlangan, quriyotgan yoki qurib qolgan, shuningdek, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida rasmiylashtiriladigan hujjatlarda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarida, shuningdek, elektron onlayn-auksion natijalari bayonnomalarida yer uchastkasida oʻsayotgan daraxtlar soni, ularning aniq koordinatalari, navlari, diametri, balandligi koʻrsatilishi shart, shuningdek, ularni saqlab qolish va muhofaza qilish choralari va talablari belgilanishi kerak;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish maydonida oʻsayotgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari toʻliq saqlab qolinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishi taʼminlanishi shart, daraxtlar va butalar boshqa navlarining kamida 50 foizi saqlab qolinishi yoki koʻchirib oʻtkazilishi yoxud ularning oʻrniga oʻntadan kam boʻlmagan daraxtlar kompensatsiya sifatida ekib berilishi kerak;
2020-yil 1-martdan boshlab qurilish, qayta taʼmirlash, qayta tiklash, kapital taʼmirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish boʻyicha loyiha hujjatlarida, shuningdek, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilishda majburiy tartibda oʻsimlik dunyosi obyektlariga va ularning oʻsish muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishning oldini olishni taʼminlaydigan, ularni bunday taʼsirdan himoya qiladiganchoralar, kompensatsiya tadbirlari hamda ushbu sohadagi qoida va meʼyorlar asosida koʻkalamzorlashtirish choralari nazarda tutiladi.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratishda ushbu yer maydonlarida joylashgan daraxt va butalarni saqlab qolish uchun zarur choralarni koʻrsinlar;
obodonlashtirish boshqarmalarini daraxt va butalarni parvarish qilish sohasidagi mutaxassislar, shuningdek, zarur boʻlgan texnik vositalar bilan taʼminlasinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 2020-yil 1-martdan qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, qurilish obyektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablarni kiritsin:
oʻsimlik dunyosi obyektlariga, ularning oʻsish muhitiga salbiy taʼsirning oldini olish, shuningdek, ularni bunday taʼsirdan himoya qilishni taʼminlaydigan choralar;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq kompensatsiya choralari;
koʻkalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish qoidalariga hamda shu sohadagi meʼyorlarga muvofiq amalga oshirish.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan obyektlarni qurish va qurishni loyihalashtirish uchun yer maydonlarini tanlash va ajratish bosqichida, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, temir yoʻl hamda avtomobil yoʻllari va boshqalar) barpo etishda, shu jumladan, daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish amaliyotini qoʻllash orqali ularning saqlab qolinishi qatʼiy taʼminlanishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslarning koʻp yillik daraxtzorlarga egalik xuquqini aniqlash tartibini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda 2020-yil 1-iyungaqadar Toshkent davlat agrar universiteti bazasida obodonlashtirish boshqarmalari va boshqa tegishli tashkilotlar uchun daraxtlarni parvarish qilish boʻyicha mutaxassislar (arboristlar) tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda iqlim va boshqa sharoitlardan kelib chiqib, aholi punktlarida ekishga tavsiya etiladigan manzarali daraxt navlari roʻyxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uni zaruratga qarab yangilanib borilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxt va butalarni parvarish qilish, butash, kesish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini qayta koʻrib chiqqan holda, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
davlat oʻrmon fondidan tashqari yerlarda daraxt va butalarni kesish, ularniboshqa yerga koʻchirib oʻtkazish tartibi hamda kompensatsiya tadbirlarini amalga oshirish shartlari buzilganligi, davlat oʻrmon fondidan tashqari yerlarda noqonuniy daraxt va butalar noqonuniy kesilganligi, shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxtlar va butalar tashilishi va qabul qilinishi uchun, jumladan, bunday harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikgacha javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha taklif kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-fevral,
