Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (2754-2-son)
19.02.2020
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 19-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2754-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2016-yil 4-yanvardagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2754, 2016-yil 16-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 3-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Bosh direktor D. SATTAROV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-yanvar,
6-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2020-yil 22-yanvardagi 6-son buyrugʻiga ILOVA
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sertifikatlashtirishga ariza elektron shaklda berilgan taqdirda MTSO hujjatlarning skaner qilingan versiyasini qabul qiladi, soʻngra ularni sertifikatlashtirish jarayonida asl nusxasi bilan taqqoslaydi. MTSO elektron shakldagi sertifikatlashtirishga ariza olingani toʻgʻrisida ariza beruvchini shu kunning oʻzida xabardor qilinishini taʼminlaydi.”.
2. 7-bandning ikkinchi xatboshisi “sifat boʻyicha qoʻllanmani” degan soʻzlardan keyin “(agar mavjud boʻlsa)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3. 30-banddagi “5 yilni” degan soʻzlar “3 yilni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 34-banddagi “6 yil” degan soʻzlar “4 yil” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 39-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“39. Muvofiqlik sertifikatining amal qilishi muvofiqlik sertifikatini bergan MTSO, “Oʻzstandart” agentligi yoki sud tomonidan quyidagi hollarda olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turiladi:”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“tashkilot inspeksiya nazoratini amalga oshirishdan bosh tortganda yoki inspeksiya nazoratini talab etiladigan muddatda oʻtkazishga ruxsat bermaganda;
tashkilot ixtiyoriy ravishda sertifikatning amal qilishini toʻxtatib turish haqida ariza bilan murojaat qilganda.”.
6. 2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2020-y., 10/20/2754-2/0189-son)