93-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-fevraldagi 93-son qaroriga ILOVA
Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining
ROʻYXATI
T/rTurning ilmiy nomiXususiyatiI. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho (yogʻochbop) navli daraxtlar 1.Grek yongʻogʻi (Juglans regia L.) Yogʻochi qimmatbaho2.Silliq qayragʻoch (Ulmus laevis Pall.) Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega3.Yalangʻoch qayragʻoch (Ulmus glabra Nuds.)Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega4.Past boʻyli qayragʻoch, qayragʻoch (Ulmus pumila L.)Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega5.Kavkaz qatrongʻisi, tugʻdona (Celtis caucasica Willd.)Yogʻochi juda qattiq va zich, chirimaydi, qimmatbaho hisoblanadi6.Tukli zarang (Acer pubescens Franch.)Yogʻochi juda qattiq va zich, qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi7.Sekvoya (Sequoia sempervirens Emdl.)Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi8.Oddiy eman (Quercusrobur L.)Yogʻochi qimmatbaho 9.Chinorsimon zarang (Acer platonoides L.)Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun 10.Oq akatsiya (Robínia pseudoacacia)Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi manzarali va sharsimon koʻrinishga ega11.Glidichiya (Gleditsia triacanthos)Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun va tekis, chirimaydi12.Ginkgo biloba (Ginkgo biloba)Yogʻochi qimmatbaho, tanasi uzun va tekis13.Shumtol (Fraxinus raibocarpa Regel.)Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis14.Suriya qora shumtoli (Fraxinus syriaca Boiss.)Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis15.Oddiy qaragʻay (Pinus sylvestris)Yogʻochi qizgʻish, qurilishda keng foydalaniladi, qimmatbaho, tanasi uzun va tekis16.Gʻarb tuyasi (Thuja occidentalis L.)Yogʻochi qimmatbaho, tanasi qizgʻish, buyumlar yasashda keng foydalaniladi17.Meliya azedarax (Melia azedarach)Yogʻochi zich va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis18.Pavlovniya (Paulownia tomentosa)Yogʻochi tez oʻsuvchi va qimmatbaho, tanasi uzun va tekis 19.Koʻkbargli terak, turangʻil (Populus pruinosa Schrenk)Qurilishda keng foydalaniladi, ariq va zovur atroflarida ekilib, yerosti sizot suvlarning sathini pasaytiradi20.Oq tut (balxi). (Morus alba L.)Yogʻochi juda qattiq, musiqa asboblari va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi21.Gʻarb chinori (Platanus occidlentalis L.)Musiqa asboblari, mebel va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi22.Zarang bargli chinor (Platanus acerofolia Willd)Qurilish materiallari, mebel va boshqa buyumlarni tayyorlashda keng foydalaniladi23Yirik mevali eman (Quercus macoracarpa Michx.)Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi24.Pensilvaniya shumtoli (Fraxinus pensilivanica Marsh.)Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi25.Amerika shumtoli (Fraxinus americana L.) Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi26.Sugʻd shumtoli (Fraxinus sogdiana Bunge)Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi27.Virgin xurmosi (Diospyros virginiana L.)Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi28.Kashtan bargli eman (Quercus castaniefolia C.A. Mey)Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi29.Poʻkakli eman (Quercus suber L.)Yogʻochi qimmatbaho qurilish materiali hisoblanadi30.Soxta chinor bargli zarang (Acer pseudoplatanus L)Yogʻochi qimmatbaho, chirimaydi, manzarali va sharsimon koʻrinishga ega31.Qandli zarang (Acer saccharinum L.)Yogʻochi qimmatbaho, manzarali32.Dala zarangi (Acer campestre L.)Yogʻochi qimmatbaho, manzarali va sharsimon koʻrinishga egaII. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho (manzarali) navli daraxtlar 33.Turkiston archasi, oʻrik archa (JuniperusturkestanicaKom.)Manzarali xususiyatga ega, madaniylashtirib boʻlmaydi34.Yarim sharsimon archa, saur archa (Juniperus semiglobosa Regel)Doim yashil, manzarali, oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi 35.Zarafshon archasi, qizil archa, qora archa (Juniperus seravschanica Kom.)Doim yashil, manzarali, togʻli hududlarda tarqalgan36.Soqolchali qayin (Betula pendula Roth)Tana va shoxlari juda chiroyli, tanasining rangi oq va qora aralash 37.Tyanshan qayini (Betula tianschanica Rupr.)Manzarali, tanasining rangi oq va qora aralash38.Kapyu toli (Salix capusii Franch.)Manzarali, tana va shohlari oʻziga xos chiroyli39.Androsov qayragʻochi, sadaqayragʻoch (Ulmus androssowii Litv.)Sharsimon shaklga ega, manzarali40.Qora tut, shotut (Morus nigra L.)Manzarali, chiroyli41.Semenov zarangi (Acer semenovii Regel & Nerder)Faqat togʻli hududlarda oʻsadi va yogʻochi juda qattiq va chiroyli koʻrinishga ega42.Kanada argʻuvoni (Cercis canadensis L.)Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi43.Lenkaran akatsiyasi (Albizia julibrissin)Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi, manzarali44.Yuraksimon juka (Tilia cordata Mill.)Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi, koʻp miqdorda nektar saqlovchi 45.Terisimon Skumpiya (Cotinus coggygria Scop.)Mevalari chiroyli, manzarali daraxt46.Supurgi kyolreyteriya (Koelreuteria paniculata Laxm.)Gullari sariq rangda, gullaydi, oʻziga xos chiroyli47.Soxta kashtan (Aesculus hippocastanum L.)Manzarali va chiroyli gullaydi 48.Brussonetiya (Broussonetia papyrifera)Mevalari chiroyli manzarali daraxt49.Turkiston zarangi (Acer turkestanicum Pax)Manzarali daraxt, Samarqand viloyatining janubiy hududlarida tarqalgan 50.Qoraqaragʻay (Pinus nigra)Mevalari chiroyli manzarali daraxt51.Eldor qaragʻayi (Pinus eldarica)Juda chiroyli manzarali daraxt52.Qrim qaragʻayi (Pinus nigra pallasiana)Juda chiroyli manzarali daraxt53.Tikoni koʻk qaragʻay (Picea pungens Engelm)Qimmatbaho manzarali daraxt54.Shrenk qaragʻayi (Picea schrenkiana Fisch. & C.A. Mey.)Manzarali daraxt55.Kedr, Gimalay kedri (Thuja plicata D.Don.)Kamyob, chiroyli va manzarali56.Kazak archasi (Juniperus sabina L.)Kamyob, chiroyli va manzarali57.Doimiy yashil kiparis (Cupressus sempervirens L.)Juda chiroyli va manzarali58.Gliptostrobussimon metasekvoyya, Xitoy metasekvoyasi (Metasequoia glyptostroboides Nu et Cheng)Oʻziga xos manzaraga ega chiroyli daraxt 59.Lola daraxti (Liriodendron tulipifera L.)Relikt oʻsimlik, manzarali60.Yirik gulli magnoliya (Magnolia grandiflora L.)Qimmatbaho manzarali daraxt61.Magnoliya (Magnolia L.)Qimmatbaho manzarali daraxt62.Toʻq sariq maklyura (Maclura pomifera)Ulkan chiroyli daraxt63.Choʻziq bargli tol (Salix linearifolia E. Wolf)Chiroyli daraxt64.Majnuntol (Babytonica L.)Sersoya, chiroyli daraxt65.Uzun barg jiyda (Elaeagnus angustifolia L.)Manzarali daraxt66.Sharq jiydasi (Elaeagnus orientalis L.)Manzarali daraxt67.Goʻzal katalpa (Catalpa bignonioides walter)Manzarali daraxt68.Sivers olmasi, yovvoyi olma (Malus sieversii M. Roem)Kamyob manzarali daraxt69.Fors qizilchetani (Sorbus persica Nedl.)Manzarali daraxt70.Tyanshan qizilchetani (Sorbus tianschanica Rupr.)Manzarali daraxt71.Turkiston chetani (Sorbus turkestanica (Franch.) Nedl.)Manzarali daraxt72.Turkiston doʻlanasi, qizil doʻlana (Crataegus turkestanica Pojark.)Manzarali daraxt73.Buxoro bodomi, yovvoyi bodom (Amygdalus bucharica Korsh.)Manzarali daraxt74.Yirik bargli joʻka (Tilia platypholis Scop.)Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi.75.Tuxumsimon bargli katalpa (Catalpa ovata G.Don.)Chiroyli gullaydi, mevalari chiroyli, manzarali daraxt76.Xilokatalpa turlararo gibrid (Chitalpa Taschkentense T.S. Elias & Wisura.)Chiroyli manzarali daraxt77.Pissardi olxoʻrisi (Prunus pissardii Popov.)Vegetatsiya davrida juda chiroyli gullaydi, manzarali78.Qizil zarang (Acer rubrum L.)Qimmatbaho manzarali daraxt79.Sulanja magnoliyasi (Magnolia soulangeana Soul.-Bod.)Doim yashil, manzarali, tana va shoxlari oʻziga xos chiroyli80.Yapon zarangi (Acer palmatum Thunb.)Doim yashil, manzarali, tana va shohlari oʻziga xos chiroyli81.Baland boʻyli archa (Juniperus Excelsa M.B.)Manzarali, tana va shohlari oʻziga xos chiroyli82.Kavkaz oqqaragʻayi (Abies nordmanniana Stev.)Doim yashil, manzarali, oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi83.Mevali zarnab (Taxus baccata L.)Doim yashil, manzarali, oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi84.Soxta sarv (Chamaecyparis lawsoniana (A.Myurrey bis) Parl.)Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt85.Arizona sarvisi (Cupressus arizonica Greyene.)Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt86.Gʻarb tuyasi sharsimon formasi (Thuja o.f. globosa Gord.)Qimmatbaho manzarali daraxt87.Ustunsimon tuya “Columna” formasi (Thuja o.f. columna Spaeth.)Manzarali daraxt88.Doim yashil sekvoya (Sequoia sempervirens (D.Don) Endl.)Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt89.Uzun bargli archa (Juniperus oblonga M.B.)Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt90.Tangachabargli archa (Juniperus sqaumata Lamb.)Qimmatbaho manzarali daraxt91.Togʻ qaragʻayi “Mops” formasi (Pinus mugo f. Mops.)Yer bagʻirlab oʻsuvchi juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt92.Atlas kedri “Glauca” formasi (Cedrus atlantica f. Glauca.)Yer bagʻirlab oʻsuvchi juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt93.Kazak archa “variegata” formasi (Juniperus sabina f. variegata.)Juda chiroyli manzarali, doim yashil daraxt94.Kazak archa “fastigata” formasi (Juniperus sabina f. fastigata.)Qimmatbaho manzarali daraxt95.Buramasimon tuya (Thuja plicata D.Don.)Manzarali, chiroyli gullaydi va oʻzidan xushboʻy hid chiqaradi96.Sharq qoraqaragʻayi (Picea orientalis (L.) Peterm.)Chiroyli gullaydi, mevalari chiroyli, manzarali daraxtIII. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan (Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan) qimmatbaho navli daraxtlar97.Sharq chinori, chinor (Platanus orientalis L.)Yovvoyi holda Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining togʻli joylarida oʻsadi98.Oʻrta Osiyo noki, nashvati (Pyrus asiae-mediae Popov)Faqat Toshkent viloyatidagi Pskom daryosi boʻyi Ispay qishlogʻida oʻsadi99.Kavkaz xurmosi (Diospyros lotus L.) Yovvoyi holda Surxondaryo viloyatining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraxt100.Yovvoyi chilonjiyda (Ziziphus jujube Mill.)Yovvoyi holda Surxondaryo viloyatining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraxt101.Binafsha gulli argʻuvon (Cercis griffithi Boiss) Yovvoyi holda Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining togʻli hududlarida oʻsadi, manzarali daraxt 102.Oshlovchi totum (Rhus coriaria L) Yovvoyi holda Toshkent va Surxondaryo viloyatlarining togʻli joylarida oʻsadi, manzarali daraxtIV. Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho navli butalar103.Forzitsiya (Forsythia)Manzarali, chiroyli gullaydi 104.Hind sireni (Lagerstroemia indica L.)Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi105.Yapon toli (Chaenomeles japonica)Manzarali, chiroyli gullaydi106.Pirakanta (Pyracantha L.)Manzarali, chiroyli gullaydi 107.Spireya (Spiraea)Manzarali, chiroyli gullaydi 108.Gibiskus (Nibiscus L)Manzarali, chiroyli gullaydi 109.Beresklet (Euónymus)Manzarali, chiroyli.110.Samshit (Búxus L)Manzarali, zich, oʻziga xos chiroyli111.Magoniya (Mahōnia aquifōlium)Manzarali, chiroyli kamyob112.Qoraqad barbaris (Bérberis L.)Manzarali, chiroyli gullaydi 113.Siren (Syrínga vulgáris)Manzarali, chiroyli gullaydi114.Jasmin (Jasminum officinale)Manzarali, chiroyli gullaydi115.Oq saksovul (Naloxylon Bunge.)Sahro va choʻllarda qum koʻchishining oldini oladi, qum-tuproq qatlamini eroziyadan saqlaydi116.Qora saksovul (Naloxylon ammodendron.)Sahro va choʻllarda qum koʻchishining oldini oladi, qum-tuproq qatlamini eroziyadan saqlaydi117.Yaltiroq bargli ligistrum (Ligustrum lucidum W.T.Aiton.) Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi118.Togʻ murch (Vitex agnus-castus L.)Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi119.Yuliana zirki (Berberis juliana C.K.Schneid.)Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi120.Ispan droki (Spartium junceum L.)Manzarali, chiroyli gullaydi121Yorqin qizil rangli pirakanta (Pyracantha coccinea M.Roem.)Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi122.David budleyasi (Buddleja davidii Franch.)Manzarali, chiroyli gullaydi123.Oddiy padub (Ilex aquifolium) L.Padub Manzarali, chiroyli gullaydi124.Asl lavr (Laurus nobilis)Manzarali, doim yashil, zich, oʻziga xos chiroyli 125.Sambut guli (Nerium oleander L.)Manzarali, chiroyli gullaydi126.Jannat daraxti (Caesalpinia pulcherrima (L) SW.)Manzarali, chiroyli gullaydi127.Madaniy nandina (Nandina domestica Thunb.)Manzarali, chiroyli gullaydi128.Fotiniya (Photinia fraseri Dress)Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi129.Olcha bargli lavr (Prunus lavurocerasus L). Manzarali, doim yashil, chiroyli gullaydi130.Koʻp rangli veygeliya (Weigela floribunda (Siebold & Zucc.) C.A. Mey)Xushboʻy hidli, manzarali gullaydi
